III-Yangi mavzuni o'rganish
Grafika tasviriy san’atning eng ommalashgan turi. San’atning bu turi
bilan katta-yu kichik shug‘ullanadi. Chunki u hammabop. Kimdir o‘z
fikrini bayon etish uchun, kimdir tasavvurlarini oydinlashtirish uchun, yana
kimdir xayol surib o‘tirib qandaydir tasvirlar chizadi. Bularning barchasi,
aslida grafikaning bir ko‘rinishidir.
«Grafika»
so‘zi
(yunoncha)
«graphike»
-
«yozayapman»,
«chizayapman» ma’nosini anglatadi. Uning hammabopligi tasviriy
san’atning rangtasvir va haykaltaroshlik turlari kabi maxsus sharoitni talab
etmaydi. Uni qora tushda, oddiy qalam, flomaster yoki sarikli ruch kada
29
daftar varag'i, oq qog‘ozga ishlash mumkin.
Ayni paytda, grafika san’atining o‘ziga xos murakkabliklari ham
mavjud. Bir qarashda juda oddiy tuyulgan bu san’at turi aslida undagi
shartliliklar tufayli murakkabdir. Unda bir rang bilan, odatda, qora rang
bilan chiziqlar vositasida oq qog‘oz sathida rang va uning tuslari,
borliqdagi voqea va hodisalar tasvirlanadi.
Grafika san’atining dastgoh grafikasi, kitob, gazeta-jumal grafikasi,
amaliy grafika va plakat kabi turlari mavjud. Shular ichida insonlar
hayotiga eng chuqur kirib borgani, shuningdek, kitob grafikasi san’atidir.
Kitob grafikasi - kitoblarga badiiy bezak berish san’atidir. Kitoblar
o‘zining mazmuni va mohiyatiga ko‘ra bezatiladi. Shu bois darsliklar,
o‘quv va metodik qo‘llanmalar, ilmiy-ommabop kitoblar, lug‘atlar va
ensiklopediyalar, badiiy adabiyotlarga ishlangan bezaklar bir -biridan farq
qiladi. Kitob grafikasi san’atining imkoniyatlari adabiy asarlarni badiiy
bezashda to‘la-to‘kis namoyon bo‘ladi.
Zamonaviy o‘zbek kitob grafikasi san’ati XIX asming oxirlarida
shakllana boshlagan. Bir paytlar O‘rta Osiyo mashhur hattotlar,
naqqoshlar, musavvirlar, muqovasozlaming kitob ziynatlash borasida
yuksak niahorat maktabi bo‘lgan. XIX asming oxiri - XX asming
boshlariga kelib kitob ishlab chiqarish san’at sohasidan industriyaga
aylanib bordi. Yevropadan avvaliga O‘rta Sharq mamlakatlariga, XIX
asming
60-yillarida
Turkistonga
yevropacha
kitob
nashr
qilish
texnikalarining kirib kelishi, shuningdek, yevropalik kitob bezovchi
rassomlaming bu yerda qo‘nim topishi asrlar davomida shakllangan
an’analaming inqirozga uchrashiga olib keldi.
Kitoblami
texnika
yordamida
nashr
etishni
yoiga
qo‘yilishi
mahsulotlaming badiiy darajasi emas, balki soniga e’tibor berishni taqozo
etdi. Toshkent, Xiva, Samarqand, Andijon, Qo‘qon, Marg'ilonda
litografiya usulida kitob, chiqarish uskunalarini ishga tushirilishi Turkiston
va Yevropada nashr etilayotgan kitoblami amalda bir xil bo‘lishiga olib
keldi. Shu davrga kelib jamiyatning kitobga bo‘lgan ehtiyojini to'la-to'kis
qondirish uchun uni industrlashtirish tabiiy holga aylandi.
O‘zbek kitob grafikasi san’atining milliy an’analarini tiklash va
rivojlantirishda o‘z ijod yo‘lini XX asming 30- yillarida boshlagan
Iskandar Ikromovning faoliyati muhim ahamiyat kasb etdi.
30
Do'stlaringiz bilan baham: |