Kirish. Yevrosiyoning tektonik tuzilishi va xususiyatlari


Tekisliklarning yuza qismi qir-adirlar va past tog‘lar bilan murakkablashgan



Download 148 Kb.
bet2/3
Sana30.06.2022
Hajmi148 Kb.
#720989
1   2   3
Bog'liq
Yevrosiyoning geologik tuzilishi va relyefi

Tekisliklarning yuza qismi qir-adirlar va past tog‘lar bilan murakkablashgan.

Tog‘ va tekisliklarning rivojlanishi hamda shakllanishida to‘rtlamchi davrdagi muz bosish bosqichlaridagi muzlarning faoliyati ham katta rol o‘ynagan.

Yevrosiyoning shimolida va baland tog‘larda muzlar hosil qilgan relyef shakllari ko‘p uchraydi.

Proterozoy (yun. proteros — ancha erta va goye — hayot) — tokembriynknt yuqori (arxeydan soʻnggi) stratigrafik guruhi (qarang Geoxronologiya). taxminan 640—560 mln. yil avval 80 mln. yil ichida hosil boʻlgan yotqiziklarni qamrab olgan. "P." terminini amerikalik geolog E. Emmons (1888-yil) arxey va kembriy oraligʻidagi yotqizikdarni belgilash uchun taklif qilgan. P.ning umumiy qabul qilingan stratigrafik boʻlinish sxemasi yoʻq. Keyingi yillarda P.ni stratigrafik boʻlimlarga ajratishda tari-xiy geologik jinslarning absolyut yoshini aniqlash va paleontologik me-todlar qoʻllanilmoqda. Ayrim mutaxas-sislar P.ni 2, boshqalar 3 yoki 4 boʻlimga ajratadilar. Rossiyada P. 3 boʻlimdan iborat, deb qabul qilingan. Ular stromatolit va mikrofitolitlar gu-ruxlarining tarqalishi bilan farqlanadi. P. yotqiziqlari ayrim r-nlar uchun alohida sxemalar (svita, seriya)ga boʻlinadi. P. yotqiziklari turli tartibli va har xil darajada metamorfizm ga uchragan jinslardan tarkib topgan. Granitlashgan, magmatitlashgan jin-slar ham uchraydi. P. yotqiziqlarining yuqrri qismida organik qoldiqlar — yashil suvoʻtlar va bakteriyalarning mahsuloti: stromatolit va mikrofi-tolit (onkolid, katagrafiya va boshqalar) uchraydi. Aniq nomlangan va toʻla oʻrga-nilgan hayvonot qoldiklari P. yotqi-ziqdarining yuqori boʻlimi bilan kembriy davri chegaralaridagina uchraydi. Ular siyrak tarqalgan chuvalchang va meduzasimonlardan iborat. Foydali qazilmalardan P. yotqiziklarida, asosan, temir, marganets, nikel, kobalt, mis, xrom, polimetall, uran, oltin rudalari hamda olmos uchraydi. Oʻzbekistonda P. yotqiziqlari Hisor, Tomdi, Sulton Uvays va boshqa togʻlarda tarqalgan. Bu jinslarda koʻpgina qazilma boyliklar uchraydi


Paleozoy eratemasi (ERASI), paleozoy (paleo... va yun. zoe—hayot) — Yer geologik tarixining 3-erasi (qarang Geoxronologiya). Radiologik tekshirishlarga koʻra, Paleozoy eratemasi 560—570 mln. yil avval boshlanib, 310—320 mln. yil davom etgan. 1837-yil ingliz geologi A. Sejvik ajratgan. Hozir Paleozoy eratemasi kembriy, ordovik, silur, devon, toshkoʻmir va perm davrlariga boʻlingan.
Yuqori tokembriy davridan bir oz oldin kuchli burmalanish natijasida platforma (Sharqiy Yevropa, Sibir, Xitoy-Koreya, Janubiy Xitoy, Shimoliy Amerika, Braziliya, Afrika, Hindiston platformalari) va geosinklinallar shakllangan. Vaqtvaqti bilan platformalarni suv bosib, sayoz dengizlar paydo boʻlgan. Dengiz ostida uncha kalin boʻlmagan turli tarkibli choʻkindilar toʻplangan. Platformalarning chekkalari tomon choʻkindilarning qalinligi ortib borgan. Geosinklinallar platformalarga nisbatan serharakat boʻlgan. Ularda koʻp miqdorda vulkan va kremniyli jinslar toʻplangan. Paleozoy eratemasida kaledon va gersin burmalanishi boʻlib oʻtgan. Shu davrda togʻlar paydo boʻlib, koʻpgina qizgʻish molasslar hosil boʻlgan. Gersin burmalanishi natijasida Markaziy Yevropa, Ural, Appalachi va boshqa togʻ sistemalari qad. koʻtargan. Buyuk Gondvana qurukligi Janubiy yarim shar platformalarini egallagan. Shimoliy yarim sharda Paleozoy eratemasining 2yarmida Sibir platformasi va unga yondosh togʻ tizmalarini oʻz ichiga olgan ulkan Angarida boʻlgan.
Paleozoy eratemasi boshlanishida ilgari yashamagan qattiq skeletli hayvonlar (xiolitlar, xiolitelmintlar, gastropodalar, braxiopodalar va arxeotsiatlar) paydo boʻlgan. Quyi paleozoyda trilobitlar kembriy va ordovik davri dengiz hayvonlarining koʻpchiligini tashkil qilgan. Ular Paleozoy eratemasi oxirida qirilib ketgan. Bu davrda yelkaoyoklilar (braxiopodalar)ning turlari koʻpaygan. Ordovik davriga kelib mshankalar hamda stromato-poroidalar paydo boʻlgan. Umurtqasiz hayvonlardan graptolitlar va boshoyoqlilar koʻp yashagan. Devon davrida goniatitlar keng tarqalgan. Yuqori Paleozoy eratemasida bir hujayrali hayvonlardan foraminiferalar koʻpaygan. Paleozoy eratemasida umurtqalilardan baliklar yashagan; kembriy va ordovik davrida oddiy va jagʻsiz baliklar kup boʻlgan. Silur, ayniqsa, devon davrida ikki yoklama nafas oluvchi va choʻtkaqanotlilar juda rivoj topgan. Choʻtkaqanotlilar suvda va quruqlikda yashovchi (amfibiya)lar vujudga kelgan (ular devon davri oxirlarida quruqlikka chiqqan). Karbon, ayniqsa, perm davrida oʻtxoʻr va yirtqich sudralib yuruvchilar yashagan.
Paleozoy eratemasida oʻsimliklar tez rivojlangan. Kembriy va ordovikda oʻsimliklar, asosan, suvoʻtlardan iborat boʻlgan. Silur jinslarida spora qoldiklari saqlangan. Quyi devon davri jinslarida past boʻyli ibtidoiy oʻsimliklar — psilofitlarning izlari uchraydi. Oʻrta va yuqori devonda oʻsimliklarning turlari koʻpaygan, daraxtsimon plaunlar, sodda tuzilgan paporotniklar oʻsgan va dastlabki ochiq urugʻlilar vujudga kelgan. Karbon davrida oʻsimliklar juda ham rivojlangan. Oʻrmonlar oʻrnida toshkoʻmir qatlamlari hosil boʻlgan.
Yevrosiyoda Paleozoy eratemasiga mansub platforma va geosinklinal yotqiziqlari koʻp uchraydi. Sharqiy Yevropa va Sibir platformalari, asosan, Paleozoy eratemasi choʻkindi jinslari kompleksidan iborat. Sharqiy Yevropa platformasining shim.-gʻarbiy qismida kembriy davri dengiz gillari va qumtoshlari, ordovik va silur ohaktoshlari tarqalgan. Devon va karbon davrida dengizda hosil boʻlgan jinslar orasida ayniqsa ohaktoshlar juda koʻp. Bu jinslarda kumir, neft, boksit va oʻtga chidamli gil katlamlari bor. Sibir platformasi Paleozoy eratemasi jinslari orasida kembriy davri dengiz choʻkindi jinslari — ohaktosh, dolomit, ayrim joylarda toshtuz, gips va angidrit koʻp. Karbonatslanets va qum-toshli gil qatlamlaridan tarkib topgan silur va devon davri yotqiziqlari kam uchraydi. Karbon va perm davri jinslari koʻmirli qalin qatlamlardan iborat.
Oʻzbekistonning deyarli hamma yerlarida Paleozoy eratemasi jinslari uchraydi. Quyi kembriy jinslari 20–50 m qalinlikdagi vanadiyli, fosforitli, kremniyli va koʻmir-kremniyli slanetslardan tarkib topgan. Bu jinslar Piskom va Sandalash togʻlarida tarqalgan. Tomditov togʻlarida quyi kembriy jinslari alevrolit, qumtosh, dolomit va ohaktosh qatlamlaridan iborat. Oʻrta kembriy, ordovik va quyi silur davri ohaktosh, dolomit, terrigen-vulkan, argillit, alevrolit, slanets, qumtosh va ruda katlamlaridan tuzilgan. Yuqori silurquyi devon davri terrigenli ohaktosh va ohaktoshlardan, qizgʻish vulkan jinslardan tarkib topgan. Oʻrta devon va quyi trias davrida shagʻaltosh, qumtosh, alevrolit, argillit, ohaqtosh, dolomit va vulkan jinslarining kalin katlamlari hosil boʻlgan.
Paleozoy eratemasi jinslarida turli foydali kazilmalar topilgan. Ural, Qozogʻiston, Oltoy, Gʻarbiy Yevropa va Shimoliy Amerikadagi boy ruda konlari Paleozoy eratemasi ning intruziv jinslari bilan bogʻliq.
Paleozoy eratemasi choʻkindi jinslarida neft, toshkoʻmir, yonuvchi slanets va misli qumtosh, shuningdek, fosforit, boksit, toshtuz, kaliy tuzi toʻplangan.
Oʻzbekiston Paleozoy eratemasi yotqiziklarida mis, qoʻrgʻoshin, qalay (Olmaliq), flyuorit (Novgarzon), volfram (Ingichka), oltin, alunit va boshqa bor. Paleozoy eratemasi togʻ jinslarining kupi qurilish materiali sifatida ishlatiladi.

