O`zbekisnon Respublikasining Davlat bayrog`i. - O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i mustaqil mamlakatimiz ramzlaridan biri hisoblanadi. Davlat bayrog'i o'zining milliyligi, mustaqilligi bilan mamlakatimiz tabiati, tarixi, qudrati va eng yaxshi an'analarini jahonga namoyon qiladi. Davlat bayrog'i mamlakatimiz xalqlarini o'z atrofiga to'playdi. Ularni jipslashtirib, ulkan millatga aylantiradi. Davlat bayrog'i mamlakatimiz xalqlarining shodiyona paytlarida ham, qiyinchiliklarni yengib o’tishida ham butun jamiyatning ruhiy kuchlarini birlashtirishga yordam beradi.
- O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o'tkazilgan VII sessiyasida 1991-yil 18- noyabr kuni tasdiqlangan.
- 1. Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks e’rtgan mangu osmon va obi hayot ramzidir. Timsollar tlilida bu — yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog'ining rangi ham moviy edi.
- 2. Bayroqdagi oq rang — muqaddas tinchlik ramzi bo'lib, u kun charog'onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg'unlashib ketadi. Oq rang poklik, beg'uborlik, soflikni, orzu va xayollar tozaligi, ichki go'zallikka intilishning timsolidir.
- 3. Yashil rang — tabiatning yangilanish ramzi. U ko'pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodmonlik timsoli hisoblanadi.
- 4. Qizil chiziqlar vujudimizda jo'shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir.
- 5. Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an'analarimiz bilan bog'liq. Ayni paytda qo'lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzidir.
- 6. Yulduzlar barcha xalqlar uchun tuhiy, Ilohiy timsol sanalgan. O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'idagi 12 ta yulduz tasviri ham tarixiy an'analarimiz, qadimgi quyosh yilnomamizga bevosita
- aloqadordir.
Ўзбекистон Республикасиниг Давлат герби - O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida 1992- yil 3-iyul kuni tasdiqlandi.
- O'zbekiston respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda o'ng tomonidan bug'doy boshoqlari, so'l tomonidan ochilgan
- paxta chanoqlari surati tushirilgan chambardan iboratdir. Gerbning yuqori qismida Respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvir1angan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug' ramzidir. Gerb markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli bo'lgan Afsonaviy Xumo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo'lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi. Gerbning pastki qismidagi Respublika Davlat bayrog'ini ifodalovchi uch rangdagi chambar bandiga «O'zbekiston» so'zi bitilgan.Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi qanotlarini yoygan Xumo qushining tasvirlanishi bejiz e’mas. Chunki u qadim-qadimdan baxtga yetaklovchi timsol
- sifatida qadrlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |