Zamonaviy kiyimlar assortimenti
Tikuvchilik sanoatida qabul qilingan kiyimlaming sinflanishi uning vazifasini aniqlab beruvchi himoya funksiyasi belgisiga ko‘ra aniqlanadi. Bu belgiga ко ‘ra kiyimlami 3 ta sinfga bo ‘lish mumkin:
maishiy kiyimlar;
sport kiyimlari;
ishlab chiqarish kiyimlari.
Maishiy kiyimning vazifasi odam organizmini iqlimiy ta’sirlar- dan himoya qilishdir. Sport kiyimlari sportchining tanasini turli xil shikastlardan saqlash bilan birga, uning sport sohasida katta yutuqlarga erishishi uchun zamin tayyorlashdir. Ishlab chiqarishga oid kiyimlar odamni
nafaqat iqlimiy ta’sirlardan, balki ishlab chiqarish ta’sirlaridan muxofaza qilishdir. Bu kiyim sinflari o‘z navbatida kichik sinflarga, turlarga, guruh va kichik guruhlarga bolinadi. Ayniqsa, maishiy kiyimlar sinfi ko‘p sonli bo‘lib, ular o‘z navbatida foydalanish sharoitiga qarab quyidagi kichik sinflarga bo ‘linadi:
ich kiyimlar;
ko‘ylak-kostyumlar;
ust kiyimlar (palto, kalta paltolar, plashlar, kurtka va hokazo);
korset buyumlari;
bosh kiyimlar (kepka, furajka, beretka, shapka, shlyapa, panama va hokazo);
turli xil qoMqoplar.
Harbir kichik sinf o‘z navbatidayana turlaiga boMinadi. Masalan, ko‘ylak-kostyumli kichik sinfiar guruxi quyidagi turlarga boMinadi: pidjaklar, jaketlar, kurtkalar, jiletlar, shimlar, ko‘ylaklar, yubkalar va hokazo.
.Tins va yosh alomatlariga ko‘ra kiyimlami quyidagi guruhlarga: erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlariga ajratiladi. Bolalar kiyimi yoshiga ko‘ra o‘z navbatida quyidagilarga bo Minadi:
chaqaloqlar kiyimi;
yasli yoshidagi o‘gMl va qiz bolalar kiyimi;
maktabgacha yoshdagi bolalar kiyimi;
maktab yoshidagi bolalar kiyimi;
о ‘smirlar kiyimi.
Kiyimlar yilning qaysi faslida kiyilishiga qarab: yozgi, qishki, bahorgi-kuzgi kiyim turlariga boMinadi. Bu kiyimlar qayerga kiyilishiga qarab quyidagilarga:
kundalik kiyim;
uy kiyimi;
tantanali kiyim;
ish kiyimlariga ajratiladi.
Sport kiyimlari sinfi sport turiga qarab kichik sinflarga, yosh va jins alomatlariga qarab guruhlarga boMinadi.
Ishlab chiqarish kiyimlari esa vazifasiga ko‘ra quyidagi 3 ta kichik sinflarga bo Minadi:
maxsus kiyimlar;
forma kiyimlari;
texnologik kiyimlar.
Maxsus kiyim — odamni zararli muhitdan (mexanik ta’sirlar- dan, past va yuqori haroratlardan, radioaktiv moddalardan, rentgen nurlaridan, kislota, ishqor, yog‘ va h.k. ta’sirlardan) muxofaza qiladi va kishining ish qobiliyatini saqlashga yordam beradi. Maxsus kiyimlar maishiy kiyimlarga o‘xshab o‘z navbatida guruhlarga boMinadi. Ularga kurtkalar, shimlar, kombenizonlar, plashlar va hokazolar kiradi.
Forma kiyimlari — temir yoM ishchilari, harbiylar, aviasiya, daryo va dengiz xodimlari va boshqalar uchun tikiladi. Ularga shinel, palto, kitel, shim, kostyum, kuylak, ich kiyim va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |