2.2. Muommoli vaziyatlar startegiyasidan foydalanishning bugungi kundagi ahamiyati.
Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o'rin olish uchun ma'naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun yoshlarimiz dunyoqarashini o'zgartirish, ularning bilim va ma'naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko'tarish zarur.
Bugun jamiyat ta'lim maskanlari oldiga: maxsus qobiliyatini ularning mustaqil bilishlarini maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirishni vazifa qilib qo'ydi.
Ana shu vazifalarni hal etishda muammoli ta'lim texnologiyasi etakchi o'rinni egallaydi.
Muammoli ta'lim – bu mantiqiy fikrlash jarayoni (tahlil, umumlashtirish va boshqa shu kabilar) va o'quvchilarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini (muammoli vaziyat, bilishga qiziqish, ehqtiyoj) hisobga olib tuzilgan ta'lim va o'qitishning ilgari ma'lum bo'lgan usullarini qo'llash qoidalarining yangi tizimidir. Shuning uchun ham muammoli ta'lim ko'proq o'quvchi fikrlash qobiliyatining rivojlanishini, uning umumiy rivojlanish va e'tiqodining shakllanishini ta'minlaydi. Didaktikaning barcha yutuqlarini istisno qilmay, balki ulardan foydalangan holda muammoli ta'lim ilmiy bilim va tushunchalarni, dunyoqarashni shakllantirish, shaxs va uning intellektual faolligini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida rivojlantiruvchi ta'lim bo'lib qoladi.
Muammoli ta'lim nazariyasi o'quvchi intellektual kuchining rivojlantiruvchi ta'limni tashkil qilishning psixologik – pedagogik yo'llari va usullarini tushuntiradi.
Muammoli vaziyatlarning roli va ahamiyatini aniqlash o'quvchi faol fikrlash faoliyatining psixologik-pedagogik qonuniyatlarini izchil ravishda hisobga olish asosida o'quv jarayonini qayta qurish g'oyasiga olib keldi. Yangi pedagogik faktlarni nazariy jihatdan mulohaza qilib ko'rish asosida muammoli ta'limning asosiy g'oyasi aniqlanadi: muammoli ta'limda bilimning deyarli katta qismi o'quvchilarga tayyor holda berilmaydi, balki o'quvchilarning tomonidan muammoli vaziyat sharoitlarida mustaqil bilish faoliyati jarayonida egallab olinadi.
Ma'lumki, shaxsning har tomonlama va garmonik rivojlanishining muhim ko'rsatikichi – yuqori darajada fikr yuritish qobiliyatining mavjudligidir. Agar ta'lim ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga olib borsa, u holda uni so'zning zamonaviy ma'nosida rivojlanuvchi ta'lim deb hisoblash mumkin.
Rivojlanuvchi ta'lim deb, ya'ni umumiy va maxsus rivojlanishga olib keladigan shunday ta'limni hisoblash mumkinki, unda o'qituvchi fikr yuritishning qonuniy rivojlanishni bilimga tayangan holda, maxsus pedagogik vositalar yordamida o'z o'quvchilarini fan asoslarini o'rganish jarayonida fikrlash qobiliyati va bilish ehtiyojini shakllantirishga oid maqsadga yo'naltirilgan ish faoliyatini olib boradi.
O'qitish jarayoniga muammoli o'qitish texnologiyasini qo'llash uchun o'qituvchi quyidagi masalalarni hal qilishi lozim:
O'quv dasturi bo'yicha mavzularni muammoli dars shaklida o'tish mumkinligini;
Mavzu matnidagi masalalar bo'yicha muammoli vaziyatni keltirib chiqaradigan savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik, tizimlilik, mantiqiy ketma-ketlik, izchillik prinsiplariga amal qilish;
O'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni ta'minlaydigan vosita va usullarini aniqlashi, ulardan o'z o'rnida va samarali foydalanish yo'llarini belgilash zarur. Ta’limdagi og‘zaki, ko‘rsatmali yoki amaliy metodlarning har biri bola ongida muammoli vaziyat yaratishi mumkin. SHu munosabat bilan pedagogikada muammoli ta’lim haqida ham so‘z yuritiladi. Ta’limga muammoli yondashish o‘quv dasturlarida ham, o‘quvchilarning mustaqil ishi va boshqalarda ham o‘zining ifodasini topishi lozim. * Bilimlarni muammoli bayon qilish; *Bayonning ayrim bosqichlarida o‘quvchilarni izlanishga undash; *Ta’limning tadqiqiy metodi. Muammoli ta’lim deganda o‘quv materialini o‘quvchilar ongiga ilmiy izlanishga o‘xshash bilish vazifalari va muammolarini vujudga keltiradigan yo‘sinda o‘rganish tushuniladi. O‘quvchi (talaba)ning fikrlash faoliyatida muammoli vaziyatlar vujudga keladi va ular talaba (o‘quvchi)ni ob’ektiv ravishda izlanishga va mantiqan to‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqarishni o‘rganishga da’vat etadi.
Muammoli ta’lim – ilmiy bilishni rivojlantirish zarurligini ifodalashning sub’ektiv shaklidir. U muammoli vaqtning, yangi jamiyat rivojlanishi jarayonida bilish va bilmaslik o‘rtasida ob’ektiv ravishda vujudga keladigan vaziyat. Muammoli vaziyat o‘quvchining ma’lum ruhiy holati bo‘lib, bu holat ma’lum topshiriqni bajarish jarayonida ziddiyatni anglash tufayli vujudga keladi. “Muammoli vaziyat” metodi - ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning echimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metoddir. “Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi ta’lim oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. Ular qo‘yilgan muammoning echimini topishga qodir bo‘lishlari kerak, aks holda echimni topa olmagach, ta’lim oluvchilarning qiziqishlari so‘nishiga, o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarining yo‘qolishiga olib keladi. Guruhlarning muammoli vaziyatning yechimini ishlab chiqishi Muammoli vaziyat tasnifini keltirish Guruhlarga bo’lish Guruhlarning muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini aniqlashi Guruhlarning muamvaziyatning oqibotlari to’g’risida fikir yuritishi To’g’ri yechimlarni tanlash “Muamoli vaziyat” metodining tuzilmasi “Muammoli vaziyat” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat: Ta’lim beruvchi mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va vazifalarni aniqlaydi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammoni bayon qiladi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni topshiriqning maqsad, vazifalari va shartlari bilan tanishtiradi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni kichik guruhlarga ajratadi. Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o‘rganadilar. Muammoning kelib chiqish sabablarini aniqlaydilar va har bir guruh taqdimot qiladi. Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi. Bu bosqichda berilgan vaqt mobaynida muammoning oqibatlari to‘g‘risida fikr-mulohazalarini taqdimot qiladilar. Taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi. Muammoni echishning turli imkoniyatlarini muhokama qiladilar, ularni tahlil qiladilar. Muammoli vaziyatni echish yo‘llarini ishlab chiqadilar. Kichik guruhlar muammoli vaziyatning echimi bo‘yicha taqdimot qiladilar va o‘z variantlarini taklif etadilar. Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil echimlar jamlanadi. Guruh ta’lim beruvchi bilan birgalikda muammoli vaziyatni echish yo‘llarining eng maqbul variantlarini tanlab oladi. “Muammoli vaziyat” metodi afzalliklari: 1.ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlashni shakllantiradi; 2.ta’lim oluvchilar muammoning sabab va echimlarni topadilar; 3.ta’lim oluvchilarning bilimlarini baholash uchun imkoniyat yaratiladi; 4.ta’lim oluvchilar fikr va natijalarni tahlil qilishni o‘rganadilar. kamchiliklari: 1.ta’lim oluvchilarda yuqori motivatsiya talab etiladi; 2.qo‘yilgan muammo ta’lim oluvchilarning bilim darajasiga mos kelishi kerak; 3.ko‘p vaqt talab etiladi.
XULOSA.
Xulosa o’rnida shuni aytishim kerakki, O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va «Ta’lim to’g’risida»gi qonunda o’quv jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish mamlakatimiz ta’lim tizimini isloh qilishning asosiy ko’rsatkichlaridan biri sifatida e’tirof etilishi bejiz emas. Chunki, pedagogik texnologiya ta’lim jarayonini inqirozdan holi etish, uni bozor iqtisodi sharoitiga mos holda takomillashtirish va Davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq kadrlar tayyorlashning muhim omillaridan biri bo’lib hisoblanadi.Mamlakatimizni Prezidenti Sh Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, «Kadrlar masalasini hal etmas ekanmiz , sa’y-harakatlarimiz kutilgan natijalarni berishi , hayotimiz , ma’naviyatimiz o’zgarishi qiyin kechadi. Demakki , zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish , zamon talablariga mos kadrlar tayyorlash ishini yo’lga qo’yish faoliyatimizning bosh yo’nalishi bo’lmog’i darkor...». Zero ta’lim jarayonini tashkillashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanayotgan ko’pgina rivojlangan mamlakatlar o’quv jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarishga erishayotganliklari hayotda o’z tasdig’ini topmoqda. Ushbu kurs ishda bayon etilgan ma’lumotlar esa bu axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish salohiyati to’g’risida fikr yuritishga asos bo’ladi. Ayniqsa, tashhizlanuvchan o’quv maqsadlarini belgilash, talabalarni mustaqil bilim olishga undash, o’quv jarayonini doimo rivojlanib boruvchi dinamik tizim sifatida loyihalash kabi tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga oshirishda innovatsion texnologiyalar katta imkoniyatlarga ega. Innovatsion texnologiyalar joriy etish tajribasini o’rganish va unga maqsadli yondashish, o’quv jarayonini insonparvarlashtirish, bunda talabani sust ob’ektdan faol sub’ektga aylantirish, bilish faoliyatining aniq maqsadlarga yo’nalganligini hamda o’quv jarayonini ishlab chiqarish jarayoni kabi takrorlanuvchanligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Mening fikrimcha ta’limda ko’plab innovatsion usullar samarali bo’lib, ayniqsa ta’limda aniq maqsad qo’yish yoki fanlararo bog’lash, aniq maqsadga erishish ko’p foydali xisoblanadi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T.: “О‘zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.
О‘zbekiston Respublkasini yanada rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasi tо‘g‘risida. - T.:2017 yil 7 fevralь, PF-4947-sonli Farmoni Deyt K. Vvedeniye v sistemi baz dannix 7-izd. M. 2001 g.
Umumiy о‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va о‘quv dasturi Ta’lim taraqqiyoti О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining axborotnomasi. 4-maxsus son. – T.:“Sharq”, 1999.– 384 b.
A. Abduqodirov. A, Maxkamov. M, Azamatov. A, Aziarov. T. Informatika va xisoblash texnikasi asoslari. Toshkent. О‘qtuvchi – 2006 yil. B. 21-36.
Axmedov. A.B, Taylaqov.N.I. Informatika. Toshkent. О‘zbekiston – 2002 yil
17-22.
Мирзаева Д. Ш., Мухитова Р. С. К., Уйғуновна И. Қ. Формы сотрудничества с семьями дошкольных образовательных учреждений //Academy.
– 2020. – №. 5 (56). – С. 59-61.
Mirzaeva, S. D. (2021). Art-pedagogical technology in the development of the fine activity of elder preschool children. Middle European Scientific Bulletin, 11.
Мирзаева, Дильфуза Шавкатовна, and Зулайксо Бахтиоровна Кенжаева. "Значение использования интерактивных методов в развитии дошкольного образования." Academy 5 (56) (2020): 57-59.Arifmeticheskiye osnovi raboti kompyutera: metodicheskiye ukazaniya k vipolneniyu laboratornoy raboti po informatike dlya studentov vsex napravleniy dnevnoy formi obucheniya / sost. V. V. Strigunov, N. I. Shadrina. – Xabarovsk: Izd-vo Tixookean. gos. un-ta, 2012. – 24 s.
Mogilev A. V. Informatika : ucheb. posobiye dlya stud. vissh. ucheb. zavede-
niy / A. V. Mogilev, N. I. Pak, YE. K. Xenner. – M. : Akademiya, 2008. – 848 s.
14.Raximov B.S. Raqamli qurilmalarning matematik va mantiqiy asoslari: Ma’ruza
matnlari. – Ugranch, TATU Urganch filiali, 2009. G‘aniyev S.K.,
15.Karimov M.M., Mambetov N.M. Hisoblash tizimlarining axborot asoslari: Oliy о‘quv yurt. stud. uchun darslik. T.: TDTU, 2002.
16.Medatov A.A., Komiljonov N.A, Nishonova M.A, Abduvaliyeva M.A. Kompyuterlarning arifmetik asoslari/Talabalarning laboratoriya ishlarini tashkil etish uchun uslubiy qо‘llanma. – Andijon, ADU, 2014. – 60 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |