O`rta asrlarning dastlabki buyuk gumanistlari. Ulug` gumanist siymolardan biri Dante edi (1265 - 1321). U Italiyaning Florensiya shahrida tug`ilgan, „Ilohiy komediya" asari italyan millatining orzu-armonlarini ifodalagan. „Ilohiy komediya"da dunyoning mashhur allomalari qatori Ibn Sino tilga olingan. Massa-getlar malikasi, buyuk momomiz To`maris qahramonligi ham tasvir-langan.
Yana bir mashhur gumanist RBiondo (1388 - 1463) edi. U „Rim imperiyasining qulashidan boshlanadigan tarix" asarini yozgan. Bu asar ming yillik (410 - 1410) tarixni o`z ichiga oladi. Muallif o`z asarida o`rta asrlarning XV asrdan keyingi bosqichini yangi tarixning alohida davri deb ta'kidlagan edi. Asarning eng qimmatli tomoni ana shundadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |