Tuzlar.
Tuzlarga oksid va asoslarni, shuningdek oddiy moddalami kislotalar bilan reaksiyaga kirishishidan hosil bo'ladigan moddalar deb qarash mumkin. Ba'zan tuzlarga quyidagicha ta'rif beriladi.
Metall atomlari bilan kislota qoldig'idan tashkil topgan murakkab moddalarga tuzlar deb ataladi.
CuO+2HCl=CuCl2+H2O NaOH+H2SO4=NaHSO4+H2O
2NaOH+H2S04=Na2S04+H20 Zn+H2SO4=ZnSO2+H2
Mg(OH) 2+HCl=Mg(OH)Cl+H20
Bu reaksiya tenglamalariga e'tibor berilsa, ularning tarkibi ancha murakkab tuzilishga ega.
Shunga muvofiq tuzlami 3 toifaga ajratish mumkin: o'rta, nordon va asosli titular. Ular xossalari, nomlanishi va olinishi bilan ma'lum darajada bir-biridan farq qiladi.
O'rta tuzlar. Kislota tarkibidagi vodorod o'rnini metall atomlari to'liq egallashidan hosil bo'ladigan tuzlar o'rte tuzlar deb ataladi.
Ayrim o'rta tuzlarning tuzilishini quyidagicha ifodalash mumkin:
Bu tuzlarning formulasiga va tuzilishiga e'tibor berilsa, o'rta tuzning formulasini hosil qilish uchun metallning valentligi bilan kislota qoldig'ining valentligini bilish kifoya.
Masalan, alyuminiyni 3 valentii, sulfat kislota qoldig'ini 2 valentii ekanligini bilganimiz holda, uning formulasini umumiy ko'paytiruvchi (3х2=6) dan foydalanib tuzish qiyin emas, ya'ni alyuminiy atomi uchun indeks 2(6:3), sulfat kislota qoldig'i uchun indeks 3(6:2) bo'lishi aniqlanadi:
O'rta tuzlarni quyidagicha reaksiyalar asosida olish mumkin:
1. Asoslar va kislotalar о 'rtasida boradigan reaksiyalar asosida olinadi:
Ca(OH) 2+H2S04=CaS04+2H20 3NaOH+H3PO4=Na3PO4+3H20
2.Oksidlar, asoslar va kislotalar o'rtasida boradigan reaksiyalar asosida:
3. Metallar va kislotalar о'rtasida boradigan reaksiyalar asosida:
4. Metallaming metallmaslar bilan о 'wro reaksiyaga kirishishi-dan hosil bo'lishi mumkin bo'lgan o'rta tuzlar:
5. O'rta tu-dami turii xil almashinish reaksiyalari natijasida ham olish mumkin:
Bulardan tashqari o'rta tuzlami hosil bo'lishiga olib keladigan | yana ko'p reaksiyalar ma'lum. KNO2, NaCI, NaBr kabi tuzlar | ham o'rta tuzlar qatoriga kiritiladi. S Nomlanishi. Kslorodsiz kislotalar qoldig'idan hosil bo'lgan $ tuzlarning nomi -id qo'shimchasi qo'shish bilan hosil qilinadi. Ц Agar metall o'zgaruvchan valentlikka ega bo'lsa, uning valentligi | ham ko'rsatiladi.
Na2S — natriy sulfid;
KC1 — kaliy xlorid;
FeСl2 — temir-(II) xlorid;
FeCl3 — temir-(III) xlorid;
CuS — mis-(II) sulfid;
Cu2S — mis-(I) sulfid
Tarkibida kislorodii kislota qoldig'i bo'lgan tuzlami nomlashda kislotalar nomidagi -//, -at qo'shimchalaridan ham foydalaniladi. Masalan,
Na2SO3 — natriy sulfit;
Na2SO4 — natriy sulfat;
KNO2 — kaliy nitrit;
KNO3 — kaliy nitrat
Do'stlaringiz bilan baham: |