Kitob mutolaasi. Kitob bilimlar xazinasi



Download 328,88 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana02.01.2022
Hajmi328,88 Kb.
#311407
1   2   3   4   5
Bog'liq
RM66aW2ADJDyQvGc5Cf98t1EGNwUMaabmcMtsRGp

kitobxonlarning uch turi

yoki boshqacha qilib aytganda, uch darajasi

xususida to‘xtalib o‘tmoqchiman.

Sodda kitobxonni

olib ko‘raylik. Har birimiz ham dam-badam ana

shunday o‘quvchi qiyofasida namoyon bo‘lib turamiz. Bunday kitobxonlar – hindular haqidagi

kitobchani o‘qiyotgan bolakay yo graf ayol hayoti to‘g‘risida hikoya qiluvchi romanni mutolaa

qilayotgan oqsoch yoki Shopenhauerni o‘rganishga kirishgan talaba – barchasi, ovqatni paqqos

tushiradigan sertomoq xo‘randa singari, kitobni yutib yuboradi. Bunday o‘quvchining kitobga

munosabatini bir shaxsning ikkinchi bir shaxsga munosabatidek, deb bo‘lmaydi, balki aksincha, ot

suliga yoki izvoshchiga qanday qarasa, xuddi shunday deyish mumkin. Kitob yetaklaydi, kitobxon

esa unga ergashadi. Kitob syujeti xolisona, beg‘araz voqelik sifatida idrok qilinadi. Syujetning o‘zi

bo‘lsa koshkiydi! Badiiy adabiyotning tuppa-tuzuk bilimga ega ashaddiy o‘quvchilari ham borki, ular

butkul sodda kitobxon sinfiga mansubdir. Garchi ular syujetning o‘zi bilangina kifoyalanib

qolmasalar-da, romanda qancha aza yoki qancha to‘y tasvir etilganiga qarab baho bermaydilar, shu

bilan birga, muallifning o‘zini tushunib, kitobning estetik mohiyatini xolisona qabul qiladilar. Ular

asar muallifining barcha zavq-shavq, quvonchiga va ilhomiga sherikdirlar, uning dunyoqarashiga

butkul qo‘shilib, muallifning tasavvur mahsulini, turlicha ma’no berish holatlarini hech bir e’tirozsiz

qabul qiladilar. Oddiy odamlarni asar syujeti, undagi vaziyat, voqea va harakatlar qiziqtirsa, o‘tkir aql

sohiblari uchun esa muallif mahorati, tili, bilimi, ma’naviy saviyasi muhim. Ular buning barchasini

qandaydir xolisona voqelik sifatida – adabiyotning so‘nggi va eng yuksak boyligi sifatida – Karl 

May muxlisi bo‘lmish navqiron o‘quvchi “Eski paypoq” asaridagi voqealarni mavjud voqelik deb 

qanday idrok etsa, xuddi shunday tushunadilar.




Bunday sodda kitobxon, mutolaaga munosabatiga ko‘ra, umuman, shaxs

hisoblanmaydi, balki o‘zi bilan o‘zi andarmon o‘quvchi, xolos. U romandagi

voqealarning keskinligiga, xavf-xatarga to‘la sarguzashtlariga, ishqiy

lavhalarga boyligiga, tasvirning dabdabali yoki ojizligiga qarab baholaydi yoki

buning o‘rniga, muallifning o‘zigagina baho berib qo‘yaqoladi, ya’ni uning

muvaffaqiyatlarini shunday andaza bilan o‘lchaydiki, bu me’yor oxir-oqibatda

doimiy odatga aylanadi. Bunday o‘quvchi kitob, umuman, his qilib, tushunib

o‘qish va mazmuni yoki shakliga munosib baho berish uchungina yaratilgan

deb o‘ylaydi, bunga shak-shubha qilmaydi. Ya’ni, kitob – non yoki ko‘rpa-

to‘shakka o‘xshagan narsa, deb hisoblaydi.

Inson tarbiyasiga emas, tabiatiga amal qildi deguncha, bolaga aylanadi va

buyumlarni o‘ynay boshlaydi. Shunda non yerosti yo‘li qazilgan toqqa, ko‘rpa

esa g‘orga yoki qor bosgan dalaga aylanadi. Shunday bolalarga xos

soddalikdan va bu o‘yinchi dahodan




Download 328,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish