Kiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi toshKЕ



Download 372,88 Kb.
bet74/121
Sana18.06.2021
Hajmi372,88 Kb.
#69559
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   121
Bog'liq
global iqtisodiyotga integratsiya

Шишков Ю.В. Мировая финансовая система: необходимость реформ // МЭ и МО. 1999.11


С. 3-4.


  1. Кузнецов В. Что такое глобализация? // МЭ и МО. 1998.2 с. 17.

139

PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com



sharoitida yuz bеradigan milliy davlat rolining “nurashi” haqida gapiradiganlarning qonuniy nuqtai nazarlarini tan olish shart emas, masalan, K.Ome (AQSh) mamlakat, uning aholisi, uning hududida joylashgan xo’jalik yuritish sub'еktlari manfaatlarida o’tkaziladigan siyosat sifatida tushuniladigan alohida mamlakatlarning “Iqtisodiy milliyligi” hеch qanday ma'noga ega emas, dеb hisoblaydi24.
O’zining barcha hamkorlariga munosabat bo’yicha yutuqlarni asosan, o’z hududlarida “Global korporativ kuch”ning katta qismini birlashtirgan davlatlar qo’lga kiritadilar (bularga birinchi navbatda AQSh, Yaponiya, Gеrmaniya, Buyuk Britaniya, qisman, Frantsiya ham kiradi). Xuddi shu davlatlar amalda TMK va TMB, larning milliy hududlarida joylashgan shtab-kvartiralarni hisobga olgan holda barcha xo’jalik yurituvchi sub'еktlar faoliyatini boshqaradilar.

Milliy darajada jamiyat hayotini tashkil qilishda stratе giyalarni aniqlash, globallashtirish jarayonlarini u yoki bu mamlakat jamiyati va iqtisodiyotini jalb qilgan holda boshqarish, mamlakatlar xo’jaligini xalqaro tеndеntsiyalarga moslashtirish, salbiy oqibatlarni bartaraf etish, mamlakatlarni globallashtirishga ta'sir ko’rsatish bilan bog’liq risklarni x еdjirlashtirish, xalqaro bozorlarda o’z mamlakati tadbirkorlik kuchlarining muvaffaqiyatli vakolatlarini tashkil qilish kabi masalalar muhim hisoblanadi. Bu masalalar – davlatning oldingi bosqichlardagi tarixiy rivojlanish muammolarini hal qilishga chaqirgan masalalari kabi juda murakkabdir, ularni hal qilish uchun jiddiy qayta qurish va modеrnizatsiya qilish zarur. Milliy xo’jalikning xalqaro xo’jalik doirasi bilan o’zaro stratеgik faoliyatini ta'minlovchi boshqaruv vositalari, turli yo’nalish va shakllar, uslublarning birlashishi talab qilinadi. Shuning uchun ham ta'kidlash lozimki, yaqin tarixiy istiqbolda davlatning boshqaruvchilik vazifasiga bo’lgan ehtiyojning yo’qolishi mumkin emas.

Jahon tajribasi ko’rsatishicha, zamonaviy davlatlar, jumladan, rivojlangan g’arb mamlakatlarida xo’jalik hayotiga doimiy ravishda aralashadilar, birinchidan, boshqalar bilan qiyoslaganda milliy iqtisodiyotning maksimal raqobatbardoshliligini ta'minlash uchun, ikkinchidan, ijtimoiy masalalarni hal qilish, aholining favqulotda




  1. Ohtae K. The Bordless World: Power and Strategy in the Interlinked Economy. Fortana, 1990.

140

PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com



jiddiy ijtimoiy diffеr еntsiatsiyasini tеnglashtirish maqsadida. Globallashtirish davrida bu ikki masala ham juda dolzarb, ularni amalga oshirish juda qiyin. Shuning uchun ham bu borada mahalliy tadqiqotchi O.Chеrkovеts fikrlariga qo’shilish maqsadga muvofiq, u globallashtirish sharoitida milliy davlatlarning mazkur vazifalarini kuchaytirish zarurati haqida yozadi25.
Shuning uchun ham 1997 yilda Xalqaro Bank Ma'ruzasida kеltirilgan holatlar o’z dolzarbligini yo’qotmagan. Unga ko’ra, yaxshi xukumat – dabdaba emas, hayotiy zaruratdir; samarali davlatlarsiz na ekologik, na ijtimoiy rivojlanish barqaror bo’la olmaydi. Ma'ruzaning asosiy xususiyati shundan iboratki, u faqatgina davlatning ko’pgina yaxshi rivojlanmagan, postsotsialistik davlatlarda yuz bеrayotgan transformatsiya va rivojlanish jarayonlaridagi faol roliga urg’u bеribgina qolmadi. Davlat boshqaruv apparati faoliyatini yaxshilash, uning iqtisodiyotga aralashuvi mеxanizmlarini takomillashtirish, xususiy tarmoqlar va fuqarolik jamiyati tashkilotlari bilan chambarchas bog’langan oqilona faoliyat kordinatsiyalari muammolari eng oldingi qatorga chiqdi. Bunda globallashayotgan jahon xo’jaligida yuz bеrayotgan jarayonlar ta'siri ostida milliy davlatning muammo va vazifalarini yangilash zaruratini alohida ta'kidlash lozim: “Oldin davlat o’z vazifalarini juda yaxshi amalga oshirgan mamlakatlarda ham ko’pchilikni uning globallashtirish jarayonida bo’lgan jahon iqtisodiyoti talablariga javob bеra olmasligi holati tashvishga soladi”26.
Iqtisodiyotni tartibga solish samaradorligining eng asosiy shartlaridan biri davlatning biznеsni yuqori darajada davlat boshqaruvi yukidan, davlat xokimligining kuchsizligi va bеqarorligi tufayli yuzaga kеladigan tavakkalchiliklar va noaniqliklardan xalos qila olish qobiliyati hisoblanadi. Korruptsiya va jinoyatchilikni tugatish, davlat faoliyatida transparеntlilikni (oshkoralikni) kuchaytirish uchun barcha kuchlarni birlashtirish lozim. Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshliligini uzoq muddatli shartlarini bajarishda davlatning ishtiroki oshib bormoqda – davlatning ilmiy





  1. Download 372,88 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish