Partnyor pragrammalarni ishlab chiqarishadi yoki treyder boshqa bir
treyderni taklif qilsa taklif qilgan treyderga bonuslar beriladi. Xullas
28
treyderlarni jalb etish uchun brokerlar turli tuman xizmatlar qo’yishadi
treyderlar uchun, biz esa treyderlar shu xizmatlardan obdon foydalanamiz.
Ba’zi insonlar shunchaki treyderlarni jalb etishadida Partyorlik kontrakti
bo’yicha Forex Brokerga yangi treyderlar o’qitib shu broker firmaga hisob
ochtirishadi va treyderlar savdoda qatnashishsa spreedning 50 foizini
olishadi. Bu ham bir brokerlik xizmatiday bo’lib qoladi. Qancha treyderlarni
jalb etsa partnyor shuncha spreddan kelib tushadi (spred-bu savdoda kirishda
sotuv va sotib oluvchi narx sanaladi bu real narxdan farq qiladi).
Biz qaysi brokerni tanlamaylik har bir brokerda o’zini savdo platformasi
bo’ladi va bu platformada biz savdo qilishimiz uchun qulay programma
sanaladi. Bunda savdoda qatnashishda, texnik analizlarni bajarishda va
hisobimizni boshqarishda bu platformadan foydalanamiz. Ba’zi bir
brokerlarda platforma bo’lmaydi shunchaki web platformalardan
foydalanishadi. Bunda bizning brauzerimizdan (Internet Explorer, Mozilla,
Opera, Google Chrome va ko’plab brauzerlar) savdo jarayonini bajarishda
foydalanamiz. Men bu kitobda savdo jarayonlari va texnik analizlarni
bajarishda “Meta Trader” platformasidan foydalanaman chunki bu internetni
yoqmasdan turib ham oxirgi kotirovkalarni ko’rish mumkin va ohistakorona
texnik analizlarni bajarishda juda ham qulay platformalardan biri sanaladi.
“Meta Trader” platformasi ko’pgina Brokerlarda bo’ladi. Masalan
NordForex, Exness, Forexcom, Brocompany, TeleTrade, LiteForex,
SystemForex,MasterForex, MMCISgroup, Alpari va ko’plab brokerlarda
“Meta Trader” platforma mavjud. Biz esa shu ro’yxatdan bitta brokerni
tanlaymiz va uning platformasini internet orqali olamizda o’zimizni
kompyuterimizga o’rnatamiz. Biz olgan platformaning websahifasidan
ro’yxatdan o’tamiz. Bizda Treyderlik hisob raqam va maxfiy so’z beradi biz
hisobimizdan Platformaga kirib savdo jarayonlarni kuzatishimiz va
qatnashishimiz uchun.
Keling grafiklar bilan tanishib olaylik. Grafik Bu qaysi bir valyuta
parasini olmaylik hammasini grafigi mavjud (Rasm-1qarang). Grafiklar 4-5
xil turga ega bulardan yapon shami, bar grafigi, chiziqli grafik, iks va
noliklar, gorizontal qizil va yashil chiziqlar va hokazo. Bizning
Platformamizda faqatgina 3 ta grafiglar mavjud bulardan yapon shami, bar
grafigi va chizqli grafik. Rasm 6.1 Yapon shami brilgan bizning
platformamizda vaqt oraliqlari berilgan 1minutdan boshlab to 1 oygacha
bo’lgan vaqt oralqlari berilgan agarda biz grafikga qarasak Rasm 5.3 bu
yerda 15 minutlik grafik berilgan va har bitta yapon shami 15 minutga
tegishli.
29
Rasm- 6.1
Tasavur qilamiz soat 2.00 O’zbekiston vaqti bilan kunning
boshlanishi platformamizdagi vaqt oraliqlardan, kunlik, 4 soatlik, 1
soatlik, 30 minutlik, 15 minutlik, 5 minutlik va 1 minutlik grafiklarda
yapon shami hosil bo’ladi. Oradan 1 minut o’tdiki 1 minutlik sham
yangilanadi, 1 soat o’tdimi 1 soatdan boshlab to bir minutlik grafiklarda
yangi shamlar hosil bo’ladi. Rasm 6.1 ko’rsatilganidek vaqt oralig’ida
narxning jarayonini yaqqol ko’rsatib berilgan. Masalan Rasm- 6.1
ko’rsatlgan 1 soatlik grafik deb tasavvur qilaylik, yangi soat boshlandi
deylik boshlanganidan to oxirigacha bozorni maksimal ko’tarilishi va
minimal tushishini va soat tugashi bilan qayerga tugashishini bildiradi.
Shunday qilib qaysi vaqt oraliqni tanlamayli yapon shami shunday
prinsipda ishlaydi.
Rasm- 6.2
30
Bar grafigi vaqtning qayerdan boshlanishi va qayerdan tugashini
bilish salgina mushkul agarda grafigimizni kichraytirsak unda faqat
narxning maksimum va minimumlarni ko’ra olamiz.
Rasm- 6.3
Chiziqli grafik trendning vaqt oralig’ida maksimal qancha ko’tarilgani
va minimal qancha tushishini ko’ra olmaymiz. Chiziqli grafik faqatgina
vaqtning boshlanishi va tugashini ko’rsatib beradi keyingi vaqt
oralig’ida esa chiziqlar qo’shilib trend jarayonini davom ettiradi. Ba’zi
hollarda trendning yo’nalishi maksimum va minimum narxlar juda ham
uzoq boradi mana shuni chiqizqli grafik ko’rsatmaydi.
Mening fikrimcha grafikni tanlashda Yapon shamini tanlagan
ma’qul, chunki bu grafigda narxning ochilishi, yopilishi, maksimum va
minimumlar yaqqol ko’rinarli. Bar grafik ham xuddi shunday ishlaydi
yapon shami singari lekin vaqtning boshlanishi va tugashi salgina
qiyinroq. Chiziqli graffik esa maksimum va minimumlar noma’lum. Shu
uchun men faqatgina yapon shami grafigini ishlatishni tavsiya etaman.
31
Do'stlaringiz bilan baham: |