Kirish
Yangi tahrirdagi«Ta'lim to’g’risidagi” Qonun,ta’lim sohasida bo‘layotgan o‘zgarishlar O’zbekistonning istiqbolini taminlovchi asosiy omillardan biri sifatida jahon ommasi tomonidan e’tirof etilmoqda.
Respublikamizda ta’lim muassasalari oldiga o‘quvchi-yoshlarni xalq xo‘jaligining turli sohalarida samarali mehnat qilishga, kasb-hunarlarni ongli ravishda tanlashga tayyorlash bo‘yicha qo‘ygan ijtimoiy buyurtmasini bajarishda texnologiya fani o‘qituvchisining faoliyati beqiyosdir. Davlat ahamiyatiga molik ushbu vazifani bajarish uchun texnologiya fani o‘qituvchisidan ‘edagogik mahoratni hamda rivojlanib borayotgan ‘edagogik jarayon talablari darajasida pedagogika, psixologiya, metodika fanlari yutuqlari, zamonaviy texnika va ilg‘or texnologiyalar, ishlab chiqarish va bozar iqtisodiyoti munosabatlari va qonuniyatlari bo‘yicha mukammal bilimlar, ko‘nikmalarni egallashni taqozo etadi. Ta’lim islohotlarining hozirgi bosqichida erkin fikrlovchi tashabbuskor shaxsni tarbiyalash muammosi alohida dolzarblik kasb etmoqda.
Shu munosabat bilan, texnologiya ta’limi o‘qituvchisining bilim, ko‘nikma va malakalari ko‘lami va sifati, uning ta’lim-tarbiya jarayonini DTS talablari asosida tashkil etish va o‘tkazish, kasbiy mahorati kabi murakkab va ko‘p qirrali faoliyatini takomillashtirish jarayonining didaktik shart-sharoitlarini aniqlash, nazorat maqsadiga muvofiq ravishda uning shakl, tur, usul va vositalarini o’timal tanlash va o‘tkazish metodikasini ishlab chiqish, uning mazmunini boyitish va ilmiy- uslubiy asnosida tashkil etilishini talab qilmoqda.
Amaliy mashg’ulot - aniq maqsadga qaratilgan va ta`lim beruvchi tomonidan boshqarib turiladigan, aniq bir Topshiriqni bajarish uchun kerakli, nazariy darsda olingan maxsus bilimlar asosida, malaka va ko’nikmalar shakllantirish maqsadida, olib boriladigan rejali didaktik harakatga aytiladi.
Amaliy mashg’ulot texnologiya fanini o’qitishning asosiy shakli bo’lib, bo’lib, o’quv ustaxonalarida, laboratoriyalarda, mavjud asbob uskunalardan va vositalardan foydalanilgan holda o’qitishmng ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanib, yangi informatsion- pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilib o’tkaziladi.
Texnologiya ta`limi tizimining xususiyati shuki, nazariya va amaliyot bir biridan alohida, ya`ni nazariy ta`lim o’quv auditoriyada, amaliy mashg’ulotlar ustaxona va laboratoriyalarda amalga oshiriladi. Nazariy darsda kerakli maxsus bilimlar amaliydarsga nisbatan ilgariroq berilishi ta`minlanishi kerak. Amaliy mashg’ulotlarda ta`lim beruvchi ish o’rnida faqat ish Topshiriqlariga tegishli qo’shimcha bilimlar asosida bajaradi va uninh ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyat ochib beriladi.
Har bir ota-onada pedagogik ichki hissiyot mavjud. Ulardan har kim har xil yoldan foydalanib farzandlarini tarbiyalaydilar. Bu borada estetik tarbiya eng samarali yo’llardan biridir. Oilada ham, mahallada ham, tanishlar orasida ham estetik tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, el ehzozidagi va xalq ehtiboridagi shaxslarni ibrat-namuna qilib ko’rsatish tarbiya samaradorligini oshirishga muhim g’oyaviy asosdoir,
Estetik tarbiyaning asosiy tushunchalaridan biri go’zallik kategoriyasi uning ma’nosini talaba-yoshlarga tushuntirish ham mazkur tarbiyaning xayotiyligini tahminlashga katta yordam beradi. Shu sababli go’zallik tushunchasining mazmun-mohiyatini ochib berishga quyidagicha yondashuvlar qilishni maqsadga muvofiq :
•go’zallik — bu kishining qalbi o’zalligi;
•go’zallik-bu kishining istarasi siqligi;
•go’zallik- bu kishining go’zal xulq egasi bo’lishi;
• go’zallik — bu bamisoli daraxt, ya’rog’i - axloq, ildizi - ichki dunyo, mevasi — yaxshi fazilat. Xullas, odam bolasidagi go’zallik — tabiat ato qilgan husn- jamolidan tashqari, yana eng yaxshi xulq-atvorni, insondagi eng yaxshi fazilatlarni o’z ichiga olgan odamiy-likdan iborat (Mirzakalon Ismoiliy).
Demak, estetik tarbiya nafosat tarbiyasi ham, odamiylik tarbiyasi ham, to’la-to’kis ahamiyatga ega bo’lgan go’zallik tarbiyasidoir. SHu sababli talaba-
Talaba-yoshlar estetik tarbiyasining mazmuni asosan:
• estetikaga qiziqish va ehtiyojning mavjudligi;
estetik jihatdan bilimdonlik; yoshlarni estetik ruhda tarbiyalash g’oyat murakkab, ko’’ qirrali dinamik jarayon boyib, uning yordamida barkamol shaxs tarbiyasi jarayonini olib borishning o’timal variantlarini qo’lga kiri-tish mumkin.
Talabalarni texnik tafakkurini va mehnatga ijodiy munosabatini rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida fan texnika taraqqiyotini jahon talablari darajasiga ko‘tarish, mahsulot sifatini tubdan yaxshilashni, ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta’minlay oladigan yosh avlodni tarbiyalash eng muhim vazifa hisoblanadi. Bo‘lajak mutaxassislarda ijodiy faoliyat asoslariga oid bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish orqali hozirgi sanoat ishlab chiqarishiga xos texnik, texnologik-konstruktorlik va ishlab chiqarish faoliyatlarining asoslari egallanishiga erishiladi.
Bu fanning asosiy maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, maktabdan tashqari ta’lim muassalarida o‘quvchilar ijodiy faoliyatini tashkil qilishning ilmiy-metodik asoslarini o‘rgatishdan iboratdir. Ushbu maqsadga erishishda quyidagi vazifalarning hal etilishi ko‘zda tutilgan:
o‘quvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish jarayonida texnik ijodkorlik va dizayn asoslariga oid bilimlar tizimiga ega bo‘lishi;
texnik ijodkorlikning tashkiliy va iqtisodiy asoslari bilan tanishish;
kashfiyot, ixtirochilik, ratsionalizatorlik va patentlash asoslari bo‘yicha tushunchalarga ega bo‘lish;
texnik masalalarni yechish metod va usullaridan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish;
texnik ijodkorlik ob’ektlari uchun texnik hujjatlarni tuzish;
mustaqil ravishda texnik ob’ektlarni va ularning modellarini loyihalay olish;
texnik ijodkorlik bo‘yicha sinf va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar uchun moslama, dastur va boshqa jihozlarni mustaqil loyihalay olish;
respublikada o‘quvchilar texnik ijodkorligi faoliyatini hozirgi holati va uni takomillashtirish istiqboli to‘g‘risida tushunchalar;
o‘quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb qilishning asosiy metodlarini bilishi;
texnik ijodkorlik to‘garaklari faoliyatining mazmuni, tashkiliy asoslari, texnik ob’ektlarni ilmiy asosda tanlay olish;
to‘garaklarni o‘quv moddiy-texnika bazasini tashkil qila olish;
sinfdan va maktabdan tashqari o‘quv mashg‘ulotlarida texnik ijodkorlikni metodik asoslarini bilish;
o‘quvchilarning ijodiy faoliyatiga tegishli bo‘lgan tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazishni ilmiy asoslarini bilish kerak.
Choynak uchun g`ilof va taglik tikish texnologiyasi bilan tanishtirish. Andoza tayyorlash, zaruriy gazlama, iplar tanlash, g`ilof va taglikni bichish. G`ilof uchun bichilgan bo`laklarga gul va barglardan iborat naqsh tushirish. Tushirilgan naqshdagi gul va barg tasvirlarini tikish uchun ranglar tanlash, iroqisimon, tugun, suv choklaridan foydalanib gul va barglarni tikish (olti qavatli mulina ipida). Kashta guli va bargi bilan bezatilgan g`ilofga astar o`natish. G`ilofga oxirgi va namlik-issiqlik ishlovini berish. Choynak uchun taglikni bichish va tikish. Taglikni chet qismlarini murakkab choklar bilan bezash. Tutgich qo`lqop tikish texnologiyasi bilan tanishtirish. Andoza tayyorlash, zaruriy gazlama, iplar tanlash, Tutgich qo`lqopni bichish. Tutgich qo`lqop uchun bichilgan bo`laklarga olma, nok, baliqcha (ixtiyoriy) naqshlarni tushirish. Tushirilgan olma, nok, baliqcha (ixtiyoriy) naqsh tasvirini tikish uchun ranglar tanlash. Baliqchani tanasini popop chokida, suzgich va dumlarini suv chokida tikish (to`rt yoki olti qavatli mulina iplarida). Tutgich qo`lqopning ikki bo`lagini bir-biriga petlya chokida birlashtirish. Tutqichga oxirgi va namlik-issiqlik ishlovini berish. Qiz bolalar sumkachasini tikish texnologiyasi bilan tanishtirish. Andoza tayyorlash, zaruriy gazlama, iplar tanlash, sumkachani bichish.
Qiz bolalar sumkachasi uchun naqsh namunalarini ixtiyoriy tanlash va naqshni sumkacha asos qismiga tushirish. Tushirilgan naqsh tasvirlarini tikish uchun ranglar tanlash, ustki tekis, to`r, iroqisimon, suv chok turlaidan foydalanib tikish (to`rt yoki olti qavatli mulina iplarida). Sumkacha bo`laklarini birlashtirish. Sumkaga oxirgi va namlik-issiqlik ishlovini berish. “Zumrad baliqchalar” panosini tikish texnologiyasi bilan tanishtirish. Andoza tayyorlash, zaruriy gazlama, turli iplar tanlash. Gazlamaga tasvirni ko`chirish. Panoni kashta bezagini popop va puxtalangan chok turlari bilan tikish. Panonga oxirgi va namlik-issiqlik ishlovini berish. Tеxnika xavfsizligi va sanitariya gigiyеna qoidalariga amal qilish. Tabiiy ip turlari haqida ma'lumot bеrish. O`tilgan choraklarni takrorlab to`qish. Shartli bеlgilar bilan tanishtirish: 1-chokli to`qish. Shakli bеlgi asosida 1-ustunli chok to`qish (kruchokda). Qizlar uchun ro`mol usulida qalpoqcha to`qish. Ro`mol to`qish. Ro`mol qalpoqchani ichini chiqarish. qalpoqchani bitkazish, bandini to`qish. Chokni kruchokda to`qish. Balligo to`qish. Gul to`qish.
Do'stlaringiz bilan baham: |