While takrorlash operatori
while takrorlash operatori, operator yoki blokni takrorlash sharti yolg‘on (false yoki 0) bo‘lguncha takror bajaradi. U quyidagi sintaksisga ega:
while () ;
While takrorlash operatorining blok-sxemasi
Agar <ifoda> rost qiymatli o‘zgarmas ifoda bo‘lsa, takrorlash cheksiz bo‘ladi. Xuddi shunday, <ifoda> takrorlash boshlanishida rost bo‘lib, uning qiymatiga takrorlash tanasidagi hisoblash ta'sir etmasa, ya'ni uning qiymati o‘zgarmasa, takrorlash cheksiz bo‘ladi.
while takrorlash shartini oldindan tekshiruvchi takrorlash operatori hisoblanadi. Agar takrorlash boshida <ifoda> yolg‘on bo‘lsa, while operatori tarkibidagi <operator yoki blok> qismi bajarilmasdan cheklab o‘tiladi.
Ayrim hollarda <ifoda> qiymat berish operatori ko‘rinishida kelishi mumkin. Bunda qiymat berish amali bajariladi va natija 0 bilan solishtiriladi. Natija noldan farqli bo‘lsa, takrorlash davom ettiriladi.
Agar rost ifodaning qiymati noldan farqli o‘zgarmas bo‘lsa, cheksiz takrorlash ro‘y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |