continue operatori
Takrorlanish bajarilishiga ta’sir o‘tkazishga imkon beradigan yana bir operator continue operatoridir. Bu operator takrorlanish qadamining bajarilishini to‘xtatib, for va while da ko‘rsatilgan shartli tekshirishga o‘tkazadi.
Misol:
#include
using namespace std;
int main()
{
int n;
for(;;)
{
cin>>n;
if(n==4 || n == 2)
continue;
break;
}
cout<<"Takrorlanish tugadi";
return 0;
}
Bu misolda for(;;) operatori yordamida cheksiz takrorlanish hosil qilinadi. Agar 4 yoki 2 sonlaridan farqli son kiritilsa, takrorlanish to‘xtatiladi.
goto o‘tish operatori
O‘tish operatorining ko‘rinishi:
goto .
Bu operator identifikator bilan belgilangan operatorga o‘tish kerakligini ko‘rsatadi.
Misol uchun goto Al;Al: y = 5;
Strukturali dasturlashda goto operatoridan foydalanmaslik maslahat beriladi. Lekin ba’zi hollarda o‘tish operatoridan foydalanish dasturlashni osonlashtiradi.
Misol. Bir necha takrorlashdan birdan chiqish kerak bo‘lib qolganda, to‘gʻridan to‘g‘ri break operatorini qo‘llab bo‘lmaydi, chunki u faqat eng ichki takrorlashdan chiqishga imkon beradi.
#include
using namespace std;
int main()
{
int n = 5, s=0;
int i, j;
for(i =1; i<5; i++)
{
cout<
cout<<"i = "<
for(j =1; j<5; j++)
{
cout<<"j = "<
if(i*j > n) goto A;
s ++ ;
cout<<"s = "<}
}
A:
cout<
cout<< "Oxirgi natija ="<
return 0;
}
Natija:
Quyidagi misolda ma'lum bir rost (true) holatdan yolgʻon (false) holatiga o‘zgarguncha dastur blokini takrorlashni buyurishi kuzatamiz.
#include
using namespace std;
int main()
{
int qadam = 0;
bool takrorlash = true;
while ( takrorlash != false )
{
qadam++;
cout << "Takrorlanish bajarildi = " << qadam << " - marta\n";
if ( qadam == 5 )
takrorlash = false;
}
return 0;
}
Natija:
Xulosa
Biz C++ dasturlash tilida 3 xil ko‘rinishdagi takrorlash operatorlarni borligini ko‘rib chiqdik. Bular for, while, do-while. Ular funksional nuqtaiy nazardan bir ish bajaradi, ya’ni ularni funksiyasi ma’lum bir amalni (yoki amallarni) ketma-ket bir necha marta takrorlashdan iborat.
Ammo bu operatorlar mazkur funksiyani (ya’ni takrorlash jarayonini tasiflashni) turlicha amalga oshiradi. Bu operatorlarining asosiy farqi quydagilardan iborat:
for operatori faqat iteratsiyalar (ya’ni takrorlanishlar) soni ma’lum bo‘lgan holda va while operator esa iteratsiyalar soni noma’lum bo‘lgan holda ham ishlaydi.
do-while operatori ham xuddi while operatori kabi iteratsiyalar soni noma’lum bo‘lgan holda ham ishlaydi. Ammo u bir iteratsiyadan sung “shart”ni tekshiradi, while operatori esa avval “shart”ni tekshiradi va undan so‘ng birinchi iteratsiyani amalga oshiradi.
Parametrli takrorlash for operatorini parametrning boshlangʻich va oxirgi qiymati hamda o‘zgarish qadami aniq bo‘lganda qo‘llash juda qo‘lay!
Do'stlaringiz bilan baham: |