Kitobxon ko`rik tanloviga sаволлар "Kecha va kunduz" romanida qaysi obraz



Download 27,67 Kb.
Sana11.04.2020
Hajmi27,67 Kb.
#43955
Bog'liq
Саволлар

Kitobxon ko`rik tanloviga sаволлар

1. “Kecha va kunduz” romanida qaysi obraz “xudo bu sevgili quliga davlatni ikki qo’llab uzatsa-da, farzand to‘grisida bir oz oksitib qo'ygan”, deb ta’riflanadi? Miryoqub

2. “Kecha va kunduz” romaniga qanday epigraf qo`yilgan? Hamal keldi- amal keldi

3. “Kecha va kunduz” romanida Zebi necha yoshida beva qoladi? 15 yoshida

4. “Kecha va kunduz” romanida Zebining onasi kim? Qurvonbibi

5. “Kecha va kunduz” romanida Akbarali mingboshi o`rniga osongina o`tigan qahramon kim? Zunnun

6. “Kecha va kunduz” romanida Noyib To`ra kimni “Amerikalik tadbirkor”ga oxshatadi? Miryoqubni

7. “Kecha va kunduz” romanida kulishi kasal odamning kulishiday og`ir, ziqna odam kim? Razzoq so`fi

8. “Kecha va kunduz” romanida Zebining ko`ngil qo`ygan kishisi kim edi? O`lmas

9. “Kecha va kunduz” romanida Akbarali mingboshi kimning hiylasidan o`ladi? Poshshaxonning

10. “Kecha va kunduz” romanida Akbarali mingboshi kim bilan Ostonaqul boyning qovun saylida tanishgan? Miryoqub

11. “Ulug‘bek xazinasi” romanida amir Ibrohimbek o‘glini qatl qildirib, barcha lashkarboshilarni Mirzo Ulug‘bekka qarshi qo‘ygan kim edi? Abdulaziz

12. “Ulug‘bek xazinasi” romanida bir darvesh kimga yo‘qsillar va gadolar xonaqohlarini talon-taroj qilgani uchun Olloh qahriga duchor bo‘lishini bashorat qiladi? Mirzo Ulug‘bekka

13.“Ulug‘bek xazinasi” romanida UIug‘bek xazinasidagi qimmatbaho toshlar qayerdan keltirilgan edi? Bag‘dod va Qohiradan

14. “Ulug‘bek xazinasi” romanida Ali Qushchi Ulug‘bekka “Nechun bu farzandingizga qattiq mehr qo'ydingiz? Sizning boshingizga tushgan barcha nadomatlarga shu farzandi arjumandingiz sabab emasmi?” deya kimni nazarda tutgan? 0‘g‘li Abdulazizni

15.“Ulug‘bek xazinasi” romanida Mirzo Ulug‘bekning suyukli navkari kim edi? Bobo Husayn Bahodir

16.“Ulug‘bek xazinasi” romanida Kesh qal’asi kalitini Abdulattifga qarshiliksiz qo‘sh-qo‘llab topshirgan sotqin kim edi? Amir Kamoliddin

17. “Bu amirlarga inonma, og‘lim! Ularni sodiq bo’lsin desang, qilichingni mahkam ushla!” “Ulug‘bek xazinasi” romanidagi ushbu fikr kimga tegishli va bu nasihat kimga qaratilgan? Amir Temur Shohruh Mirzoga

18.“Ulug‘bek xazinasi” romanida Ulug‘bekning suyukli nabirasi Alouddavla bilan Abdullatifni bir- biriga qayrab, qatl-u qirg‘in chiqargan kim edi? Gavharshodbegim

19.“UIug‘bek xazinasi” romanidagi xurofot botqog‘iga botgan din peshvosi, johil ulamo kim edi? Nizomiddin Xomush

20. “Ulug‘bek xazinasi” romanida “jannatmakon ustoz” deya ta’riflangan shaxs kim? Qozizoda Rumiy

21. “Yulduzli tunlar” romanida qaysi voqea sababli Boburni astoydil tan olib elchi yuboradigan podshohlar ko‘payib qoladi? Boburning Ra’no Sango ustidan g'alaba qozonishi

22. “Yulduzli tunlar” romanida Samarqanddan Agraga tashrif buyurgan Ko‘chkinchi xonning elchisiga Boburning qaysi amri ma’qul kelmaydi? Mamlakatda may ichishni ta’qiqlashi

  1. Jismimda isitma kunda mahkam bo’ladur,

Ko'zdin uchadur uyqu chu oqshom bo'ladur.

Har ikkisi g‘amim bila sabrimdek,

Borg‘on sari bu ortadur, ul kam bo’ladur.

“Yulduzli tunlar” romanida keltirilgan ushbu ruboiy kimning qalamiga mansub?

Bobur

24. “Yulduzli tunlar” romanida Boburning hirotlik xos tabibi kim edi? Yusufiy



25.“Habib us-suyar” asarining muallifi kim? Xondamir

26. “Yulduzli tunlar” romanidan olingan ushbu xat kim tomonidan yozilgan

va u kimga atalgan?“...Xat biturda takalluf qilay deysen, ul jihattin mug‘laq

bo’ladur. Betakalluf pok alfoz bila biti, senga ham tashvish oz Ьо'lиr va oiqug'uvchiga”. Bobur Humoyunga

27. “Sekri. Qayta ko‘z ochgan buloq” nomli bob qaysi romanda uchraydi? “Yulduzli tunlar”

28. “Yulduzli tunlar” romanida Bobur o‘zining zaharlanish tafsilotlarini kimga yozgan maktubida aks ettirgan? Mohim begimga

29. “Ulug‘bek xazinasi” romanida Ulug‘bek sandig‘idagi quyma oltinlarni tilla tangalarga almashtirish uchun Ali Qushchi kimga murojaat qilishi Iozim edi? Xo‘ja Salohiddinga

30. “Ulug‘bek xazinasi” romanida Mirzo Ulug‘bekning mushkul ishlaridagi “suyanadigan toglari” kim edi? Ali Qushchi va Muhiddidin

31. “Navoiy” romanida kim “Bu tilni she’rning sheri mudofaa qilar ekan, yana qaysi

mard aksini isbot qilur”, deya Navoiyga yuksak darajada baho beradi? Husayn Boyqaro

32. “Navoiy” romanida “...telbaroq, lekin ajoyib qilichboz”, “Ikki qo'li bilan shatranj o'ynardi” deya ta’riflangan obraz kim? Zunnun Arg‘un

33. “Navoiy” romanida “Qomati o‘rtadan baland, ingichka lekin pishiq, barmoqlari uzun va nafis; qora va qisqa soqoli, xushbichim miyiqlari tekis va silliq; yonoqlari chiqiqroq, kenggina yuzida doimiy tafakkurning asl ma’nosi, ma’naviy qudrat va yengil, go'zallashtiruvchi bir horg‘inlik jilvalanadi”, deya tasvirlangan persona] kim? Navoiy

34. “Navoiy” romanida “past bo‘yli, tiyrak ko’zli, xush muomila... daftardorlik, hisob-kitob ishlariga juda mohir bolishi bilan baravar, davlat ishlarida tadbirli, vijdonli bir mansabdor edi”, deb tasvirlangan obraz kim? Xo‘ja Afzal

35“Navoiy” romanidagi Xo‘ja Fazlillo Abullays kim edi? Navoiyning ustozi

36. “Navoiy” romanida Fasihiddin kimni “Zamonamizning Abu Ali Sinosi bo’lishiga kaminada also shubha yo’q”, deb e’tirof etadi? Sultonmurodni

37. Navoiy” romanida “Yirik, qiyiq, o'tkir qarovchi ko’zlari iroda va ingichka hiyla bilan birga qandaydir beqarorlik, yengil va shoix tabiatni ham ifodalar edi”, deya tasvirlangan obraz qaysi?

Husayn Boyqaro

  1. “Navoiy” romanida podsho kutubxonasining boshlig‘i kim edi? Darveshali

39. “Navoiy” romanida kim "...ovga, qushga shuncha o‘ch ediki, mabodo qushlaridan biri oelib qolsa, raso motam tutar, bu o’lgandan ko'ra, falon o'glim о'lsа bo‘lmasmidi, derdi”, deya ta’riflanadi? Muhammad barlos

40.“Navoiy” romanida kim “zamonaning Aflotuni”, deya ta’riflangan? Mavlono Shahobiddin

41. “Navoiy” romanida sodda, dilovar, ov va qush ilmini piri ”, deya tasvirlangan obraz kim? Islim barlos

42.“Navoiy” romanining ikkinchi bobida Navoiy Darveshaliga bir bino tarxini chizib beradi. Bu qanday bino chizmasi edi? Kutubxona

43. S. Ahmadning Qorakoz Majnunasarida Saodat ayaning baxti ochilmay, guldek umri xazon bolayotgan farzandi kim edi? Qumri

44. “Qorakoz Majnunhikoyasidagi dindan chiqqan musulmon bolasi

kim edi? Bo'rixon

45. “Qorako‘z Majnun” hikoyasida Saodat aya eri bilan qaysi farzandi uchun Turkistondagi Yassaviy maqbarasining shayxiga ataganlarini berib, kokilini kestirishgan va qo‘y so‘yib xudoyi qilib berishgan edi? Bo‘rixon

  1. “Qorako‘z Majnun” hikoyasida kim Bo‘rixonning chemodanidan Injil kitobini topib oladi? Qumri

  2. “Qorako‘z Majnun” hikoyasida Bo‘rixon qachon armiyaga ketadi? 67 yili

  3. Saodat aya sochining uchiga nima taqib yurardi? Sandiqning kalitini

  4. Bo`rixon kimga uylangan edi ? Cherkov qo`ng`iroqchisining qiziga

  5. Saodat aya nimalarni yoqib yuboradi? Bo`rixonning kiyimlarini

  6. “Shaytanat” asarida Asadbekning xotini kim? Manzura

  7. Asadbekning laqabi? O`qilon

  8. Asadbek qizini kimga uzatadi? Elchinga

  9. Asadbek kimga “Hayron bo`lma , go`rdan chiqaradigan qo`lim sensan “ deydi? Kesakpolvonga

  10. “ Asad , sen bolalaringning xo`rlanganini ko`rginu so`ng o`lgin “ deb kim qarg`aydi? Restoran xo`jayini

  11. Asadbekning o`lgan ukasining ismini kim nevarasiga qo`yadi? Jalil

  12. Kesakpolvonning ismi nima? Haydar

  13. Hosilboyvachchani kim o`ldiradi? Asadbek

  14. Xongirey huzuridan chiqqan Asadbey o`zini nimaga o`xshatadi? Nor tuya

  15. Asadbek Moskvadan qaytayotganda nimani niyat qiladi? Onasi va ukasini ziyorat qilishni

61.“Ot kishnagan oqshom” qissasida Ziyodulla kalni bozorda mayiz sotishga undagan hamsoyasi kim? Qulmat polvon

62. “Ot kishnagan oqshom” qissasida Ziyodulla kilning familiyasi? Qurbonov

63. “Ot kishnagan oqshom” qissasida Denov bozorida mayiz necha so`m edi? 10 so`m

64. .“Ot kishnagan oqshom” qissasida Ziyodulla kilning qancha mayizi bor edi ? 6 un xalta

65. .“Ot kishnagan oqshom” qissasida Ziyodulla kalning xotini nimaga boshqorong`I bo`lgan edi? Jiydaga

66.“Ot kishnagan oqshom” qissasida Ziyodulla kal mayizini qanchadan sotadi? 7so`mdan

67.“Ot kishnagan oqshom” qissasida Ziyodulla kal bozordan chiqi qayerga kiradi? Baliqxoaga

68. .“Ot kishnagan oqshom” qissasida Ziyodulla kal shaharga nimada boradi? Tarlon otida

69 .“Ot kishnagan oqshom” qissasida” Kampirning o`limi mahalliy gap, e`tiborga molik emas” deb kim aytadi? Rixsiyev

70. .“Ot kishnagan oqshom” qissasida Choyxonadagi to`polon qachon bo`lgan edi? 24 yanvar yakshanbada

71. “Dunyoning ishlari” qissasi kimga bag`ishlangan? Onalarga

72. “Dunyoning ishlari” qissasi Is`hoq va Ilhaq qaysi hikoya qahramoni? “ Haqqush”

73. “Dunyoning ishlari” qissasida O`ris bolaning oyisi kim? Zebi xola

74. “Dunyoning ishlari” qissasida Valining asl ismi nima? Valentin

75. “Dunyoning ishlari” qissasida Qachon qarasa qulog`iga rayhon taqib yuradigan qahramon kim? Zebi xola

78. “Dunyoning ishlari” qissasida Zebi xolaning urushda o`lgan o`g`li kim? Kimsan

79. “Esingizdami, siz menga oftob to`g`risida cho`pchak aytib berardingiz” so`zlari qaysi hikoyadan olingan? “Iltijo”

80. “Dunyoning ishlari” qissasida onasi uchun kurortdan nima olib keladi? Gilam paypoq

81. “ Hisomiddi al Yog`iy” qanday asar? Tarixiy hikoya

82. Darveshlar darveshi, shayxlar shayxi kim? Hisomiddi al Yog`iy

83. “ Hisomiddin al Yog`iy” hikoyasidagi sayyoh qayerlik edi? Marokashlik

84. “ Hisomiddin al Yog`iy” hikoyasidagi sayyoh kim edi? Ibn Batuta

85. “Hisomiddin al Yog`iy” hikoyasidagi sayyoh Sulton Tarmashirin mamlakatida qancha muddat mehmon bo`ladi? 50 kundan ortiq

86. Sayyoh shayxga nima sovg`a qilmoqchi bo`ladi? Po`stinini

87. “Hisomiddin al Yog`iy” hikoyasida sulton tashlagan suyakni lib olgan amaldor kim? Burg`ubek

89. “Hisomiddin al Yog`iy” hikoyasida kim sayyohga 2 ot va 2 tuya sovg`a qiladi? Alouddin Tarmashirin ( sulton)

90. Ellik yil muqaddam hech kimdan tuhfa olmayman deb Allohga qasam ichgan obraz kim? Hisomiddin al Yog`iy(shayx)
Download 27,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish