Texnik ta’minotga talablar
Umumiy talablar
Tizimning texnik vositalari majmuasi tizimda ko‘zda tutilgan barcha avtomatlashtirilgan funksiyalarni bajara olish uchun yetarli bo‘lishi lozim. Texnik vositalar majmuasida asosan seriyali ishlab chiqarishdagi texnik vositalardan foydalanish kerak. Texnik vositalar, dasturiy majmuadan foydalanishda va texnik xizmat ko‘rsatishda qulay bo‘lishi uchun, ularning hujjatlarida ko‘rsatilgan texnik va ekspluatatsion talablarga muvofiq bo‘lishi lozim.
Tizim foydalanuvchilari o‘z vazifalarini bajarishlarida foydalanadigan texnik vositalarning joylashuvi standartlarga muvofiq bo‘lgan ergonomika talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Dasturiy ta’minotning boshqa dasturiy vositalar bilan aloqasini ta’minlovchi tizimning texnik vositalari bu axborot tizimlari va qo‘llaniladigan aloqa tizimlari bilan muvofiq interfeysga ega bo‘lishi lozim.
Tizimning ixtiyoriy texnik vositasini uning vazifasini bajara oladigan boshqa vosita bilan almashtirish imkoni bo‘lishi lozim.
Tizimning texnik vositalaridan ularni ekspluatatsiyaga oid hujjatlari mavjud bo‘lgandagina foydalanish mumkin.
Tizimda umumiy texnik talablar va qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda sertifikatlangan telekommunikatsion qurilmalardan foydalanish lozim.
Tizimda normativ-texnik hujjatlardagi (O`z DST va boshqa) quyidagi talablarga javob beruvchi texnik vositalardan foydalanish kerak:
• tashqi ta’sir qiluvchi faktorlarga nisbatan turg‘unligi bo‘yicha
• ta’minot parametrlari bo‘yicha
• foydalanish kategoriyasi bo‘yicha
Tizimning texnik vositalarini tashqi elektr va magnit maydonlar ta’siri, shuningdek, ta’minot zanjiri bo‘yicha shovqindan himoyalash uchun tizim ishlashida texnik vositalarni o‘z maqsadida samarali ishlashi yetarli bo‘lishi lozim.
Texnik vositalar tizimning joriy hujjatda ko‘rsatilgan funksiya va masalalarini bajarilishini ta’minlashi lozim. Barcha Tibbiyot Instituti axborot tizimlarida ishlatiladigan ma’lumotlar bazasi serverlari, dastur serveri va kommunikatsiya qurilmalari O‘zbek tilini o‘rgatuvchi onlayn platforma ATM ni ishlab chiqishda foydalanilishi mumkin.
Ishchi stansiyalarning ma’lumotlar bazasi bilan bog‘lanishi Web-texnologiyalar asosida amalga oshiriladi.
Server va foydalanuvchilarning kompyuterlariga talablar loyiha texgnik hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida aniqlanadi.
Metodik ta’minotga talablar
Tizim mavjud normativ-huquqiy aktlar va tashkiliy- boshqaruv hujjatlar asosida ishlab chiqilishi lozim.
Tizimda bajariladigan operatsiyalar foydalanuvchilar tomonidan bajariladigan instruksiya va metodikadagi o‘rnatilgan tartibga asosan ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim.
Metodik ta’minot tarkibiga quyidagilar kiradi:
Normativ huquqiy hujjatlar
Tizim yordamida ishlarini amalga oshiruvchi xodimlarning lavozim instruksiyalari
Metodik ta’minot tarkibi texniye loyihalash va buyurtmachi bilan kilishish vaqtida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |