«Bizga Vatan-jon O`zbekiston» N.Narzullayev she’ri A.Mansurov musiqasi.
Tezroq sur’atda ijro etiladi. 4/4 o`lchovda yozilgan. Sol-major va Si bemol tonligiga uzgaradi. Bu yoshlar ramziy qushig`i bo`lib, Vatanni jushib, yonib kuylashga da’vat etadi. Asar naqorat kismi uch ovozlik ijroni talab etadi.
«O`zbekiston-onajon» Qambar Ota she’ri. Muxammad Otajonov musiqasi.
Qo`shiq tez sur’atda ijro etiladi. 6/8 o`lchovida Do-mojor tonligida yozilgan. Qo`shiq vatanning dunyoda yagonaligi, avloddan-avlodga meros bo`lib kelayotganligi, bebaxoligini tarannum etadi. Bu esa yoshlarni Vatanga bo`lgan mexrini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |