Zamonaviy kompyuterlarning asosiy turlari
Kompyuter (elektron hisoblash mashinasi) - hisoblash va axborot masalalarini yechish jarayonida axborotlarga avtomatik ishlov berish uchun mo‘ljallangan texnik vositalarining to'plami. Kompyuterlami qator belgilar bo‘yicha guruhlarga ajratish mumkin, xususan: • ishlash tamoyili; • element asosi; • vazifasi; • o‘lchami va hisoblash quwati vahokazo. Ishlash tamoyili bo‘yicha kompyuterlar (hisoblash mashinalan) ni katta uchta gfiruhga ajratish mumkin (1.1-rasm): analogli (uzluksiz), raqamli va aralash (gibrid).
Raqamli hisoblash mashinasi (RHM) yoki kompyuter, diskret ko‘rinishda ifodalangan, aniqrog‘i raqamli shaklda ifodalangan axborot bilan ishlaydi.
Analog hisoblash mashinalan uzluksiz shakldagi, ya’ni qandaydir fizik kattalikdagi uzuluksiz qatorga ega bo‘Igan qiymatlar ko‘- rinishidagi (ko‘pincha elektr kuchlanishi) axborotlar bilan ishlaydi. AHM juda sodda va foydalanishga qulay, bu mashinada ishlash uchun masalalarni dasturlash uchun odatda ko‘p mehnat talab etilmaydi. Masaiani yechish tezligi operatorning xohishi bo'yicha o'zgarishi mumkin va xohlagancha yuqori tezlikda amalga oshirish mumkin
Yaratitish bosqichi va element asosi bo‘yicha kompyuterlami shartli ravishda avlodlarga bolinadi: 1-avlod, 1950-yillar: elektron vakumli lampalardagi EHM; 2-avlod, 1960-yillar; diskret yarim o‘tkazgichli asboblardagi EHM (tranzistorlardagi); 3-avlod, 1970-yiIlar; yarimo‘tkazgichli kichik va o'rta integral sxemalardagi kompyuterlar (bitta g‘ilof ichida yuzlab - minglab tranzistorlar joylashtirilgan). Integral sxema - maxsus vazifalar uchun mo'ljallangan elektron sxema, u yaxlit yarimo‘tkazgichli kristall sifatida bajarilgan bo‘lib, o'zida katta sondagi aktiv elementlarni (diod va tranzistorlami) birlashtiradi; 4-avlod, 1980-90-yillar; katta va juda katta integral sxemalardagi kompyuterlar, ulaming asosi - mikroprotsessorlardir (bitta kristalda o‘n mingtalab - millionlab aktiv elementlar mavjud). Katta integral sxemalarda aktiv elementlar shunchalik zich joylashtirilganki, 1- avlod kompyuterining barcha elektron qurilmalari 100 - 150 m2 maydonni egallagan bo‘lsa, hozir 1,5 - 2 sm2 maydonni egallovchi bitta mikroprotsessorga joylashtirilgan, Juda katta integral sxemalardagi aktiv elementlar o‘rtasidagi masofa 0,032 - 0,11 mikronni tashkil etadi (solishtirish uchun, odamning soch tolasining qalinligi bir necha o‘n mikronga teng). 5-avlod, hozirgi vaqt (2010...); bir necha o‘nlab parallel ishlovchi mikroprotsessorlardan tashkil topgan kompyuterlar, ular yordamida bilimlarga ishlov berishning samarali tizimlarini qurishga imkoniyat mavjud; parallel tarkibli juda murakkab mikroprotsessorlarda bajarilgan kompyuterlar bir vaqtning o‘zida dastuming o‘nlab ketmaket ko‘rsatmalarini bajara oladilar. 6-avlod va keyingilari: yalpisiga parallellashtirilgan va neyron tarkibdagi optoelektron kompyuterlar, ularda ko‘p sonli murakkab bo'lmagan mikroprotsessorlaming taqsimlangan tarmog'i bo‘lib, neyronli biologik tizimning modeli kabidir. 8 Kompyuterlarning har bir keyingi avlodi o‘zining oldingi avlodiga nisbatan jiddiy yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo'ladi. Kompyuterlarning unumdorligi va barcha xotirasining sig‘imi odatda bir necha o‘n marotaba ortiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |