Yevropaliklarning kirib kela boshlashi. XV asr oxirlaridan boshlab janubi-g`arbiy Hindistonga yevropaliklarning kirib kelishi boshlangan. 1498-yilda portugaliyalik sayyoh Vasko da Gama eskadrasi Kalikut shahriga kelib tushgan.
Portugallar qisqa muddat ichida Hindistonning g`arbiy va janubiy qirg`oqlarida bir qancha joylarni egallaganlar. Ular tez orada Hind okeani, Fors qo`ltig`i va Qizil dengizda hukmron bo`lib olib, dengiz qaroqchiligi bilan shug`ullanganlar. Keyingi asrlarda gollandlar va inglizlar ham kirib kela boshlaganlar. Shu tariqa Hindistonning bosqichma-bosqich yevropaliklar asoratiga tushish jarayoni boshlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |