Kitob tafakkur qanoti yuldasheva gulhayo



Download 283,79 Kb.
bet3/4
Sana18.07.2022
Hajmi283,79 Kb.
#821213
1   2   3   4
Bog'liq
KITOB TAFAKKUR QANOTI

Kitob – moziy darakchisi, bugunning tarbiyachisi va muallimi, kelajakning yo`lboshchisi. Kitobni ma'naviy xazina, haqiqiy boylik, dedik. Uni chin dildan sevib qadrlagan Abu Ali ibn Sino og`ir betob bo`lgan Buxoro hukmdori Nuh ibn Mansurni davolagach, evaziga oltinu kumushlar to`la sandiqni emas, balki saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatini qo`lga kiritishni afzal ko`rgan edi. Buyuk rus shoiri Aleksandr Pushkin duelda yaralanib, vafot etar chog`ida, unga “Do`stlaringiz bilan vidolashing”, deyishadi. Pushkin xonaning burchagidagi kitob javoniga termulib, “Xayr, mening do`stlarim!”, deya jon bergan ekan. Kitob – bilim manbai, ilm shamchirog`i, ma'naviyat sarchashmasi. Kitobni quyoshga qiyoslash o`rinlidir: quyosh insonning jisman ulg`ayishi uchun qanchalik muhim o`rin tutsa, kitob ma'nan barkamollik uchun ham shunday ahamiyatga ega. O`qish davomida kitobni mutolaa qilish jarayonining o`zidayoq insonning ongi va dunyoqarashi shakllana boradi. Kitobning o`zi bir olam. Uni takror va takror o`qish davomida yangidan yangi ufqlar kashf etiladi, har gal uni qayta mutolaa qilgan odam undan o`zgacha taassurotlar oladi. Aytishlaricha, Forobiy Arastuning “Jon haqida” deb nomlangan asariga o`z qo`li bilan: “Men bu asarni 200 marta o`qidim”, — deb yozib qo`ygan ekan. Kitobdan shunchaki ermak, zerikishda qo`l keladigan bir vosita sifatida foydalanish yaramaydi.

Kitob — insoniyat qahramoni, ustozlar ustozi. Ilm-fan misli ko`rilmagan darajada rivoj topdi. Cheksiz bilimlar mohiyati, asriy sir-sinoatlar tilsimi hozirgi davrga kelib bashariyatga oshkor bo`lmoqda. Qadimda kitoblarni xattotlar ming bir mashaqqat bilan ko`chirishgan bo`lsa, bugungi kunda texnika yutuqlari tufayli ular millionlab nusxalarda chiqarilib, butun dunyo bo`ylab tarqatilmoqda. Biroq tezkor zamonning tezkor sur'atlarida hayot kechirayotgan odamzod shunchalik shoshadigan, betoqat bo`lib qoldi-ki, uning bir muddat xotirjam tin olishga imkoniyati yo`q, eng qayg`ulisi, bunga uning xohishi yo`q. Vaqt ayni zamonda oltindan ham yuqori qiymatga ega bo`ldi. Insonning ongi fikrlar, ma'lumotlarga to`la, ammo u fikrlashga layoqatsiz bo`lib bormoqda. Uning diqqati bir joyda jam emas, shoshganidan shoshadi-ki, kitoblar turfa xil va son jihatdan ko`p bo`lgani bilan uni mutolaa qilishga, teran fikrlashga fursati yo`q. Kitobning o`zini emas, uning syujeti, mohiyati to`g`risidagi qisqagina annotatsiya-ma'lumotlarni o`qish, aniqrog`i, ko`z yugurtirish afzal bo`lib qoldi. Kitobning hayotdagi o`rnini axborot deb atalgan hissiz va ruhsiz ashyo egallab oldi, natijada odamzod tinimsiz axborot qabul qilishga moslashib qoldi. Axborot oqimi shu qadar shiddatli-ki, uni qayta ishlashga, fikr yuritishga ulgurib bo`lmaydi. Dunyo kitobdan uzoqlasha boshladi, vaholanki, dunyoni shu yuksak taraqqiyot pog`onalariga olib chiqqan bilimlar manbai o`sha — kitob edi. Axborotlashuv omili global dunyo uchun birlamchi vazifaga, axborotga egalik hukmronlik belgisiga aylandi. Inson axborotga ega bo`lish ishtiyoqi tufayli kitobdan uzoqlashishi bilan birga tabiatdan, hayotning go`zalligidan, o`zligidan uzoqlasha boshladi. Moddiy, nafsoniy ehtiyojlar beqiyos darajada ortib ketishi, qalb va ruhning ma'naviy ehtiyojlari qondirilishiga to`siq bo`ldi. Bu borada ma'rifat fidoiylaridan birining kuyunchaklik bilan aytgan gapi bor: “Bilim deb hikmatdan, axborot deb ma'rifatdan ayrildik!..”.


Download 283,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish