Qizlar: Harakatchan, doim o’z fikrlari, g’oyalari bilan yuradi. Ma’naviy yetuk, falsafa va siyosatni xush ko’radigan, san’atkor va ijodkor kishilar bilan suhbat qurishni sevadi. Ko’p aql o’rgatadi va bilimini namoyish etishga ko’p harakat qiladi. Galereya, teatr, tadbir va kechalarni juda yaxshi ko’radi. Iloji boricha birortasini ham qoldirmasa. Romantik qalb sohibasi , shuning uchun yoridan go’zal gullar, antiqa uchrashuvlar, sovg’alar va she’rlar kutadi. O’ziga yaxshi e’tibor beradi. Manmanlik, xudbinlik kabi hislatlardan nafratlanadi. Tez-tez do’stlar davrasida bo’lish, intelektual suhbatlardan bahramand bo’lish u uchun suvdek zarur. Erkinlikni afzal ko’radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |