Muskahkamlanmagan (yopishtirilmagan) qatlamli plastinkalar quruq sorbentni plastinka yuziga bir xil qalinlikda yotqizilish yo`li bilan tayyorlanadi. Har ikki xil xromatografik qatlamlar bir vaqtda qo`lana boshlandi. Yopishtirilmagan qatlamli plastinkalarning afzalligi shundaki, uni oddiy moslamada tez va oson tayyorlash mumkin. [1]
Yopishtirilgan qatlamli plastinkalar oldindan tayyorlab qo`yish imkoniyati, ehtiyot choralari talab qilmasligi va ularda xromatogrammalarni aniqlash osonligi bilan laboratoriya texnikasining ajralmas qismi bo`lib qoldi. Ularni eng muxim afzalliklari, moddalarni ajratish qobilyatining yuqoriligidir.
Xromatografik sorbentlar Silikagel va alyuminiy oksidi eng universal-turli xildagi birikmalarni ajratish qobiliyatiga ega bo`lgan sorbentlardir. Ular keng tarqalgan, arzon va ajratish qobiliyati kuchlidir. Ushbu sorbentlarni faolligini pH-muxitni, mayda-yirikligini o`zgartirib boshqarish mumkin. Silikagel, shuningdek ajratadigan xromatografiyasida qo`zg`almas fazani saqlovchi sifatida xam qo`llanadi. Silikagelni moddalar sifatini, aniqlash samaradorligi va ba‘zi bir o`zgaruvchan kimyoviy birikmalarni barqarorligini belgilaydi. Masalan: pirozalon xosilalarini ajratishda uni parchalanishi kuzatilishi mumkin, demak namunani start chizig`iga tomizgandan so`ng tezda xromatografiya qilinmagan.
Alyuminiy oksidi ham juda qulay sorbentdir. U har xil faollikka, turli pH-muhitga ega. Alyuminiy oksidini 125o C qizdirilganda, uning λ - shakli olinadi, u ham yaxshi sorbent hisoblanadi.
Bunday alyuminiy oksidida odatdagi firma plastinkalariga nisbatan yana xam sifatli va qayta tahlillarda aniq natijalar olinadi.
Qandlarga o`xshagan ba‘zi bir moddalarni ajratish uchun silikagel va alyuminiy oksidini aralashmasi - alyusil qo`llanadi.
Oxirgi paytda poliamidlar yordamida moddalarni bir-biridan ajratish keng qo`llanilyapti. Poliamidlar ularni olish usuliga qarab har xil ajratish qobiliyatiga ega.
Poliamidli qatlamlarda bog`lovchi sifatida selliyulozadan foydalanish yaxshi natijalar beradi. Sellyulozadan tashqari kraxmal xam bog`lovchi sifatida qo`llanadi. Poliamid, silikagel va kraxmal aralashmasidan ajoyib mexanik xususiyatli plastinkalar olish mumkin.
Poliamid- fenollarni ajratishda qo`l keladi. Sellyuloza qatlamida xromatografiya qilish ham keng qo`llanadi. Bunda qog`oz xromatografiyasida orttirilgan tajribalardan foydalanish mumkin. Qog`oz xromatografiyasidan farqi-yupqa qatlamli xromatografiyaning xamma afzalliklari bu usulga xosligi, usulning tezkorligi, dog`larni diffuziyasi yo`qligi,qatlamni keng hajmga egaligi va aniqlash uslubini yuqori sezgirlikka egaligi bilan belgilanadi. [1]
Do'stlaringiz bilan baham: |