Kitobxonlik - millat kozgusi”
Kitob manaviyat bulogi.Uning har bir sahifasi izlanishga, intilishga, yangiliklar yaratishga chorlaydi.
Muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev joriy yilning 12-yanvardagi Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, hamda targ'ibot qilish boyicha komissiya tuzish togrisidagi farmoyishining qabul qilinishi ayni muddao boldi.Bugungi kunda mamlakatimizda 2017-2021-yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha soha va tarmoqlar ulkan ozgarishlar amalga oshirilmoqda.Bu borada jamiyat hayotida ezgu qadriyat va ananalarni chuqur qaror toptirishga, xususan,xalqimiz, ayniqsa yosh avlodning manaviy intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda ona Vatanimiz va xalqimizga muhabbat va sadoqat tuygusi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bolgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida etibor qaratilmoqda. Xalqimizning ajoyib qadriyat va ananalari behisob. Ammo ular orasida bir anana borki,u haqida qancha sozlasak shunchalar oz tuyulaveradi. Bu kitob bilan bogliq anana bolib, elimiz motolaani sevishi, unga chanqoqligidir.Kitob haqida har qancha gapirish, uning sifatlarini soatlab maqtash mumkin.Sababi, eng yaqin dost,eng zarur hamroh bolgan kitob insoniyat kashf etgan ixtirolarning eng buyugi,eng qadrlisi va zamonlar otsa-da, oz ornini hech nimaga boshatib bermagan mojizadir. Kitob va kitobxonlik haqida fikt yuritar ekanmiz,adabiyot bilan oshno qalbga hech qachon yomonlik in qurmasligini ham takidlab otishimiz joiz.Haqiqatdan ham kitobxonlik insonni barkamollikka yollasa, uni oqimaslik johillikka, marifatsizlikka olib keladi va natijada bolada manaviy qashshoqlik yuzaga keladi. Shuning uchun ham hozirgi kunda maktabda, oilada kitobxonlik madaniyatini yanada isloh qilish chora – tadbirlari otkazilib kelmoqda.
Mashhur fransuz faylasufi Frans Bekon Kitoblar tafakkur durdonalarini avloddan avlodga eltuvchi aql kemalaridir- deb bejiz aytmagan. Zero, kitob aqlni charxlaydigan,aql bulogini ochadigan buyuk bir mojizalaridan biri hisoblanadi.Kitobning inson hayoti, kishilik jamiyati, manaviy taraqqiyotidagi beqiyos orni qadimdan malum. U dunyoni tanish, bilim berish bilan birga hayotga muhabbat uygotish, undan zavqlanish, yovuzlikdan nafratlanish tuygusini paydo qiladi.
Kitobxonlik bu insonning oz ustida ishlashi,faoliyatini malum yonalishga burib yuborish, ongida malum tuygularni, etiqod va dunyoqarashni hosil qilish, uni oylashga, hayotda qanday yashashga orgatish, fikr yuritish, har bir oqigan kitobidan yangilik topish, manaviy dunyosini boyitishdan iboratdir.
Yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuygularini yuksaltirib, yaxshilik va ezgulikka undaydi.Albatta, mustaqillik yillarida mamlakatimizda yosh avlodning manaviyatini yuksaltirish,milliy adabiyotimiz va sanatimizni yanada rivojlantirish, yoshlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ijodkorlarning mehnatini munosib ragbatlantirish, ayniqsa,biz yosh avlodda kitobga mehr uygotish, ularning mutolaa madaniyatini yuksaltirish davlatimizning doimiy diqqat etiborida turmoqda. Kitobxonlik oqilgan kitoblar soni bilan belgilanmaydi , balki kitobxonlik bu tushunib oqish, yani maqsadli oqish demakdir.Kitobxon yozuvchini tushunishi uchun kitobxonlik madaniyati, talant darajasi muhim hisoblanadi.Kitobxonlik talanti tugma emas, balki tarbiya jarayonida kamol topadi.Ammo bugungi kunda yoshlarimiz orasida kitobga bolgan mehrning biroz susayganligini , uning ornini internet va uyali aloqa vositalari egallayotganligini korishimiz mumkin.Kitobga mehr eng,avvalo, oiladagi bola tarbiyasiga bogliq.Demak, ota ona kitobxon bolsa bola ham ulardan ornak oladi.Kitobxonlikni shakllantirish bolalar manaviyatini yuksaltirishga qaratilgan har qanday ezgu ish oiladan boshlanadi. Qaysi oiladaki, kitob oqilmasa u manan tolaqonli oila bola olmaydi. Shunday ekan, kelajagimiz tayanchi bolgan yosh avlod har tomonlama bilimli, salohiyatli, manaviyatli bolmogi uchun ularning ongiga milliy manaviyatimiz sarchashmalari bolmish badiiy adabiyotning bebaho durdonalaridan oqib, undan bahramand bolmoqlikni singdirmogimiz lozim!!!
Andijon davlat universiteti
Pedagogika fakulteti 1- bosqich
talabasi Dilorom Toxtayeva.
+998936918898
Do'stlaringiz bilan baham: |