Eslatma
Agar tovarning talab va taklif jadvallari alohida berilgan bo’lsa, ularni bitta jadvalga yozib olish maqsadga muvofiq bo ‘ladi.
Bu jadvaldan tovarning muvozanat narxini aniqlash uchun talab va taklif miqdorlari teng bo’lgan satrni topish kifoya. Biz ко’rayotgan jadvalda bu uchinchi satr bo’lib, tovar narxi 600 so’m bo’lganda, talab va taklif miqdorlari teng bo’lyapti. Demak, 600 so’m tovarning bozor narxi, ya’ni muvozanat narx bo’lib, bu holda tovarning muvozanat miqdori 4 donani tashkil qilyapti.
Agar davlat tomonidan tovarning narxi qat’iy 300 so’m qilib belgilansa, u holda taklif qilingan 2 birlik tovarning hammasi xaridorlar tomonidan tezda sotib olinib, bozorda 6 -2 = 4 birlik tovarga taqchillik vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |