7. Asosiy jihozning bayoni.
Neft va gazni qayta ishlash sanoatida asosan tarelkali va nasadkali kolonnalar ishlatiladi. Asosiy jihozim rektifikatsion kolonna. Rektifikatsion kolonna tarelkali bo’lib, tarelkalar klapan shaklida. Tarelkali kolonnaning ichki qismiga uning bir necha gorizontal to’siqlar, ya’ni tarelkalar o’rnatilgan. Tarelkalar orqali gaz va suyuqlik bir-biri bilan o’zaro to’qnashi, ularning xarakati boshqariladi. Gazlarni suyuqlikdan o’tishi va natijada tomchi xamda ko’piklarni xosil bo’lishi barbotaj deyiladi Energetik xarajatlarni kamaytirish uchun quyidagi ishlar qilinga bo’lishi kerak: 1) rektifikatsion kolonnalarni yaxshi issiqlik izolyatsiyasi bilan qoplash. 2) jarayonni maqbul (ya’ni optimal) flegma soni bilan olib borish: 3) ikkilamchi issiqlik oqimlaridan ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanish. 4) mumkin bo’lgan sharoitda uskunani kubida suyuqlikni bug’latish uchun o’tkir bug’ ishlatish. 5) issiqlik nasosini qo’llash. 6) ayrim sharoitlarda, masalan azeotrop aralashmalarni rektifikatsiyalash paytida, xar xil bosim bilan ishlaydigan ikki yoki ko’p kolonnali qurilmalardan foydalanish.
Asosiy apparatim rektifikatsion kolonna. Balandligi 34m, tarelkalar soni 43 ta klapan shaklida. Kolonna polatdan BCt-3 markali. Kolonna neftni birlamchi qayta ishlashga mo’ljallangan.
Rеktifikatsion qurilmalarda asosan ikki turdagi apparatlar ishlatiladi:1) pog’onali kontaktli apparatlar (tarеlkali kolonnalar), 2) uzluksiz kontaktli apparatlar (plyonkali va nasadkali kolonnalar) tarеlkali, nasadkali va ayrim plyonkali apparatlar ichki tuzilishi (tarеlka, nasadka) ga ko’ra absorbtsion kolonnalarga o’xshash bo’ladi. Rеktifikatsion kolonnalarni hisoblash ham bir xil turdagi absorbtsion apparatlarni hisoblashlardan farqqilmaydi. Faqat dastlab yuqorigi va pastki kolonna alohida hisoblanadi, so’ngra rеktifikatsion apparatning umumiy ish balandligi aniqlanadi.
Rеktifikatsion kolonnalar ( absorbеrlardan farqli) qo’shimcha issiqlik almashinish apparatlari (isitgich, qaynatgich, haydash kubi, dеflеgmator, kondеnsator, sovutgich) bilan ta'minlangan bo’ladi. Bundan tashqari atrof - muhitga tarqaladigan issiqlikning yo’qolishini kamaytirish uchun rеktifikatsion kolonnalar issiqlik izolyatsiyasi bilan qoplangan.
Kimyo va nеft kimyosi sanoatidagi rеktifikatsion qurilmalarda asosan yetti xil tipdagi kontakt tarеlkalari ishlatiladi. 1) g’alvirsimon, 2) g’alvirsimon klapanli, 3) klapanli, 4) jalyuzali klapanli, 5) qalpoqchali, 6) g’alvirsimon ko’p quyilishli, 7)panjarali.
Tarеlkalar oralig’idagi masofa L=200-1200 mm o’lchamda bo’ladi.Ko’pincha qaеrda va qanday ishlash printsipiga muvofiq L ning qiymati 200, 300; 4004 500; va 600 mm.ga tеng qilib olinadi.
Suyuq va gaz -bug’ fazalari o’rtasida intеnsiv rеjimlarni ta'minlab bеruvchi tarеlkalarning ayrim turlari ko’rsatilgan ikkita zonali kontaktga ega bo’lgan tarеlkalarda bug’ suyuqlik plyonkasi tarеlkadan quyilayotgan joyda qo’shimcha kontaktga uchraydi. Va tarеlkalardagi suyuqlik qatlamidan o’tayotgan paytda esa barbotajli rеjim xosil qiladi. Bu xolat jarayonning tеzligini ortishiga olib kеladi. Rotorli apparatlarda ham fazalar o’rtasida intеnsiv kontaktli rеjim uyushtiriladi. Rotorli apparatlarda markazdan qochma kuch maydoni xosil qilinib, suyuqlik valdagi tеshiklar orqali sochib bеriladi. Rotorli apparatlar issiqlikka bardoshsiz sistеmalarni vakuum ostida rеktifikatsiya qilish uchun qo’llaniladi. Bunday apparatlarning gidravlik qarshiligi kam biroq rotorni aylantirish uchun qo’shimcha enеrgiya talab qilinadi.
Distilyatsion va rеktifikatsion qurilmalarning ishini intеnsivlash, enеrgiyaga bo’lgan xarajatlarni kamaytirish hamda intеnsiv gidrodinamik rеjimlarni dinamik tashkil qilish uchun optimal shart – sharoitlar yaratilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Enеrgiya sarfini kamaytirishda quyidagi ishlar qilingan bo’lishi kеrak;
1) rеktifikatsion kolonnalarni yaxshi issiqlik izolyatsisi bilan qoplash,
2) jarayonni optimal flеgma soni bilan olib borish,
3) ikkilamchi issi?lik o?imlaridan ishlab chiqarish extiyojlarini qondirish uchun foydalanish ,
4) mumkin bo’lgan sharoitda apparatning kubida suyuqlikni bug’latish uchun o’tkir bug’ni ishlatish,
5) issiqlik nasosini qo’llash ;
6) ayrim sharoitlarda, masalan, azеotrop aralashmalarni rеktifikatsiyalash paytida har xil bosim bilan ishlaydigan ikki (yoki ko’p) kolonnali qurilmalardan foydalanish.
Asosiy apparatim rеktifikatsion kolonna. Balandligi 35m, tarеlkalar soni 44 ta klapan shaklida. Kolonna polatdan BCT-3 markali. Kolonna nеftni birlamchi qayta ishlashga mo’ljallangan.
8. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish.
Hozirgi kunda barcha ishlab chiqarish birlashmalarining katta quvvatga ega bo’lgan liniyalarini avtomatik ravishda masofadan turib boshqarishni talab etmoqda.
Ko’p yillik tajribalar shuni ko’rsatadaki, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarni (A. B. T.) sanoat korxonalariga joriy etish ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdrini 5 – 7 % oshirish, zahira xom – ashyo miqdorini 20 – 25% qisqartirish, mablag’lar almashuvini 16 – 18% ga kamaytirishni imkonini berdi.
Ishlab chiqarish korxonalarida avtomatlashtirilmagan boshqarish sistemalarining yaratishdan ishlab chiqarish birlashmalariga joriy etishdan asosiy maqsad iqtisodiy masalalarini o’z ichiga olgan ma’muriy boshqarish sistemasini ko’pgina emas, balki korxona ishini optimal rejalashtirish va operativ boshqarish texnologik qurilmani ish rejimlarini optimallashtirish, shuning kimyoviy texnologik jarayonlarni fazoviy o’zgarishlarini (bosim, harorat, sarf, sath va boshqalar) rostlash kabi muammolarni yig’indisini hal etishdir.
Avtomatik – texnologik jarayonlarni, odamning bevosita ishtirokisiz boshqarishda nazorat – o’lcha asboblari, rostlagichlar va boshqa qurilmalrni qo’llashdir.
Ishchilarning texnologik jarayonida ishtirok etish darajasiga ko’ra avtomatlashtirish quyidagi turlarga bo’linadi: Avtomatik nazorat – texnologik jarayonlarning hozirgi holati haqida operativ ma’lumot olish va uni qayta ishlash uchun kerakli bo’l’gan sharoitni ta’minlaydi. Avtomatik rostlash - texnologik jarayonning berilgan parametrlari avtomatik rostlagichlar yordamida saqlanadi. Bundan operatorlar avtomatik rostlash sistemasi (A. R. S.) ning to’g’ri ishlashini kuzatib turadi. Avtomatik boshqarish – texnologik jarayonlarni berilagn ketma – ketlikda avtomatik ravishda amalga oshirish hamda boshqarish obyektiga ma’lum ketma – ketlikda ta’sir ko’rsatishdir. Shu nuqtai nazardan ham olib qaralsa, avtomatlashtirish hozirgi davrning yutuqlari hisoblanadi.
ЭЛОУ-АВТ-2 qurilmasida texnologik jarayon quyidagich avtomatlashtirilgan:
K-1 bu’latish kolonnasidagi yuqori va pastki qism harorati TIR-1 va TIR-3 orqali o’lchab boriladi.
K-2 kolonnasidagi yuqori va pastki qism harorati TIRC-4 va TIRC-8 lar orqli nazorat qilinadi va K-3/1,2,3 dagi bug’ sarfi orqali sozlanadi.Satx LT-5 orqali o’lchanib NS-5 klapanidan avtomatik ravishda sozlanadi.Bosim esa PIRC-9 da o’lchanib NS-9 da chiqayotgan bug’ sarfini boshqarish orqali avtomatik sozlanadi.
K-3/1,2,3 lardagi bosim PIRC-13,14,15 orqali o’lchanib NS-13,14,15 dan chiqayotgan bug’ sarfini boshqarish orqali sozlanadi.
E-2 dagi bosim PE-12 orqali nazorat qilinadi.E-1 dagi satx LIRC-15 orqali o’lchanib NS-15 dan chiqayotgan benzin sarfini boshqarish orqali avtomatik sozlanadi.K-4 dagi satx LT-11 orqali,bosim esa PE-10 orqali nazorat qilib turiladi.
Vakuum bo’limida:K-6/1,2,3 dagi bosim PIRC-17,18,19 orqali nazorat qilib turiladi va kolonnaga kirayotgan bug’ sarfini boshqarish orqali sozlanadi.K-5 vakuum kolonnasidagi satx LE-20 orqali nazorat qilinadi.
Xulosa qilib aytganda hozirgi kunda avtomatlashtirish texnalogiyani ajralmas qismiga aylangan.Chunki jarayonlarni aftomatlashtirish ishchi kuchi resurslarini tejashga, jarayonlarni xafsiz olib borilishiga maxsulot sifatini yaxshilanishiga va energiya resurslarini tejashga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Shu sababli jarayonlarni aftomatlashtiruvi yildan yilga rivojlonib bormoqda. O’ylaymanki kelajakda ko’plab ishlab chiqarish soxalarida, shuningdek neftni qayta ishlash soxasida ham jarayonlar ham to’la aftomatlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |