Jon Grinning ushbu kitobi juda mazmunli. Shuni ta'kidlashni istardimki, roman syujeti bo'yicha kitob joyida klass Muallif zo'raki, lekin shu bilan birga, sodda va beg'araz tarzda sevgi haqidagi voqeani, u uchun kurashni va bu olamdagi o'rnini aytib bergan. Asardagi o'spirinlar - bu eng oddiy odamlar. Ular bu dunyoning ozgina tomchilaridir. Saratonga qaramay, Heyzel va Agastus taslim bo'lmaydi, hayajonli his-tuyg'ularni boshdan kechirishadi,sevishishadi, Ba'zan ular zerikarli, zaharli, portlovchi va isyonkor. Muallif ularni tabiiy ravishda tasvirlab bergan - ular qanday bo'lsa shunday. Ular o'limdan qo'rqmaydi. Qisqasi ushbu kitobni ochgan odam uni boshqa hech qachon yopmaydi. "Yulduzlar aybdor" kitobi "2012 yilning eng yaxshi badiiy asari" unvoniga sazovor bolgan. Men bu kitobni rus tilida o'qidim va siz aziz kitobxonlarga asarning zor joylarini qoldan kelgancha tarjima qilishga harakat qildim. Heyzel: Shunday payt keladiki, kimdir biror narsa qilganini eslaydigan odamlar qolmaydi. Aristotelni yoki Kleopatrani eslaydigan hech kim qolmaydi, sizni ham eslashmaydi. Biz qilgan, qurgan, yozgan, ixtiro qilgan va kashf etgan barcha narsalar unutiladi. Bularning barchasi «izsiz yo'qoladi». Ehtimol, bu vaqt yaqin orada kelar, ehtimol u millionlab yillardan keyindir. Agar siz unutib bo'lmaydigan muqarrar ekanligingiz haqida xavotirga tushsangiz, boshqalar kabi bu qo'rquvga e'tibor bermaslikni maslahat berardim ***** ***** ***** ***** "Sevib qoldim", deb takrorladi u menga qarab, men uning ko'zlarining burchaklaridagi ajinlarni payqadim. "Men seni yaxshi ko'raman va bu haqiqatni gapirishning oddiy quvonchidan mahrum bo'lishni istamayman Men seni sevib qoldim, bilaman, sevgi shunchaki xayoldir, unutish muqarrar, barchamiz o'lamiz va hamma narsa changga aylanadigan kun keladi. Quyosh biz bilgan yagona Erni yutib yuborishini ham bilaman va men senga oshiqman. Mening ismim Heyzel Greys Lancaster. Agastus Vaters mening hayotimdagi eng yaqin inson edi, u hayotimga huddi quyun kabi kirib keldi va nursiz kunlarimga nur bag'ishladi. Bizda kuchli sevgi bor edi. Ko'z yoshlar to'kib olmasdan, u haqida ko'proq gapira olmayman. Gas men uchun dafn ma'ruzasini aytadi deb kutgandim, chunki mening boshqa sevgilim yo'q ... - Men yig'lay boshladim. - Ha, qanday qilib yig'lamasligim kerak. Qanday qilsam ekan ... Mayli. Yaxshi. - Chuqur nafas olib, varoqqa qaytdim: - Men sevgimiz haqida gapira olmayman, shuning uchun men matematika haqida gapiraman. Men matematik emasman, lekin men aniq bir narsani aytmoqchiman noldan birgacha bolgan masofada cheksiz sonlar mavjud. O'ndan bir, o'ndan ikki yuz, yuzdan bir, va hokozolar bor. Albatta, noldan ikkigacha yoki noldan bir milliongacha bo'lgan cheksiz sonlar birinchisidan kattaroqdir - ba'zi infinitsiyalar boshqa infinitsiyalarga qaraganda kattaroqdir. Buni bizga ilgari biz yoqtirgan yozuvchi o'rgatgan. Shaxsiy cheksizligimdan g'azab va jahlni his qilgan kunlarim bo'lgan. Men xudodan taxmin qilganimdan ko'ra ko'proq vaqt talab qilaman va butun vujudim bilan Agastus Vaters uchun kunlar ko'p bo'lishini istar edim. Men Gasdan bizning kichik cheksizligimiz uchun shunchalar minnatdorman. Men sevgimizni butun dunyoga ham almashtirmasdim. Sen menga bir necha kun ichida abadiylikni berding. Rahmat senga Gas men seni juda juda yaxshi ko'raman.
Do'stlaringiz bilan baham: |