Min sulolasi hukmronligining o`rnatilishi. 1351- yilda Xitoyda mo`g`ullar zulmiga qarshi qo`zg`olon ko`tarilgan. Qo`zg`olonchilarning asosiy qismini dehqonlar tashkil etgan. Bu qo`zg`olon tarixga „qizil peshanabog`liklar" nomi bilan kirgan. Qo`zg`olonga rohib Chju Yuan-Chjan rahbarlik qilgan. Qo`zg`olonchilar 1368- yilda Pekin shahrini ishg`ol qilganlar. Qo`zg`olon natijasida mo`g`ullar sulolasi hukmronligi barham topgan. Chju Yuan-Chjan imperator deb eion qilingan. U Xitoy tarixida min sulolasi deb atalgan sulola hukmronligiga asos solgan. Minlar 1644- yilgacha hukmronlik qilganlar.