Kiska mazmunda patofiziologiya predmeti, patofiziologiya kanday savollarni yechishi (nozologiya, etiologiya, patogenez, sanogenez, tipik patofiziologik jarayonlar xakida gapirib utish kerak).
Kiska mazmunda patologik jarayonlarni chakiruvchi etiologik omillar (mexanik, biologik, kimyoviy,fizik, alimentar, psixik) ni sanab utishi kerak. Undan keyin fizik omillardan biri bo‘lgan elektr tokining organizmga ta’sirini urganishga utiladi.
Elektrotravma. Texnika xavfeizligi yoki odamdagi ximoya vositalari butunligining buzilishi natijasida elektrotravma kelib chiqishi mumkin. Boshka xar kanday etiologik omil ta’sir kilganidagi kabi elektr toki organizmga ta’sir etganda kelib chikkan elektrotravma elektr tokining uziga xos xususiyatlari va organizm xususiyatlariga bog‘lik.
1. Etiologik omilning (elektr tokining) xususiyatlari
a) Tokning kuchi. Om qonuni buyicha tokning kuchi uning kuchlanish (V) va to‘qima karshiligi (R) ga bog‘likdir. Shuning uchun, agar to‘qima karshiligi kancha past bulsa, ta’sir etuvchi tokning kuchi shuncha katta bulib, elektr tokning organizmga ta’siri shuncha kuchli buladi.
5-8 mA kuchli tok - yengil og‘riq va tirishish chakirsa, 13-17 mA - kuchli og‘riq chakiradi va kulni elektr toki tarmogidan olish mumkin emas. 100 mA esa, agar uning tarkalish yulida bosh miya va yurak bulsa, ulimga olib kelishi mumkin.
b) Kuchlanishi. Soglom odam uchun 16-20 voltli tok xavfli emas, ammo organizm xolsizlangan va
teri koplamasini karshiligi pasaygan bulsa, shu past kuchlanishdagi tok ulimga olib kelishi mumkin.
v)Tebranish davri va tok xarakteri (uzgaruvchan va uzgarmas). Uzgaruvchan tokxavflirok, chunki
unga nisbatan karshilik kam va u 20 dan 200 gs tebranishga ega. 40-60 Gs li tok (shaxar tarmogi 50 Gs)
xavflirokdir. Yukori tebranishli toklar (UVCH, Tesl toki) xatto yukori kuchlanishda xam ulimga olib
kelmaydi va shuning uchun, tibbiyotda davolash maksadida kullaniladi. Bu uning issiklik ta’siri bilan
bog‘lik. Yukori tebranishli maydon oksil almshinuvini va fagotsitozni kuchaytiradi. Shuni esda saklash
lozimki, 500 voltgacha uzgaruvchan, 500 voltdan yukorida esa uzgarmas tok ayniksa, xavflidir.
g)Elektrotravma xarakteri fakat tokning kuchi, kuchlanishi va to‘qima karshiligi darajasiga
bog‘lik bulmay, uning ta’sir etish vakti va organizmda tarkalish yullariga bog‘lik. Xayvonlardagi
tajribalardan ma’lumki, tok ta’sir etish vakti kupayish bilan uning zararli ta’siri ortib boradi.
Mas, yukori kuchlanishli va va kuchi yukori bo‘lgan tok 0,01 sek. dan kam vakt ta’sir etsa, u ulimga olib
kelishi mumkin. Shu bilan birga, past kuchlanishli tok organizm karshiligi pasayganda uzok vakt
ta’sir etea, ulimga olib kelishi mumkin.
Elektr tokining ta’sir etish vakti bilan birga uning ta’sir etish joyi va organizm buyicha tarkalishi xam axamiyatga ega, ya’ni u xayot uchun muxim a’zolar (bosh miya, yurak) orkali utsa, ulim past kuchlanishda xam kelib chiqishi mumkin.
2. Organizm xususiyatlari.
a) Karshilik. Odam to‘qimalari karshiligi ming va millionlab Om bilan ulchanadi va juda keng diapozonda uzgaradi.
Terining xar xil bulaklari karshiligi 10.000 dan 2000.000 Omgacha bo‘lishi mumkin. Ichki a’zolarning karshiligi ancha past - 100-30.000 Om. Suyak va nerv to‘qimasi ancha karshilikka ega.
Odam tanasi karshiligi keskin uzgarib turadi va u teri namlanishi darajasi (terlash xisobi) ga u esa innervatsiya va qon aylanish xolatiga bog‘lik.
b) Organizm xolati. Elektrotravma paytida organizmning dastlabki xolati katta rol uynaydi. Charchoklik, yuklamaning ortib ketishi, sovkotish, isib ketish, qon yukotish, psixik jaroxat va b. salbiy ta’sirlar organizmni elektr tokiga sezuvchanligini oshiradi.
Elektr tokining umumiy va maxalliy ta’siri tafovut kilinadi.
1.Maxalliy. a) elektr energiyasi organizm to‘qimalaridan utganda issiklik energiyasiga aylanadi. Bunda tok kirgan va chikkan joylarda xarorat yukori darajada kutarilib, kuyish kelib chikadi; b) Elektr tokining elektromexanik ta’siri ikki xil yul orkali yuzaga chiqishi mumkin: elektr energiyasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri mexanik energiyasiga aylanishi (mushaklar kiskarishi natijasida suyaklar sinishi va xosil bo‘lgan bug ta’siri (jaroxat paydo bo‘lishi, kuyish, kumirga aylanish).
2.Umumiy ta’siri. Elektr tokining ta’sir etish joyi va tarkalish yullariga bog‘lik va barcha tizimlar faoliyatining buzilishiga olib keladi: birinchi navbatda nerv va mushak tizimining -reflektor faoliyatning keskin sunishi, sillik va kundalang-targil mushaklar spazmi. Sillik mushaklar spazmi natijasida nafas olishning tuxtashi (nafas mushaklari, laringospazm, bronxiolalar spazmi) va yurak faoliyatining sistolada tuxtashi kuzatiladi.
Nafas olishning tuxtashi elektr tokining to‘g‘ridan-to‘g‘ri nafas markaziga ta’siri (nafas markazi paralichi) dan xam kelib chiqishi mumkin. Elektr tokining ta’siri qon tomiri tonusini boshkaradigan markaz faoliyat buzilishi xam olib kelishi mumkin (kuzgalish xolatidan to paralichgacha). Agar bir paytda bronx mushaklari spazmi va yurak ishi tuxtasa, ulim birdan kelib chikadi.
Yurak ishining tuxtashi elektr toki ta’sirida adashgan nerv kuzgalishi bilan bog‘lik. Agar,
oldindan atropinizatsiya kilinsa, yurak tuxtashining oldini olish mumkin. Bronxlar spazm bulib, yurak
ishi tuxtamagan bulsa,ulim xam tafovut kilinadi.
Uzok vakt kelib chikadigan asoratlar: retinit, katarakta, nerv sistemasi falaji, oshkozon-ichak tizimi, buyrak faoliyatining buzilishlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |