asabiylashasiz va ro'y berishi mumkin bo'lgan eng dahshatli narsalar haqida o'ylay
boshlaysiz. Aytaylik, siz gapirmoqchi bo'lganlaringizni unutib qo'yasiz, duduqlanasiz va
gapingizdan adashasiz, oxir oqibatda o'sha hamma kishilar qarshisida o'zingizni qip-qizil
ahmoqday ko'rsatasiz. Nahotki, bu o'zingizga nisbatan ishonchni yuzaga keltiradi, deb
—
Shubhasiz, kim ham o'zini boshqacha his olardi. Lekin bu tamoyilni hayotda
hamma narsaga qo'llash mumkin. Kim erta bilan yangi kunni sabr bilan kutib olish uchun
o'rnidan irg'ib turadi — kelayotgan kundan yomonlikni kutayotgan
kishimi yoki eng zo'r kun bo'lishini oldindan sezib zavqlanayotganimi? Sizningcha,
ulardan qay biri ushbu kundan bahra oladi?
—
Sizni juda yaxshi anglab turibman, lekin mabodo ro'y berayotgan hodisalar biz
kutgan nati- jani bermagan taqdirda-chi, unda nima bo'ladi? Agar biror yomonlik sodir
bo'lib qolsa, unda nima bo'ladi?
—
Oltin qoidani eslang: o'zingizni qanday his etishni o'zingiz tanlang! Har qanday
vaziyatda xuddi jigarrangdagi narsalar kabi zangori rangdagilarini ham izlab topishingiz
mumkin. Siz diqqatingizni vaziyatning yomon bo'lishi mumkin bo'lgan tomonlariga
emas, balki ijobiy jihatlariga jamlashingiz mumkin.
—
Lekin, mabodo vaziyatning umuman yaxshi tomoni bo'lmasa-chi?
—
Biror fojiaga yo'liqsak, undan ijobiy xislatlar zarrasini topishga qiynalamiz, albatta.
Lekin fojia- dan qutulish yo'llaridan biri o'z kulfatimizda qandaydir ijobiy, ahamiyatli
jihatini topishga harakat qilishdir. Hoynahoy, farzandini yo'qotish ota-onalarning qalbini
vayron etuvchi eng og'ir fojiadir, ko'pincha shunday hollarda kulfatni yengishning
yagona vositasi biron-bir ijobiy narsani yaratmoq qobiliyati sanaladi.
Masalan, Kaliforniyada yosh bir ona katta yo'lda mast haydovchining urib yuborishi
oqibatida o'n uch yashar qizalog'ining fojiali o'limidan so'ng qattiq kuydi. Bu haydovchi
mast holda avtomobil haydashi oqibatida juda ko'p qoida buzishlar bo'lgani va unga
o'xshashlardan qonun odamlami himoyalay olmayotgani sababli onaizor bularning
barchasiga chek qo'yish maqsadida umummilliy kompaniyani boshladi. «Mast
haydovchilarga qarshi onalar»
lo'g'ridan to'g'ri Kongressga murojaat etdilar ichkilik ichgan holda mashina haydagan
hay- dovchilami jazolovchi 950 ta qaror qabul qilinishiga erishdilar. Bu kompaniya tez
orada Kanada, Buyuk Britaniya va Yangi Zelandiyada ham tarqaldi va natijada yuzlab,
minglab kishilar hayoti asrab qolindi.
Hayotda foydali bo'lishi mumkin bo'lgan qandaydir hadya keltirmaydigan kulfatning
o'zi yo'q. Bu hadyani izlab topishimiz uchun tanlay bilishimiz kifoya. Masalan, ko'p yillar
burun, keksa xitoylikni uchratganimda, ishdan ayrilgan chog'im edi va omadsizligim
hamda endi hech qachon boshqa ish topolmasligim to'g'risida tinimsiz o'ylardim. Lekin
o'shanda qariya bilan uzoq suhbatlashganimdan so'ng ishimdan ayrilishimning qandaydir
ijobiy tomoni ham bo'lishi mumkinligini anglay boshladim.
—
Ishdan ayrilishning qanday yaxshi jihati bo'larkan? — so'radi yigitcha.
—
Birinchidan, menda yangi martabaga erishish — o'zimning ishonchim komil
bo'lgan qandaydir ish bajarish imkoni paydo bo'ldi, — dedi janob Kesterman. — Shu
tariqa ishsiz qolganlikdan tushkunlikka tushish o'miga menda to'lqinlanish, g'oyatda
zavqlanish va kelajakka ishonch hissi pay- do bo'ldi. Suhbatimizga taalluqli nimalamidir
yozib olish istagingiz bo'lsa, quyidagilarni esingizda luting:
Do'stlaringiz bilan baham: