ONA TILI VA ADABIYOT – 102
1. Berilganlardan urg`u oxirgi bo`g`inga tushmaydigan so`zlar ajratib ko`rsatilgan javobni belgilang.
1) gazeta 2) traktor 3) o`rikzor 4) paxtakor 5) respublika
A) 1,2,5 B) 2,3,4,5 C) 2,3,5 D) 1,2,3,4
2. Qaysi gap tarkibida imloviy jihatdan xato yozilgan so`z uchraydi?
A) Sarvar juda qo`rqib ketganidan voqeaning tafsilotini unga birma-bir gapirib berdi.
B) Har doim onam tayyorlagan shirin-shirin taomlarni tanavvul qilish xush yoqadi.
C) Universitet faoliyati to`g`risidagi tashviqot ishlarini olib borishda faol qatnashdik.
D) Bugungi ko`rik-tanlovda qatnashish uchun litsey tomonidan uchta o`quvchi tavsiya etilgan.