Kitobxonlik orqali yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va yot g‘oyalardan himoya qilish



Download 292,08 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2021
Hajmi292,08 Kb.
#229336
Bog'liq
3905-Article Text-9584-1-10-20200815



KITOBXONLIK ORQALI YOSHLAR MA’NAVIYATINI  

YUKSALTIRISH VA YOT G‘OYALARDAN HIMOYA QILISH 

 

Qosimov Sarvar Anvarjon o’g’li 

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 

Tarix fakulteti “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va  

huquq ta’limi” yo’nalishi 3-bosqich talabasi 

+998(99)7521298  

 

АННОТАЦИЯ 

O‘qituvchi  o‘quvchilarda  kitobxonlik  madaniyatini  shakllantirishda, 

ilmiy-ommabop,  badiiy,  tarixiy  asarlarni  o‘qish,  mutolaa  qilishga  mehr 

uyg‘otish  va  kitobxonlik  saviyasini  o‘stirish  borasida  amal  qilishi  lozim 

bo‘lgan quyidagi mezonlar ushbu maqola orqali tavsiya qilingan. 

Hozirgi  globallashuv  davrida  yoshlarning  bo‘sh  vaqtini  mazmunli 

o‘tkazishni  tashkil  etish  dolzarb  masala  hisoblanadi.  Chunki  mamlakatimiz 

aholisining  30  foizi  14  dan  30  yoshgacha  bo‘lgan  yoshlar  hisoblanib,  ular 

vatanimiz  kelajagi  hisoblanadi.  Bugungi  kundagi  globallashuv  orqali  «ommaviy 

madaniyat»  ta’siri  natijasida  o‘quvchi-yoshlarning  falsafiy  dunyoqarashi  uchun 

tahdidli muammolar kelib chiqmoqda. 

Mamlakatimizda mana shunday holatlarning oldini olish, o‘quvchi-yoshlarni 

turli  yot  g‘oyalar,  tahdidlardan  himoya  qilish,  ularning  tarbiyasini  to‘g‘ri  amalga 

oshirish  borasida  qator  vazifalar  belgilanib,  choratadbirlar  ishlab  chiqilmoqda. 

Buning  samarasi  o‘laroq  qolgan  davlatlarga  ham  o‘rnak  bo‘la  oladigan  dasturlar 

ishlab chiqilgan.  

Chunonchi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoev 

raisligida  2019-yil  19-mart  kuni  yoshlarga  e’tiborni  kuchaytirish,  yosh  avlodni 

madaniyat,  san’at,  jismoniy  tarbiya  va  sportga  keng  jalb  etish,  ularda  axborot 

texnologiyalaridan  to‘g‘ri  foydalanish  ko‘nikmasini  shakllantirish,  yoshlar 

o‘rtasida  kitobxonlikni  targ‘ib  qilish,  xotin-qizlar  bandligini  ta’minlash 

masalalariga  bag‘ishlangan  videoselektor  yig‘ilishi  bo‘lib  o‘tdi.  Unda  davlatimiz 

rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga 

qo‘yish  bo‘yicha  5  ta  muhim  tashabbusni  ilgari  surgan  edi.  Birinchi  tashabbus 

yoshlarning  musiqa,  rassomlik,  adabiyot,  teatr  va  san’atning  boshqa  turlariga 

qiziqishlarini  oshirishga,  iste’dodini  yuzaga  chiqarishga  xizmat  qiladi.  Ikkinchi 

tashabbus  yoshlarni  jismoniy  chiniqtirish,  ularning  sport  sohasida  qobiliyatini 

namoyon  qilishlari  uchun  zarur  sharoitlar  yaratishga  yo‘naltirilgan.  Uchinchi 

tashabbus  aholi  va  yoshlar  o‘rtasida  kompyuter  texnologiyalari  va  internetdan 

samarali  foydalanishni  tashkil  etishga  qaratilgan.  To‘rtinchi  tashabbus  yoshlar 

ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha 

tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan. Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish 

bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.

1

 



                                                           

1

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy vebsayti 



https://president.uz/uz/2437

 



Haqiqatan  ham,  ushbu  ilgari  surilgan  tashabbuslar o‘quvchi-yoshlarda ham 

ma’nan, ham jismonan barkamol bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladi.  

Yoshlar  qanchalik  ma’naviy  barkamol  bo‘lsa,  turli  yot  illatlarga  qarshi 

immuniteti  ham  shuncha  kuchli  bo‘ladi.  Buning  uchun  esa  ularda  kitobxonlik 

madaniyatini shakllantirish, ilmiy, tarixiy asarlarni o‘qish, o‘rganish, tahlil etishga 

bo‘lgan  qiziqishlarini  orttirish  zarur.  Bu  vazifalar  Prezidentimiz  ilgari  surgan 

to’rtinchi tashabbusda o’z aksini topgan. 

Kitobning  inson  hayoti,  kishilik  jamiyati  ma’naviy  taraqqiyotidagi  beqiyos 

o‘rni  qadimdan  ma’lum.  U  dunyoni  tanish,  bilim  berish  bilan  birga  go‘zallikka 

muhabbat  uyg‘otish,  undan  zavqlanish,  yovuzlikdan  nafratlanish  tuyg‘usini 

rivojlantiradi. 

Adabiyotshunos  Safo  Matjonov  ta’kidlaganidek,  «Ilmiy  asarlar  g‘aflat  va 

jaholatdan qutqarsa, badiiy asarlar dag‘allik va razolatdan xalos etadi. Unisi ham, 

bunisi ham kishilarning ma’rifatli, baxt-saodatli bo‘lishi uchun bab-baravar foydali 

va zarurdir»

2

.  



Darhaqiqat, kitob o‘zida rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi ulkan imkoniyatni 

saqlaydi, o‘quvchini insoniyatning ma’naviyat tajribasiga oshno etadi, uning aqlini 

rivojlantirib,  his-tuyg‘ularini  yuksaltiradi.  U  yoki  bu  asar  o‘quvchi  tomonidan 

qanchalik  chuqur  va  to‘liq  qabul  qilinsa,  bu  asar  uning  shaxsiga  shunchalik  katta 

ta’sir ko‘rsatadiki, o‘quvchi o‘z oldiga buyuk maqsadlar qo‘yib, yomon illatlardan 

o‘zini  saqlaydi.  Shuning  uchun  ham  ta’limning  yetakchi  vazifalaridan  biri 

o‘quvchilarda  kitob  o‘qishga  bo‘lgan  qiziqishni  shakllantirish,  undagi  voqea  va 

hodisalarni tahlil etishga o‘rgatishdir. Buning uchun avvalambor, har bir o‘qituvchi 

u  qaysi  fandan  dars  berishidan  qat’iy  nazar,  o‘quvchini  kitob  o‘qishga  qiziqtirish 

yo‘llari, shart sharoitlarini bilishi zarur. 

– o‘quvchilar qanday kitoblarni o‘qishga qiziqishi va tafakkuri qay darajada 

ekanligini aniqlash; 

– o‘quvchining tafakkur qilish faoliyatlarini anglashi, jamiyat a’zolari bilan 

erkin  muloqotda  bo‘la  olish  ko‘nikma  va  malakalarini  rivojlantirishga  e’tibor 

qaratishi; 

–  qiziqishiga  mos  asarlarni  o‘qib,  mazmunini  so‘rab  borish  orqali  kitob 

o‘qish ko‘nikmasini hosil qilish, shu o‘rinda kundalik tutishga o‘rgatishi; 

–  yozma  nutq  belgilarini  talaffuzda  ifodalash,  matnni  ifodali  o‘qiy  olish 

malakasini rivojlantirishi kabilar. 

O‘quvchilarda badiiy asarni o‘qish jarayonida bevosita ularda hayajon, rang-

barang  his-tuyg‘ular  to‘planganini  kuzatamiz.  O‘quvchilarda  ilmiy-ommabop, 

badiiy asarlarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish orqali ularda atrofidagi voqea-

hodisalarga  to‘g‘ri,  oqilona  munosabat  shakllantiriladi,  olamni  o‘rganishlari 

keskinlashadi.  Shuningdek,  o‘quvchilarda  o‘z  tengdoshlari,  ularning  hayoti, 

o‘ylari,  sarguzashtlari  to‘g‘risida,  tabiat  va  uni  qo‘riqlash  xususida,  vatanimiz 

tarixi  to‘g‘risidagi  dastlabki  ma’lumotlar  ijtimoiy-ma’naviy  tajriba  to‘planishiga 

ham yordam beradi.  

                                                           

2

 Matjonov S. Maktabda adabiyotdan mustaqil ishlar (o‘qitituvchi uchun metodik qo‘llanma.).  – T.: «O‘qituvchi», 



1996. -37-b. 


Ayniqsa,  o‘smir  yoshdagi  o‘quvchilarda  kitob  o‘qish  va  mutolaa  qilishga 

qiziqishni  shakllantirish  muhim  hisoblanadi.  Chunki  bu  yoshdagi  o‘quvchilar 

o‘zlarini  juda  erkin,  tetik  seza  boshlaydi,  atrofidagi  voqea-hodisalarga  qiziqishi 

ortib  boradi.  Ular  ko‘proq  o‘zlari  qiziqqan  mashg‘ulotni  kattalardan  yashirincha 

bajarishga  harakat  qiladi.  Bu  yoshdagi  o‘quvchilarning  bo‘sh  vaqtini  qanday 

o‘tkazayotgani,  nimalar  bilan  mashg‘ul  bo‘lishini  ota-ona,  o‘qituvchi,  murabbiy, 

mahalla faollari doimo nazoratga olishlari lozim. 

Keyingi yillarda yuqori sinf o‘smir yoshdagi maktab o‘quvchilarining bo‘sh 

vaqtlari  ko‘proq  televizor  ko‘rish,  kompyuter,  internet  ma’lumotlari,  itimoiy 

tarmoq har xil ko‘ngilochar tomoshalar bilan band bo‘lmoqda. Bu o‘smir yoshdagi 

o‘quvchilarning  turli  yot  g‘oyalarni  o‘zlashtirishida  o‘z  ta’sirini  ko‘rsatmoqda. 

Buning oldini olishda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish 

samarali  natija  beradi.  Masalan,  o‘qituvchilar  o‘zlari  o‘qigan  kitoblarining  eng 

qiziqarli,  ta’sirli  voqea-hodisalarini  o‘quvchiga  so‘zlab  berish  orqali  ularni 

kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlarini oshirish mumkin. 

Uzluksiz  ta’limning  har  bir  bosqichida  o‘quvchi-yoshlarning  yoshi, 

psixologik  xususiyatlari,  o‘zlashtirish  imkoniyatlarini  inobatga  olib,  o‘quv 

predmetlarining  xususiyatidan  kelib  chiqib,  ularning  qalbi  va  ongini  turli  zararli 

g‘oya va mafkuralar ta’siridan himoya qilishni davom ettirish va ilmiy-ommabop, 

badiiy, tarixiy asarlarni o‘qishga qiziqishlarini muntazam oshirib borish lozimligini 

qayd etgan holda quyidagilarni tavsiya sifatida keltirishni lozim topdik. 

Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida: 

● xalq og‘zaki ijodi namunalari: ertak, masal, rivoyat, dostonlarda aks etgan 

milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar,  hamjihatlik,  mardlik  tushunchalari  aks 

ettirilgan qahramonlar qiyofasi orqali ezgu tushunchalarni singdirish; 

●  milliy  ertak  qahramonlari  orqali  halollik,  rostgo‘ylik,  vijdonlilik, 

mehnatsevarlik, o‘z so‘zining ustidan chiqish inson ko‘rki ekanligini anglatish; 

●  shaxs  ma’naviy  kamolotida  milliy  g‘urur  va  milliy  iftixor  tuyg‘ularini 

davlatimiz ramzlari misolida tushuntirishdan iborat. 

Yuqori sinflarda: 

●  badiiy,  tarixiy  asarlarda  aks  etgan  milliy  va  ma’naviy  qadriyatlarning 

mohiyatini  yuksak  insoniy  fazilatlar:  yurtga  muhabbat,  vatanga  sadoqat,  unga 

daxldorlik tuyg‘ularini shakllantirish; 

●  asar  qahramonlarida  mavjud  bo‘lgan  ijobiy  xislatlar:  fidoyilik, 

tinchliksevarlik  tushunchalarining  umumiy  mazmuni,  tafakkur  ozodligi,  ong  va 

shuurning tazyiqdan xalos etilganligi, aqliy zakovat, ruhiy, ma’naviy salohiyat kabi 

tushunchalarning maqsadga yo‘naltirilganligi; 

●  asardagi  voqealarni  o‘quvchi  hayotidagi  voqeliklar  bilan  solishtirib, 

kundalik faoliyatida odoblilik, rostgo‘ylik, vijdonlilik fazilatlarini shakllantirish; 

● Vatanimizning istiqboli va istiqloli haqida qayg‘urish, o‘z xalqining qadr-

qimmati,  or-nomusini  anglash  va  uni  himoya  qilish,  ezgu  niyatlar  og‘ushida 

mehnat qilib, o‘z iste’dodi, bor imkoniyati, kerak bo‘lsa jonini yurt istiqboli, eliga 

baxshida etish. 

Oliy ta’limida: 




● badiiy, tarixiy, ilmiy-ommabop asarlarni o‘qish, tushunib, undagi sharqona 

axloq-odob va umumbashariy g‘oyalarni o‘quvchi o‘ziga singdirishi; 

●  mard,  fidoyi  kishilar  yurtiga,  mehru  shafqat,  muhabbat  barqaror  bo‘lgan 

tafakkur va ijod qaynagan muqaddas makonga aylantirish tuyg‘usini shakllantirish; 

● yoshlarni ma’naviy axloqiy va kasb hunarga muhabbat ruhida tarbiyalash; 

●  yoshlar  ongida  turli  zararli  oqimlarga  nisbatan  «g‘oyaviy  immunitet»ni 

shaklantirish; 

●  o‘quvchi-yoshlarga  kitob,  ilm  va  tafakkur  odamlar  qalbiga  nur,  ongiga 

ziyo, xonadoniga fayz-baraka keltiradigan buyuk mo‘jiza ekanligini anglatish; 

●  mustaqillikka  xavf  tug‘diruvchi  tashqi  omillar:  diniy  ekstremizm, 

aqidaparastlik,  vahobiylik,  akromiylar,  hizbut-tahrir,  missionerlik,  kosmopolitizm 

oqimlarining  g‘arazli  maqsadlarini  yoshlarga  anglatish  va  bunday  tahdidlardan 

ogoh bo‘lishga undash; 

●  insoniy  fazilatlarni  hurmat  qilish,  salbiy  xislatlardan  nafratlanish 

ko‘nikmalarini hosil qilish; 

●  moddiy  va  ma’naviy  hayot  uyg‘unligi,  uni  shakllantirish  bosqichlari 

to‘g‘risida tushunchalarni anglatish. 

Binobarin  yoshlarning  ma’naviyatini  yuksaltirish  va  dunyoqarashi, 

mafkurasiga  yot  g‘oyalarning  ta’sir  etishining  oldini  olishda  quyidagi  maqsad  va 

vazifalarni xulosa sifatida qo‘ydik: 

–  ommaviy  madaniyat  va  terrorizmning  yoshlarga  g‘oyaviy  va  mafkuraviy 

ta’sirining oldini olishda keng jamoatchilik (oila, o’quv yurti, mahalla)ning rolini 

yanada oshirish; 

–  ekstremizm  va  terrorchilikning  dunyo  bo‘ylab  tarqalishi,  ularning 

maqsadlaridagi  o‘xshashlik,  yaqinlik,  ekstremistik  tashkilotlarning  yashash  va 

qurollanish  manbalari  kabi  yo‘nalishlarni  ilmiy  tadqiq  etish  hamda  ularning 

tanlagan g‘oyalari va yo‘llari puch ekanligini yoshlarga tushuntirish; 

– O‘zbekistonda globallashuv va ekstremistik mafkuralarga qarshi g‘oyaviy 

kurashning  nazariy-uslubiy  jihatlarini  tadqiq  etish  va  «jaholatga  qarshi  ma’rifat 

bilan kurashmoq kerak» shiorini jonlantirish; 

–  yoshlarga  mamlakatimiz  taraqqiyotiga  rahna  solayotgan  har  qanday 

g‘oyaviy  mafkuraviy  qarashlarning  oldini  olishda,  ularning  bo‘sh  vaqtlarini 

mazmunli o‘tkazishlarini nazoratga olish; 

– yoshlarda bolalik chog‘idan kitobga mehr uyg‘otish, mustaqil fikr va keng 

dunyoqarashni shakllantirish; 

–  ta’lim  muassasalari,  mahallalarda  kutubxonalarni  tashkil  etish  va  kitob 

fondini boyitish; 

– har bir oilada shaxsiy kutubxonaning tashkil topishiga erishish kabilar. 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 



1. 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Prezidentining 

rasmiy 

veb-sayti 

https://president.uz/uz/2437 

2.  Matjonov  S.  Maktabda  adabiyotdan  mustaqil  ishlar  (o‘qituvchi  uchun 



metodik qo‘llanma). – T.: «O‘qituvchi», 1996. -208-b. 

Download 292,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish