█████████████
(1701717)
Bolujistondan to Amudaryogacha bo'lgan hududlar
C) O'zbekistonning janubi, Eronning shimoli sharqiy qismi hamda Janubiy
Turkmanistondan to Amudaryogacha bo'lgan hududlar
D) Afg'onistonning shimoliy, Eronning shimoli sharqiy qismi hamda
Hindiston to Amudaryogacha bo'lgan hududlar
45. Eftallar davlati hududini aniqlang.
A) Shimoliy Hindiston, O'rta Osiyo, Sharqiy Eron va Sharqiy
Turkistongacha bo'lgan hududlar
B) Shimoliy Hindiston, Pokiston, Sharqiy Eron va Sharqiy Turkistongacha
bo'lgan hududlar
C) Shimoliy Hindiston, O'rta Osiyo, Sharqiy Eron, Pokiston va Sharqiy
Turkistongacha bo'lgan hududlar
D) O'rta Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston va Bolujistongacha
bo'lgan hududlar
46. Xorazm davlati VI asrning 60 - yillarida Vizantiya va turklar bilan
diplomatik aloqalar olib borganligi to'g'risida ma'lumotlar qoldirilgan
tarixchini aniqlang.
A) Menandr B) Beruniy C) Pliniy D) Narshaxiy
47. Birinchi jahon urushidan keyin Buyuk Britaniya tomonidan Hindistondagi
"anarxizm va inqilobiy chiqishlarga qarshi" qanday qonun qabul qilingan?
A) "Sagyatraxi"
B) "Armiya kaltagi"
C) "Mustamlaka to'g'risida"
D) "Rouletta"
48. ANZYUS harbiy siyosiy bloki tuzilganda uning tarkibiga qaysi davlatlar
kirgan?
1) Avstraliya; 2) Pokiston; 3) Fransiya; 4) Yangi Zelandiya; 5) Buyuk
Britaniya; 6) AQSH
A) 2, 3, 4 B) 2, 5, 6 C) 4, 5, 6 D) 1, 4, 6
49. 1934-yildan Fransiyaning qaysi partiyalari "Harakat birligi to'g'risidagi
pakt"ni imzolagan?
A) Milliy respublikachi va Respublikachi-demokratik partiyalar
B) Radikal va Sotsialistik partiyalar
C) Sotsialistik va Kommunistik partiyalar
D) Demokratik va Kommunistik partiyalar
50. Tunisning birinchi prezidentini aniqlang.
A) Ben Ali B) M.Budiar C) M.Marzuki D) X.Burg'iba
51. Meksikada milliy islohotchilik hukumati amalga oshirgan o'zgarishlar to'g'ri
berilgan javobni belgilang.
1) sanoatning qator tarmoqlari milliylashtirildi; 2) xususiy sektorga e'tibor
kuchaydi; 3) nafaqa to'lovlari joriy etildi; 4) davlat sektori kengayib bordi; 5)
davlat yerlari hisobidan dehqon yer bilan ta'minlandi; 6) qishloq xo'jaligi
rivojlandi
A) 2, 4, 5 B) 1, 2, 5 C) 2, 3, 6 D) 1, 4, 6
52. Ichan qal'a Butunjahon yodgorliklari ro'yxatiga kiritilgan yilda…
A) O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi
B) "O'zbekiston SSRning davlat tili haqida"gi qonun qabul qilindi
C) O'zbekistonda Prezidentlik lavozimi ta'sis etildi
D) O'zbekiston Respublikasi mustaqilligi e'lon qilindi
53. O'zbekiston Respublikasida Konstitutsiya, inson va fuqaro huquqlari va
erkinliklarining kafili…
A) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
B) Oliy Majlis
C) Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili
D) Milliy Xavfsizlik Xizmati
54. 1990-yil 30-martda tuzilgan O'zbekiston Respublikasi Ijroiya hokimiyati
tarkibi necha kishidan iborat bo'lgan?
A) 41 kishidan B) 34 kishidan C) 36 kishidan D) 43 kishidan
55. Turkistonda ishchi va soldat deputatlarining soveti tashkil etilgan yilni
aniqlang.
A) 1920-y. B) 1919-y. C) 1917-y. D) 1918-y
56. Milliy hududiy chegaralash natijasida O'zbekiston SSR tuzilganida uning
tarkibiga Buxoro respublikasining nechta viloyati kiritilgan edi?
A) 23 ta B) 7 ta C) 9 ta D) 8 ta
57. Turkistonda milliy muxtoriyat tuzish, mahalliy milliy tashkilotlarni
birlashtirib, ular negizida yagona "Ittifoqi Muslimin" siyosiy partiyasini
tuzish g'oyasi ilgari surilgan qurultoyni aniqlang.
A) Butunrossiya musulmonlari vakillarining I qurultoyi
B) Butunrossiya musulmonlari vakillarining II qurultoyi
C) Umumturkiston musulmonlari vakillarining II qurultoyi
D) Umumturkiston musulmonlari vakillarining I qurultoyi
58. Quyidagi qaysi davlat Paragvay va Chili davlatlari mustaqillikka erishgan
yillar oralig'ida o'z mustaqilligiga erishgan?
A) Kuba B) Argentina C) Venesuela D) Meksika
59. Quyidagi javoblar orasidan to'g'risini toping.
A) XVII asr boshlarida Angliya savdo kompaniyalari Erondan
Yaponiyagacha, Shvetsariyadan Afrikagacha bo'lgan juda katta hududlarni
o'z ta'siriga olgan
B) XVII asrga kelib manfaktura ishlab chiqarish Gollandiyada xo'jalikning
asosiy shakliga aylandi, Fransiyada esa rivojlanish bosqichiga kirdi
C) XVI asrdan boshlab G'arbiy Yevropada usti yopiq bozorlar qurilishi keng
avj oldi
D) XVI-XVII asrlarda G'arbiy Yevropada butun aholisining katta qismini
savdogarlar tashkil etardi
60. Angliya kimning xukmronligi davrida reformatsiya boshlandi?
A) Yelizaveta B) Genrix VII C) Genrix VIII D) Mariya
61. Buxoro xoni Subhonqulixon qo'shinlari Anushaxon boshliq Xiva
qo'shinlarini qaysi jangda tor-mor etdi?
A) 1685-yildagi G'ijduvon yaqinidagi jangda
B) 1672-yildagi Karmana yaqinidagi jangda
C) 1665-yilda Samarqand yaqinidagi jangda
D) 1668-yildagi Maymana yaqinidagi jangda
62. Buxoro xonligida (amirligida) shayboniylar va mang'itlar sulolasi davrida
bosh vazir vazifasini bajargan amaldorlarni belgilang.
1) devonbegi; 2) mushrif; 3) qo'shbegi; 4) naqib; 5) mehtar; 6) otaliq
A) 4, 5 B) 1, 6 C) 2, 6 D) 1, 3
63. XIX asr Buxoro amirligida yashab, ijod qilgan Muhammad Ya'qub ibn
Doniyolbiy Buxoriy qalamiga mansub asar nomini belgilang.
A) "Fathnomayi sultoniy" B) "Axloqi muhsiniy" C) "Yilnomalar
to'plami" D) "Gulshan ul-mulk"
64. Shayboniylar davrida xon farmonlarini, rasmiy hujjatlarga ma'sul shaxslarga,
ijrochilarga yetkazish bilan qaysi lavozim egasi shug'ullangan?
A) parvonachi B) eshik og'aboshi C) otaliq D) xon yasovuli
65. Ma'lumki, XX asr boshlarida Turkistonda bir qator jadid ziyolilarining butun
bir avlodi o'lkaning ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyotiga katta hissa qo'shganlar.
Shunday ziyolilar bo'lgan Saidahmad Siddiqiy-Ajziy qaysi shaharda faoliyat
ko'rsatgan?
A) Farg'ona B) Samarqand C) Buxoro D) Toshkent
66. Qal'a yoki tumandagi barcha qo'shinlar boshlig'i ma'nosini anglatuvchi
atamani belgilang.
A) komendant B) komissar C)
Do'stlaringiz bilan baham: |