Kiruvchilar uchun savollar kitobi abituriyent



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana22.07.2021
Hajmi0,59 Mb.
#126033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 5231206485047902650

 

 

█████████████

 (1701717) 

 

 

 

21.  Bo’lishsizlik shakli  orqali  tasdiq  ma’nosi  ifodalangan  gapni  aniqlang. 

A) Oyqizning  yuzlari  qizarib  ketdi, uyalganidan  boshini  quyi   solib, 



indamay  qoldi. 

B) Sizlar boyligingizga, kuch-quvvatingizga  mag’rur  bo’lib, aysh-ishrat  



bilan  mashg’ulsiz. 

C) Ha, men  u  odamni  baholaganimda  yanglishmadim, to’g’ri  so’zladim. 

D) Yomonga  yondoshgan  yiqilmay  qolmas, oxiri  chuqurga  tiqilmay  

qolmas. 

 

22.  Berilgan she'riy parchada asos va ikkita munosabat shakliga ega bo'lgan 

ismlarga mansub so'zlar necha o'rinda qo'llangan?  

Bilmam, nima edi maqsading,  

Menga bir juft guling asrading,  

Birin otin Kumush atading,  

Birin otin Zaynab qo'yding-ku. 

A) 8    B) 6    C) 5    D) 7 

 

23.  Quyidagilar orasidan so'z yasovchi va shakl yashovchi sifatida o'zaro 

omonim bo'la oladigan qo'shimchalari ko'rsating.  

1) -siz, 2) -ona, 3) -lab, 4) -larcha, 5) -xon, 6) be- 

A) 1, 3, 4, 5    B) 1, 2, 5    C) 1, 2, 3, 5    D) 1, 2, 3, 4, 5, 6 

 

24.  Atamashunoslik so'zida nechanchi ko'makchi morfemalar bir turkumdan 

boshqa so'z turkumini yasashga xizmat qilgan? 

A) 1- va 2-ko'makchi morfemalar 

B) 2- va 3-ko'makchi morfemalar 

C) faqat 3-ko'makchi morfema 

D) 3- va 4-ko'makchi morfemalar 

 

25.  Onasining vafot etishi, otasining falaj bo'lib qolishi sababli kosiblik bilan 

ro'zg'or tebratishga majbur bo'lgan ijodkorni aniqlang. 

A) Zavqiy    B) Avaz O'tar    C) Maxtumquli    D) Muqimiy 

 

26.  "Ho' ena! Aslo g'am yema! Shu o'gillaringning menda haqi ko'p. Sening 

tuzingni men ko'p yeganman. Katta o'g'ling meni ko'p parvarish qilar edi. 

Endi shuning arvohi uchun ertaga maydonga kiraman…"  

"Ravshan" dostonidagi ushbu so'zlar qaysi qahramonga tegishli? 

A) Jaynoq kal    B) Ersak kal    C) Aynoq kal    D) Tersak kal 

 

27.  Alisher Navoiy "Xamsa"sining qaysi adabiy qahramoni "g'ayratidin tutmam 

otin" deya yorini hatto tilida aytishga rashk qilishini aytadi? 

A) Farhod    B) Suhayl    C) Majnun    D) Bahrom 

 

28.  Quyida  berilganlardan  qaysilari  she’riyatning  “raqs  qo’shig’i”  ma’nosini  

anglatuvchi  janrida  yozilgan?  

1) “Mardlik  afsonasi” (Shuhrat);  

2) “Mardlik  cho’qqisi”(A.Muxtor);  

3)”Uch  qiz  afsonasi” (Shuhrat);  

4) “Qullar  kemasi” (H.Hayne);  

5) “Samarqand  afsonasi” (T.To’la) 

A) 3, 4 ,5    B) 2,  3, 4    C) 1, 3, 5    D) 1, 3, 4 

 

29.  Qaysi ijodkor she'rlaridan birida o'zini "kuyib o'rtangan elning xoki, nazm 

elining choloki, xonning boshining pokidurman" deya ta'rif beradi? 

A) Avaz O'tar    B) Turdi    C) Zavqiy    D) Muqumiy 

 

30.  “Mahalladagi  yigitlarning  bari  ma’lum. Yurish – turishi, ko’ksidagi  dardi, 

diliga  tukkan  ginasi – oynaday  ravshan. Bilish  mening  ishim-da. 

Birovning  moli  yo’qolsa, o’g’risi  bir  yoqda  qolib, to’g’risini  

yoqalaymanmi?..”  

Qaysi  qahramon  o’zi  aytgan  shu  gaplarning  aksini  qo’llagan? 

A) Akbarali  mingboshi   (Cho’lponning  ―Kecha  va  kunduz‖ romanidan) 

B) Rahmonxo’ja  ellikboshi  (G’ofur  G’ulomning  ―Mening  o’g’rigina  

bolam‖  hikoyasidan) 

C) Olimxon  ellikboshi  (Oybekning  ―Qutlug’  qon‖  romanidan) 

D) Qobil  boboning  qo’shnisi  (Abdulla  Qahhorning  ―O’g’ri‖  

hikoyasidan) 

 

31.  Qaysi asar turkiy tildagi ilk badiiy doston sanaladi? 

A) "Muhabbatnoma"    B) "Qutadg'u bilig"    C) "Devonu lug'otit-turk"    D) 

"Qissasi Rabg'uziy" 

 

32.  Berilgan tarixiy asarlardan qaysi biri Ogahiy qalamiga mansub emas? 

A) "Zubdat ut-tavorix"    B) "Gulshani davlat"    C) "Ravzat us-safo"    D) 

"Riyoz ud-davla" 

 

33.  Komil Xorazmiy hayoti va ijodiga tegishli ma'lumotni belgilang. 

A) Adabiyotimiz tarixida juda kam uchraydigan musoviyattarafayn shaklida 

she'r yozgan. 

B) Sharq musiqasining yozuvdagi ifodasi uchun "Tanbur chizig'i" deb nom 



olgan notalar tizimini kashf qilgan. 

C) Uning "Sabog'a xitob" she'ri Istambulda yozilgan. 

D) Otasi Akmal taxallusi bilan she'rlar yozgan. 

 

34.  Hasbi hol yo'nalishidagi quyidagi misralar qaysi shoira qalamiga mansub?  

Yigirma yil maktab ochdim qizlara,  

Hirsim baland bo'ldi doyim ash'ora.  

O'zum bitdim mingdin ortuq g'azalni,  

Zikr etib o'tdim oxir azalni. 

A) Dilshodi Barno    B) Nodira    C) Anbar Otin    D) Jahon Otin Uvaysiy 

 

35.  “Dunyoda  kim  yomonlik  ko’rmagan  deysiz? Umidsizlik – bu  

g’ayratsizlikdir. Dunyoda   hech  muqim  narsa  yo’q, shuningdek, yomonlik  

ham  mudom  bo’lmaydi. Axir , qori  qalin  qahraton  qish  ketidan  ko’k  

maysali, tiniq suvli  yoz  kelmasmu?”  

Ushbu  ibratli  fikrlar  keltirilgan  asar  nomi  va  muallifini toping. 

A) ―Hiybat  ul – haqoyiq‖, Ahmad  Yuknakiy 

B) ―Devonu  lug’ot  it –turk‖, Mahmud  Koshg’ariy 

C) ‖Nasihatlar‖, Abay 

D) ‖Qutadg’u  bilig‖, Yusuf  Xos Hojib 

 

36.  Tardi aks  san’ati  qo’llangan  bayt  berilgan  javobni  belgilang. 

A) Buki  aning  ahd-u  paymonida  men  o’lsam  dag’i, Yaxshi  fursat  



topsang, ul  bad  ahd-u  pa’monimga  ayt. 

B) Buki  qilmishmen  jahon-u jonni  uning  sadqasi, Yuz  tuman  jon-u  



jahondin  yaxshi  jonimg’a  ayt. 

C) Buki  aning  zulfi  zunnorida  denim  hosili, Kufr  ila  bo’lmish  



mubaddal, nomusulmonimg’a  ayt. 

D) Buki  yuz  jon  sadqasi  qilsam  pushaymon  bo’lmag’um, Vaslig’a  bir  



va’da  qilg’andin  pushaymonimg’a  ayt. 

 


Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish