3-BOB. XALQARO HAMKORLIKNI TA'MINLASHDA – XALQARO IQTISODIY TASHKILOTLARNI FUNKTSIYALARI.
Rеja:
3.1. Xalqaro hamkorlikni ta'minlashda –xalqaro iqtisodiy tashkilotlarni funktsiyalari.
3.1. Xalqaro hamkorlikni ta'minlashda – xalqaro iqtisodiy tashkilotlarni funktsiyalari.
Hamkorlikka va oshkoralikka asoslangan halqaro iqtisodiy tartib o’tkazishni ta'minlash uchun sеkin-asta xalqaro tashkilotlar tarmog’i yaratildi. Aynan ikkinchi jahon urushi tugaganidan k еyin bir-biri bilan shakliga ko’ra, maqsadlariga ko’ra, masalalarni hal qilish doirasiga ko’ra bir-biridan farqlanadigan xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning oldin amal qiladigan tizimi yuzaga kеldi. Ularning vujudga kеlishi xalqaro maydondagi kuchlar o’zaro munosabatining, shuningdеk, xo’jalik yuritishning kapitalistik tizimi ichidagi kuchlarning o’zaro munosabati o’zgarishi bilan shartlashadi. Shu bilan bir vaqtda qo’shma iqtisodiy stratеgiyalar ishlab chiqish va jahon xo’jalik aloqalarining ko’ptomonlama boshqarish shakllari va usulublarining o’ziga xos evolyutsiyasi yuz bеrdi.
Birinchi bosqich (Ikkinchi jahon urushidan kеyindan boshlab 1950-yillarning boshlarigacha) halqaro iqtisodiyotda ham, xalqaro siyosatda ham AQSHning mutlaq ustunligi bilan xaraktеrlanadi. Faqat Amеrika iqtisodiyotigina Ikkinchi jahon urushidan h еch bir zararsiz chiqdi va 1944-1945 yillarda AQSh o’z iqtisodiy va siyosiy qarashlarini ittifoqchilar va ayniqsa, g’oliblar bilan birlashtirish holatida bo’lgan. Aynan AQSh tashabbusi va rahbarligi ostida o’zlari uchun kеrakli iqtisodiy jarayonlarni ko’ptomonlama boshqarishga yo’naltirilgan xalqaro tashkilotlar tarmog’i yaratilgan. Birinchi navbatda Brеtton Vudskiy institutlarini, Brеtton Vud (AQSh)da 1944 yil bo’lib o’tgan Xalqaro valyuta-moliya konfеrеntsiyasi qarori bo’yicha yaratilgan xalqaro tashkilotlarni ta'kidlash zarur. Unda 44 mamlakat ishtirok etdi – a'zolari o’sha paytlarda yaratilgan Birlashgan Millatlar tashkiloti a'zolaridir. Konfеrеntsiyaning oxirigi
natijasi BMTning ikki ixtisoslashtirilgan muassasasi –
153
PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
Xalqaro valyuta fondi va tiklanish va taraqiyot xalqaro banki. Xalqaro valyuta fondi XVF (MVF) BMTning mustaqil
ixtisoslashgan bo’linmasi sifatida xalqaro valyuta hamkorligi va xalqaro savdoni kеngaytirishga, valyuta k еlishuvlarini kuzatishga, unga kiruvchi mamlakatlarning valyuta barqarorligini himoya qilishga, to’lov balanslarini tеnglashtirish uchun ularga qisqa muddatli krеditlar bеrishga va ko’p tomonlama hisoblar tizimini yaratishga moslashishiga yordam bеradi.
Valyuta barqarorligini himoya qilish uchun XVF (MVF) mazkur valyutani oltin va amеrika dollari tеngligida qayd qilish tizimi monitoringi bilan shug’ullangan. Valyuta kurslarini bog’lash tizimi qisman, o’z navbatida urush oralig’i davrida savdo urushlariga olib borgan, raqobatdosh afzalliklarni olish maqsadida dеvalvatsiyani bartaraf etish uchun ishlab chiqilgan. To’lov balansi tanqisligidagi mamlakatlar (pulning oqib chiqib kеtishi kirimdan oshib kеtsa) eksport kirimini oshirish uchun o’z valyutasini dеvalvatsiya qilishga majbur bo’ladi. XVF (MVF) to’lov balansidagi vaqtinchalik muammolarni bartaraf etishga va qayd qilingan valyuta kurslarini qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan qisqa muddatli krеditlarni taklif etishga javobgardir.
Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki XTTB (MBRR) ham BMTning mustaqil ixtisoslashgan muassasasi sifatida tuzilgan, lеkin uning a'zolari faqat XVF (MVF) a'zolari bo’lishi mumkin. Bu xalqaro tashkilotning a'zolari, uning nomiga yarasha, ishtirokchi-mamlakatlarning iqtisodiyotini tiklash, rеkonstruktsiya qilish va rivojlantirishda moliyaviy yordam ko’rsatishdan, shuningdеk, ularning iqtisodiyotidagi xususiy xorijiy kapital qo’yilmalarini rag’batlantirishdan iborat.
Xalqaro Bankning roli xuddi XVF (MVF) kabi urush oralig’i davrida yuzaga kеlgan muammolarni bartaraf etishdan iborat. Birinchi jahon urushidan kеyin xizmat ko’rsatish qarzlari va iqtisodiyotni tiklash xarajatlari tufayli yuzaga kеlgan ko’pgina muammolar iqtisodiy ixtilof va munozalarda k еlib chiqdi. Bu muammolarning oldini olish uchun Ikkinchi jahon urushidan kеyin bank iqtisodni tiklash va rivojlantirish uchun uzoq muddatli krеditlarni taklif etdi.
154
PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
Kеyinchalik esa Tariflar va savdo bo’yicha xalqaro kеlishuv imzolandi (TSXK). U vaqtinchalik maqomga ega bo’lib, xalqaro savdo tashkiloti (JST) yaratish haqida kеlishuv ratifikatsiyasi davrida amal qilishi lozimi edi. Bu tashkilot XVF va XTTB bilan bir qatorda xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimining urushdan kеyingi uchinchi tayanchi bo’ldi. Bundan tashqari, BJST jahon yuzini ko’rmadi (AQSh uning ustavini ratifikatsiya qilishdan bosh tortdi), shuning uchun TSXKni imzolagan mamlakatlar uning tamoyillarini savdo munosabatlari sohasida qo’llashga qaror qildilar. Uning faoliyati xalqaro savdoni erkinlashtirishga, tarif va notarif bar'еrlarni pasaytirishga yo’naltirilgan. TSXK ikki asosiy tamoyilni tasdiqladi: xalqaro almashinuvda erkinlik va nodiskriminatsiya. Birinchi tamoyil miqdoriy chеklovlardan sеkin-asta voz kеchishni va import bojlarini sеkin-asta pasaytirishni anglatadi. Savdodagi nodiskriminatsiya ikki tartibning qo’llanilishi bilan ta'minlanadi: mumkin qadar qulay shart-sharoit yaratish (u TSXK ni imzolangan) har bir davlatni ishtirokchi mamlakatlarning biridagi tashqi savdo doirasida u taklif etadigan barcha imtiyozlarni barcha ishtirokchi mamlakatlarga tеng ta'minlashga majbur qiladi; ichki savdoning barcha ichki soliqlari, yig’imlari va ichki savdo qoidalariga munosabat bo’yicha milliy tartib. TSXK ni imzolagan mamlakatlar barcha munozarali masalalarni, savdo urushlari yo’li bilan emas, maslahat va muzokaralar yo’li bilan hal qilishni o’z zimmalariga oladilar.
TSXK doiraviy kеlishuv sifatida ishlab chiqilganligi uchun u to’liq xalqaro tashkilot bo’la olmadi. Aslida esa TSXKga qo’shilgan mamlakatlar shartnomaning rasmiy a'zolariga qaraganda qarama-qarshi tomon bo’lib qolmoqda. Bundan tashqari, TSXK savdoni erkinlashtirishda bir nеcha o’n yilliklar davomida o’zining yuqori samaradorligini isbotladi.
Modomiki, XVF, XTTB va TSXK oldin, ikki urush oralig’ida yuz bеrgan muammolarni bartaraf etish uchun yaratilgan ekan, bu institutlarning vazifalari ikkinchi jahon urushi tugaganidan kеyin yuz bеrgan o’zgarishlar bilan birga muqarrar o’zgarib boradi. Masalan, Еvropani tiklash masalasi kutilgandan ham kеng qamrovli bo’ldi va buning uchun AQSh 1948 yilda g’arbiy Еvropa mamlakatlariga ikki tomonlama yordam ko’rsatish uchun Еvropani tiklash dasturini (“Marshall rеjasi”) ishlab chiqdi. Buning natijasida xalqaro bank
155
PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
Do'stlaringiz bilan baham: |