MAVZU KIYIM HAQIDA UMUMIY MA'LUMOT
KIYIM FUNKSIYASI
Kiyim odamzod rivojlanishining ilk bosqichlarida iqlim ta'siridan himoya qilish vositasi sifatida paydo bo'lgan. Uning keyingi rivojida turli tarixiy o'zgarishlar, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar, milliy xususiyatlar va jamiyatdagi estetik tasavvur evolutsiyasi ta'siri ostida shakli va xillari o'zgarib, amaliy san'at obyektiga aylandi.
Kiyim — odam tanasini tashqi ta'sirlardan muhofaza qiluvchi hamda estetik funksiyalarni bajaruvchi buyum va buyumlar majmuyi. Kiyim deganda ich kiyim, ko'ylak va ust kiyim, bosh kiyim, poyabzal, qo'lqop, paypoq kabilarning keng majmuasi tushuniladi.
Kiyimning asosiy funksiyalari quyidagi guruhlarga bo'linadi.
1.1-sxema. Kiyim funksiyalari.
Utilitar funksiya himoyaviy va fiziologik-gigiyenik funksiyalarga ajratiladi. Har bir funksiya keyingi pog'onada yanada kengroq aniqlanadi.
Axborot funksiyalar odam (kasbi, didi, madaniyati) va uning kiyimi to'g'risida axborot beradi (kiyim vazifasi, o'rinliligi, zamonaviyligi, yangilikligi va h.k).
4
Kiyim turi aholining didi, talabining o'sishi, madaniyati va yangilikka intilishi natijasida doimo o'zgarib turadi.
Kiyimga quyidagi talablar qo'yiladi:
kiyimning sifati va aholi talabi xususiyatlarining shakllanishini ta'minlovchi iste'molchi talablari;
kam mehnat va kam material sarflab, yuqori sifatli kiyim tayyorlashga yo'naltirilgan ishlab chiqarish talablari.
Kiyimning talab xususiyatlari quyidagilar bilan aniqlanadi: gigiyenik, ekspluatatsion, estetik.
Gigiyenik talablar — insonni tashqi muhitning turli xil omillaridan himoyalash (sovuq, issiq, yomg'ir), mexanik va kimyoviy zararlanishdan himoyalash, organizmning normal hayot faoliyatini ta'minlash vazifasini bajaradi.
Ekspluatatsion talablar — foydalanishda qulaylik va ishonchlilikni ta'minlaydi.
Estetik talablar — zamonaviy, modaga mos keluvchi kiyimni badiiy bezashni ta'minlaydi (siluyet, rang, qo'llanadigan gazlama guli, kiyim qismlari proporsiyasining detal shakli).
Ishlab chiqarish talablariga mehnat sarfini qisqartirish va materiallardan ratsional foydalanish yo'li bilan mahsulotni tayyorlashda texnik-iqtisodiy maqsadga muvofiqligini ta'minlash kiradi.
Oikuv buyumlari quyidagicha tasniflanadi.
1.2-sxema. Oikuv buyumlarining tasnifi.
Bolalar kiyimi, o'z navbatida, yoshiga qarab: yasli yoshidagi bolalar kiyimi, maktabgacha yoshdagi bolalar kiyimi, maktab yoshidagi bolalar kiyimi, o'smirlar kiyimiga bo'linadi.
Maishiy kiyim vazifasiga ko'ra: kundalik kiyim, tantanalik kiyim, uy
5
kiyimi bo'lishi mumkin. Oikuv buyumlari: ust kiyim, ichki kiyim, korset buyumlari, cho'milish kiyimlari, bosh kiyimlar, boshqa kiyimga taalluqli bo'lmagan tikuv buyumlariga ajratiladi.
Maishiy ust kiyimlarga kiradigan tikuv buyumlari assortimenti har xil bo'ladi. Unga palto, kalta palto, plash, pidjak, nimcha, jaket, yubka, ko'ylak, xalat, bluzka, erkaklar ko'ylagi, kombinezonlar kiradi.
Ichki kiyim bu — ich ko'ylaklar, ostki yubkalar, tungi ko'ylaklar, bolalar ko'ylakchalari, ishtonlar, kolsonlar, pijamalardir.
Korset buyumlari — tananing ba'zi qismlarini berkitib turish vazifasini bajarib, unga siynaband, gratsiya, korset kabi buyumlar kiradi.
Cho'milish kiyimlari — cho'milish va quyoshda qorayish uchun badanga kiyiladigan kiyim hisoblanadi.
Bosh kiyimlar turli xil bo'lib, boshni issiq tutish, quyoshdan saqlash, tashqi ta'sirdan himoyalash kabi vazifalarni bajaradi.
Sport kiyimi sportchi tanasini turli shikastlardan himoya qilish va sportchi harakati uchun qulaylik yaratish vazifasini bajaradi. Sport kiyimlari sport turiga va yosh-jinsiga qarab turlarga bo'linadi.
Ishlab chiqarish kiyimi — turli xalq xo'jalik sohasi sharoitlarida kiyiladigan kiyimdir. Ular: maxsus, rasmiy va texnologik kiyimlarga bo'linadi.
Maxsus kiyim — ishlayotgan kishini — xavfli va zararli atrof-muhit ta'siridan asraydi. Uning asosiy turlari: plashlar, kurtkalar, kombinezonlar, paxtali kurtkalar, paxtali shimlar va h.k. Ular mexanik ta'sirlardan, past va yuqori haroratlardan, radioaktiv moddalardan, rentgen nurlaridan, kislota, ishqor, yog' kabi ta'sirlardan himoyalash vazifasini bajaradi.
Rasmiy kiyim — harbiylar, aloqachilar, temir yo'lchilar, maxsus mahkama xizmatchilari, transport ishchilari va boshqalar uchun mo'ljallangan kiyimlardir. Unga shinel, palto, kastum, kitel, ko'ylak, bosh kiyim kiradi.
Oexnologik kiyim — tibbiyot va boshqa aniqlikni talab qiladigan ishlab chiqarishda ishlovchi odamni mehnat buyumlaridan muhofaza qilish vazifasini bajaradi.
Mahsulotni loyihalash va hisobga olishning ba'zi bosqichlarida hisoblash texnikasidan foydalanish buyumlarning detal va uzellarini kodlash zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Oikuv buyumlarining o'nlik egasiz tasnifi mahsulot klassifikatoriga kiritilgan. Unda tikuv buyumlari 85-raqam ostida mustaqil klassga ajratilgan.
6
Oikuv buyumlari navbati bilan klasslar, kichik klasslar, guruhlar, kichik guruhlar, tur, kichik tur va boshqalarga tasniflanadi.
klass — buyumning umumiy vazifasi — maishiy kiyimlar, sport kiyimlari, ishlab chiqarishga oid kiyimlar;
kichik klass — buyumlarning assortiment bo'yicha tasnifi — ust kiyim, yengil ko'ylak, ich kiyim, bosh kiyim va h.k.;
guruh — vazifasiga ko'ra konstruktiv yechimi yaqin bo'lgan buyumlar majmuyi — palto, plash, pidjak, jaket va h.k.;
kichik guruh — xomashyo belgisi (ip gazlama, zig'ir tolali gazlama, jun gazlama va h.k.);
tur—jinsi va yosh belgilari bo'yicha;
kichik tur — buyum ko'rinishining xilma-xilligi bo'yicha;
xil — buyum vazifasi bo'yicha;
xil bo'limi: gazlamaning turi bo'yicha.
Masalan: 852311132.
Sinf — 85-kiyim.
Kichik klass — 2-kastum.
Guruh — 3-ko'ylak.
Kichik guruh — 1-ip gazlama.
Our — 1-erkaklar uchun.
Kichik tur — 1-uzun yengli.
Xil — 1-xizmatga mo'ljallangan.
Kichik xil — 2-satin.
Ya'ni ip gazlamadan tikilgan uzun yengli erkaklar ko'ylagi, satin gazlamadan xizmat uchun mo'ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |