Saksoniyaliklar sulolasi hukmronligi. 919- yilda Germaniya feodallari Saksoniya gersogi Genrix I ni qirollik taxtiga o`tqazganlar. Shu tariqa Germaniyada saksoniyaliklar sulolasi hukmronligi davri boshlangan.
Genrix I hukmronligi davrida qirol hokimiyati kuchaydi. Bunga uzluksiz istilochilik urushlari olib borilganligi sabab bo`ldi. Bu urushlar feodallarni o`z kuchlarini birlashtirishga majbur etardi. Qirol feodallar uchun qo`shin sarkardasi sifatida zarur edi. Bu hol ularni istasa-istamasa qirol hokimiyatiga bo`ysunishga majbur etardi.
Qolaversa, Germaniyada qirol hokimiyati ko`p sonli, uyushgan ritsarlarga tayanardi. Genrix I ning bosqinchilik urushlari natijasida qirollik hududlari yanada kengaygan.
Do'stlaringiz bilan baham: |