Savdo strategiyasini tuzishda qurollanish.
Aziz o’quvchi kitobxon treyder savdo strategiyani tuzishda kamina
maqul ko’rgan indikator va klassik analizlarni ishlatadi. Siz esa o’zingizga
shuni xulosalab olib o’z strategiyangizni tuzishingiz kerak. Mening
strategiyam esa sizga qanday tuzish kerak ekanligini birma bir ko’rsatib
beradi.
Biz o’tgan qismlarda klassik analizlardan trend kanallarni chizish,
modellardan, uchburchak, klin, bosh yelka modeli, (M) va (W) harfi, Vulf
to’lqini, Yarim aylana, Piramida va Indikatorlar bilan qanday ishlash
kerakligini o’rganib oldik. Endi esa manashu analizlarni kerakligini olib
birlashtiramiz va shunga qarab tendensiyaning jarayonini kuzatamiz.
Buning uchun men MACD, RSI va 3 ta Moving Average indikatorini
oldim. Albatta trend kanallarni ham inobatga olgan holda.
75
Rasm- 11.3
Birinchi navbatda 3 ta Moving Average (MA) indikatorining
ma’nosini tushunaylik. Bizda MA300, MA55 va MA21 kerak bo’ladi.
-
MA300 bizga yo’nalishni tasdiqlab beradi agarda MA300 teppaga trend esa
pasda bo’lsa demak Ayiq yo’nalishi jarayoni ketyapti. Agarda MA300
pasda trend esa teppaga bo’lsa buqa yo’nalishi boradi.
-
MA55 va MA21 biz bu indikator orqali savdoda qatnashamiz.
Birinchi navbatda yo’nalishni bilish kerak Rasm- 11.3 Ayiq
yo’nalishin ko’rib turibmiz bunda MA300 ham tasdiqlab beryapti. Savdoda
qatnashish uchun esa MA55 va MA21 kesishi bilan savdoda
qatnashishimiz mumkin. MA 300 haqiqatdan ham trendda yuqoriga va
MA21 esa MA55 ni kesishi va shu holatda MA300 ni ham kesib ichkariga
qarab boryapti bu degani Ayiq yo’nalishi boshlanishini bildiradi. MA300
ancha yuqoriga bo’lgani sababli biz har qanday vaziyatda trend qaytib
kelishi mumkinligidan ehtiyot bo’lishimiz kerak. Trendning jarayonini
yanada qayerga ketishini bildirish uchun biz yana Trend kanali yordamchi
va buzuvchi kanallarni chizamiz. Bunday holatda Ayiq yo’nalishi aniq
borishini kuzatishimiz mumkin. Rasm- 11.3 trend kanalidan pasga tushib
ketgan bu esa juda ham yaxshi jarayon sanaladi. Chunki bizni
yo’nalishimiz baribir Ayiq yo’nalish edi. Oxir oqibat RSI va MACD
indikatorlari Divergensiya borligini tasdiqlab beryapti.
76
Rasm- 11.4
Tendensiyada shunday vaziyatlar bo’ladiki, Katta ayiq yo’nalishida
o’rtacha qarama qarshilik borsa yoki uzoq qarama qarshilik borsa MA300
esa buni Buqa pozitsiyasiga o’zgardi deb ko’rsatadi. Rasm- 11.4 shunday
vaziyat ko’rsatilgan Katta Ayiq yo’nalishida qarama qarshilik Buqa
yo’nalishida qaytgan deb ko’rsatyapti MA300 pasda trend esa teppaga
yuribti. Lekin biz yo’nalishdagi MA55 bilan MA21 orqali savdo jarayonida
savdoda qatnashamiz. Bunda agarda MA300 yo’nalishni Buqa yo’nalishi
deb belgilasa MA21 esa MA55 ni kesgan taqdirda biz sell pozitsiya ocha
olmaymiz. Chunki yo’nalish Buqa pozitsiyasi deb belgilab beryapti
MA300. Nihoyat trend MA300 ichida kirdi va yo’nalishni Ayiqga topshirib
berdi. Bu yerda MACD ham noldan pasga o’tdi MA300 bilan birgalikda.
Trend kanallari esa qanday borishi va qayerdan qarama qarshi tendensiya
borish ehtimolligini ko’rsatib beradi. Rasm- 11.4 bayroq trend kanali va
klin hosil bo’lyapti. Lekin bu yerda MA55 va MA 21 bir birini tushunarsiz
darajada kesyapti. Lekin kanallar esa bu kamchilikni to’ldirib beryapti.
Yana bir ishonarli tomoni MA300 Ayiq yo’nalishining davomiyligini
ko’rsatib beryapti. Hamma savdo strategiyalarni ham ishlamaslik davrlari
bor ba’zi vaqt strategiya ishlamay qolishi va aynan bozorda jiradigan joyda
fleyt jarayoni boradi. Shuning uchun ham bu jarayonlarda kirmaslik kerak
shunchaki kuzatish kerak xolos.
77
Rasm- 11.5
Ba’zan bozorda kirish uchun haftalab kutishga to’g’ri keladi. Rasm-
11.5 Strategiyamiz buzilishini guvohi bo’lib turibmiz. Lekin aslini olganda
shundan ham bozorga kirib bo’ladi grafigimizda 3 marta divergensiya
kelmoqda. Aslida divergensiya ham doimo to’liq ishlayvermaydi.
Grafigimizdagi bu vaziyat katta darajadagi Klin modeli sanaladi klin
tugashi bilan katta Buqa yo’nalishi boshlandan aslida agarda grafigimizni
yana bir pog’ona kichraytirsak katta hajmdagi klin modelini guvohi
bo’lamiz.
Rasm- 11.6
Rasm- 11.5 Katta hajmdagi klin Rasm- 11.6 bir pog’ona
kichraytirilgan. Natijada Klin qoidaga binoan tendensiya yo’nalishini
o’zgartirgan. Shuning uchun ham MA300 va MA55 bilan MA21 jarayon
78
hech qanaqa jarayonlarni yo’nalishlarni ko’rsata olmasa klassik texnika
analizi bizga yordam berishi mumkin.
Rasm- 11.7
Rasm- 11.7 jarayon 5 hafta davom etgan. Birgina savdoda kirish
uchun 5 hafta kutishga majbur etyapti. Shuning uchun ham Bozorda
bunday vaziyatlarda hech qachon kirmaslik kerak. Chunki noaniqlik bizga
xavf keltirilishi mumkin.
Ko’p hollarda bozorda katta turdagi modellar uchraydi bu jarayon esa
juda uzoq borishi oylab kutishga to’g’ri keladigan darajada borishi mumkin
shuning uchun ham, 4 soatli jarayonda kattagina modellar uchrasa Klin
yoki bayroq shuni 1 soatlika ko’rsak aga uzoq Ayiq va Buga yo’nalishini
ko’ramiz.
Rasm- 11.8
Bu jaroyon Rasm- 11.8 uzoq davom etgan 17 kun davom etgan. Aslida esa
bu Katta turdagi qarama qarshi tendensiya edi.
79
Do'stlaringiz bilan baham: |