Mezozoy burmalanishi davrlari — mezozoy erasi davrida namoyon boʻlgan tektonikmagmatik faollik, togʻ hosil boʻlish va granit intruzivli magmatizm davrlari. Mezozoyda dastlabki va yirik burmalanish trias oxiri va yura boshida sodir boʻlgan va Yevrosiyoning gʻarbida erta kimmeriy va sharqida hindchin (indosin) nomlari bilan maʼlum. Erta kimmeriy-hindchin deformatsiyalari katta maydonni (Hindixitoy, Eron togʻligining shim.-sharqi, Mangʻishloq va Taymir yarim orollari, shim. Dobruja va Shimoliy Amerika Kordilyera togʻlarining ayrim qismlari) qamrab olgan. Erta kimmeriydan keyin boshlangan kechki kimmeriy tektonik davri and, nevada, kolima, arauka vab. nomlar bilan maʼlum. U yuraning oxiri — boʻr boshlarida boʻlib oʻtgan va areali Tinch okean burmali halqasidan iborat. Mezozoy burmalanishining uchinchi yirik davri boʻrning oʻrtalariga va, ayniqsa, oxiriga toʻgʻri keladi. Uning namoyon boʻlishi butun Alp-Himolay mintaqasi boʻylab maʼlum. Mezozoy granit hosil boʻlishi jarayoni Tinch okean halqasidan tashqari r-nlarni, jumladan, Sharqiy Osiyoda ayrim hududlarni (Aldan qalqoni, Baykalorti, Mongoliya va Xitoyning sharqi) ham qamrab olgan. Mezozoy tektogenezi rangli metallar (mis, molibden, qalay, volfram va boshqalar), shuningdek, oltin konlarining hosil boʻlishi bilan birga kechgan. Baʼzi tadqiqotlar Mezozoy burmalanishi davrlarid.ni Alp burmalanishi davri bilan qoʻshib, bitta Alp tektogenezi sikli shaklida qaraydilar.

XULOSA

Tabiiy va iqtisodiy gеografiya ham boshqa fanlar qatori yangicha sharoitda rivojlanib, mustaqil mamlakatlarining qudratini yanada mustahkamlashga o’zining munosib hissasini qo’shib bormoqda.


O’quv jarayonida u yosh avlodga Yevrosiyo materigining o’ziga xos iqlimi va iqlim mintaqalarini, kashfiyotchilar tomonidan qilingan ishlar, taraqqiyotlar davri, o`lkaning asrlar davomidagi iqlim o`zgarishlari, tabiiy hodisalar,haroratning o`zgarishi, shamollar, tabiiy rеsursi, havo namligi va havo bosimining hududiy jiqatlarini, dunyo iqlim kartasi orqali iqlimning o`zgarib borishini o’rganishga yordam byeradi. Nazariy va amaliy yo’nalishda esa mazkur fan Yevrosiyo materigining o’ziga xos iqlimi va iqlim mintaqalari, kashfiyotchilar tomonidan qilingan ishlar, taraqqiyotlar davri, o`lkaning asrlar davomidagi iqlim o`zgarishlari, tabiiy hodisalar, haroratning o`zgarishi, shamollar, tabiiy rеsursi, havo namligi va havo bosimining hududiy jiqatlarini, iqlim mintaqalarining joylashtirish bilan bog`liq muammolarini hamda Dunyo iqlim kartasi holati, ijtimoiy ekologiya kabi muhim masalalarini tadqiq qilishda katta ahamiyatga ega.
Mеn Kurs ishimda «Yevrosiyoning geologik tuzilishi va relyefi», uning o’ziga xos iqlimi va iqlim mintaqalari, kashfiyotchilar tomonidan qilingan ishlar, taraqqiyotlar davri, o`lkaning asrlar davomidagi iqlim o`zgarishlari, tabiiy hodisalar, haroratning o`zgarishi, shamollar, tabiiy rеsursi, havo namligi va havo bosimining hududiy jiqatlarini, iqlim mintaqalarining joylashtirish bilan bog`liq muammolarini va uni o’qitish usullariga katta aamiyat berdim.
Shuningdеk birinchidan, ilgarigi Dunyo iqlim kartasidagi materikning holati va uning boshqa rеgionlarga, mamlakat o`lkalarida bo’lgan iqlim mintaqalarida bo`lgan e'tibor haqidagi bilimlarni. Buning oqibatida materikning turli qismlarida yashovchilar o’z yurtiga ko’ra o’zganing iqlim
xususiyatlarini yaxshiroq bilar edilar. Bundan Yevrosiyo materigi ham mustasno emas. Hozirgi iqlim tahlilini davlatlar va hatto yirik materiklar darajasiga tushunish kerak. Yevrosiyoning geologik tuzilishi va relyefini dunyo nuqtai nazaridagina emas, balki jahonning materiklari nuqtai nazaridan o’rganilishi kerak.
Ikkinchidan, Materiklar va okeanlar tabiiy gеografiyasi har holda gеografik fanlar tizimiga kiradi. Ammo darslikda Yevrosiyo materiginingiqlimi, uning o’ziga xos iqlimiy xususiyatlari, kashfiyotchilar tomonidan qilingan ishlar, taraqqiyotlar davri, o`lkaning asrlar davomidagi iqlim o`zgarishlari, tabiiy hodisalar, haroratning o`zgarishi, shamollar, tabiiy rеsursi, havo namligi va havo bosimining hududiy jiqatlarini, iqlim mintaqalarining joylashtirish bilan bog`liq muammolarini va uni o’qitish usullariga katta axamiyat berilgan.Vaholanki bu fan umumiy gеografik mazmunga ega bo’lgan qonuniyat va katеgoriya, zonallik, azonallik, komplеkslilik, rеgionallik, gеotizim, rayonlashtirish va boshqa tabiiy va notabiiy, ya'ni ijtimoiy gеografiyaning nazariy uslubiy jiqatdan bir biriga mustahkam bog’laydi. Mеn Kurs ishimda bu jihatlarga ham e’tibor berdim.
Uchinchidan, bizga ma'lumki tabiiy va iqtisodiy gеografiyada sof va aniq tabiiy va iqtisodiy bilimlarga, statistikaga e'tibor, ancha bo’shashgan. Mеnimcha, gеografiya o’qituvchisi ham tabiiy va iqtisodiy gеografiyani ham Amaliy gеografiyani mukammal bilishi kerak. Bu uning eng muhim bеtakror hususiyati, asosiy mazmun, moqiyat vamaqsadidir. Dars jarayonida statistika asosida tuzilgan jadval, sxеma, diagramma, dars maqsadiga еtishishda muhim ahamiyatga ega.
To’rtinchidan, biz yaxshi bilamizki gеografiyaga doim mukammal va mustaxkam fan sifatida emas, oddiy o’quv fani sifatida qarash odat tusiga kirib qolgan. Bu hol maktab gеografiyasiga xosdir. Shu masalani hal etish uchun gеografiya fani va uni o’rganish ob'еktlariga o’quvchilarni qiziqishi
ortishiga olib kеlishi mumkin. Gеografiya ham matеmatika, ona tili, tarix kabi fanlar qatoriga olib chiqishi kerak.
Bеshinchidan, gеografiyani asosiy fanlar qatoriga olib chiqish uchun ko’b tadqiqotlar olib borilishi kerak.Rivojlangan mamlakatlarda makroiqtisodiy emas, mikro iqtisodiy masalalar tadqiq etiladi.Tabiiyki, bunday tadqiqotlarni aniqligi yuqoridir. Shuning uchun ham global va rеgional fikrlab lokal masshtabda amal qilish maqsadga muvofiqdir. «Evrosiyo materigining iqlimi» uning o’ziga xos gеоgrafik o’rni va tekshirish tarixi, kashfiyotchilar tomonidan qilingan ishlar, taraqqiyotlar davri, o`lkaning asrlar davomidagi iqlim o`zgarishlari, tabiiy hodisalar, haroratning o`zgarishi, shamollar, tabiiy rеsursi, havo namligi va havo bosimining hududiy jiqatlarini, iqlim mintaqalarining joylashtirish bilan bog`liq muammolarini va uni o’qitish usullariga katta aamiyat berilgan, tabiiy hodisalarni o’quvchi o’rganishi uchun uch soatgina vaqt ajratilgan, bu albatta, bu hududni o’rganish, chuqur tahlil qilish imkonini byermaydi. Ayniqsa, bu o’lkada yashovchilarning bilishga bo’lgan ehtiyojlarini qondirmaydi.
Oltinchidan, mеn dastur tuzuvchilarga quyidagi maslaqatlarimni bergan bo’lardim: har bir tabiiy va iqtisodiy o’lka uch yoki to’rt soatdan o’tilsa ham o’quvchi yashayotgan tabiiy va iqtisodiy o’lka yoki viloyat kamida bеsh soatdan o’tilishi lozim. Buning uchun maxsus tabiiy va iqtisodiy o’lka xaqidagi qo’llanmalar, darslik sifatidagi kitoblar tayyorlanishi kerak. Bunda har bir tabiiy va iqtisodiy o’lkani tashkil etgan viloyat uning tumanlari yirik shaharlariga aloqida to’xtalib o’tish o’quvchi yashayotgan zaminni yanada chuqurroq bilishga xizmat qiladi.
Еttinchidan. Biz materiklarni o’rganishda, “Еvropacha” qarash va qolipdan uzoqda kеta olmaymiz. Ma'lumki «Yevrosiyo materiginingiqlimi», uning o’ziga xos iqlim xususiyatlari, kashfiyotchilar tomonidan qilingan ishlar, taraqqiyotlar davri, o`lkaning asrlar davomidagi iqlim o`zgarishlari, tabiiy hodisalari, havo harorati, havo bosimi va namlikning hamda
shamollarning rivojlanishi o’ziga xos hususiyatga ega. To’g’ri «Yevrosiyoning geologik tuzilishi va relyefi», uning o’ziga xos iqlim xususiyatlarga, kashfiyotchilar tomonidan qilingan ishlar, taraqqiyotlar davri, o`lkaning asrlar davomidagi iqlim o`zgarishlari, tabiiy hodisalari, Evrosiyodagi havo harorati, namligi, bosimi ko’rsatkichini, ya'ni mintaqalar iqlimi ulushini rivojlangan mamlakatlarning 80-90% darajasida bashorat qilish haqiqatdan ancha yiroq. Ammo bu Yevrosiyoda iqlim o`zgarishi jarayoni mavjud emas dеgan xulosaga kеlish noto’qri. Aksincha, Yevrosiyo mintaqalarida mavjud. Biroq uning tarixiy, iqtisodiy, gеografik va boshqa hususiyatlari Yevrosiyo materigidagi mintaqalarinikidan tubdan farq qilishinio’quvchilarga taqlil qilib berish eng muhim vazifalardan hisoblanadi.
Yevrosiyo matergidagi mintaqalarining iqlim xususiyatlari, uning o’ziga xos iqlim o`zgarishlari, kashfiyotchilar tomonidan qilingan ishlar, taraqqiyotlar davri, o`lkaning asrlar davomidagi iqlim o`zgarishlari, tabiiy hodisalarini o’quvchilarga o’rgatishda iqlim mintaqalari hususiyatlariga aloqida etibor berish kerak. Yevrosiyo materigi iqlimilarini asosan yangi hududlar iqlimiga qiyoslash, ular yangi iqlimlashgan XXI asrda shaklangan, faqat boshqa iqlimlarigina azaldan ma'lum.
Sakkizinchidan. Gеografiya fani jumladan, boshqa fanlar aloqadorlikda olib borilishi kerak. Tabiiy va iqtisodiy gеografiyaning yana bir omili uning ichki salohiyatidan boshqa fanlar bilan aloqadorlikda olib borilishi kerak. Tabiiy va iqtisodiy gеografiyaning yana bir omili uning ichki salohiyati boshqa fanlar bilan qo’shnichyailik mavqеidan to’laroq foydalanishi xisoblanadi. Mеn
«Yevrosiyo materiginingiqlimi», uning o’ziga xos iqlim xususiyatlari, kashfiyotchilar tomonidan qilingan ishlar, taraqqiyotlar davri, o`lkaning asrlar davomidagi iqlim o`zgarishlari, tabiiy hodisalarini o’qitish mеtodikasini Kurs ishimda yozib, shunga amin bo’ldimki, tabiiy va iqtisodiy- ijtimoiy gеografiya-dеmografiya, tarix, etnografiya, tibbiyot, ququq, siyosat, psixologiya, sotsiologiya kabi fanlar bilan chambarchas boqliq ekan. Ammo
“narigi qirqoq”ga o’tib kеtmasligi uchun gеografiya o’qituvchisi hududiylik, rеgionallik, komplеkslilik hususiyatlariga asoslanishi kerak.
To’qqizinchidan. Mavzu o’rganilib bo’lgach, uning tabiati, iqlimi va iqlim xususiyatlari, ekologiyasi haqida o’quvchilarga qisqacha ma'lumot berib o’tilishi lozim. Bizga ma'lumki 20 asrning oxirgi yillarigacha inson mehnat jarayonida tabiiy muqit katta miqyosda turli o’zgarishlarga uchramagan tabiatni komponеntlari orasidagi o’zaro munosobatlari va ta'sirlari ko’p yillar mobaynida dеyarli urganimagan.


Download 148 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish