Maple 9.5 Windows, VMS, Unix, Linux kabi operatsion muhitlarda joriy qilingan;
Windows operatsion tizimidagi MS Office ning turdosh tizimlari uchun integrallashgan muhitga ega;
Barcha bajariladigan ishlari ishchi varaq sifatida tashkil qilinib, muloqot interaktiv rejimda amalga oshiriladi;
C++, Fortran muhitlarida yaratilgan dasturlarga bevosita murojaat qilish mumkin;
Exel 2003 muhitida turib Maple 9.5 ning grafikaga doir paketlariga murojaat qilish mumkin (Exel muhitida grafik chizish uchun funksiyaning qiymatlar jadvalini tuzish kerak);
Ishchi varaqlarni RTF Word, LaTex, HTML formatlariga ótkazib saqlash mumkin;
Maple 9.5 muhitida «ob’yektlar» hosil qilish mumkin;
Maple 9.5 dasturidagi xatoliklarni bartaraf qilish uchun Java imkoniyatlaridan foydalanish mumkin;
Maple 9.5 panelida yaratilgan dasturlardan elektron jadvallarga murojaat qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |