Shaharlarning o`z-o`zini boshqaruvi. Mustaqillikka erishgan shaharliklar boshqaruv ishlarini o`z qo`llariga oldilar. Shahar o`z sudi, xazinasi va qo`shiniga ega bo`ldi. Shaharlar tepasida shaharliklar saylab qo`yadigan shahar kengashi bo`lgan. Fransiya va Angliyada shahar kengashining boshlig`i mer deb atalardi. Xazina, qo`shin kengash ixtiyorida edi.
Shaharlarning mustaqillik uchun kurashi oqibatida shaharliklar feodallarga qaramlikdan qutuldilar. o`z xo`jayinidan qochib ketgan dehqon shaharga kelib bir yilu bir kun tura olsa, erkin hisoblanardi.
Shaharlar feodallar hukmronligidan ozod bo`lgandan keyin yana-da tezroq o`sa boshladi. Shaharga qishloqlardan qochib keluvchilar ko`paya bordi. Ular o`z mehnatlari bilan shaharlar boyligini orttirardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |