Kirish Shaxs kamolotida musiqa tarbiyasining mazmuni Milliy ma’naviyatimiz rivojida musiqaning o`rni


O‘zbek musiqali-drama teatrlarining tashkil topilishi va ularning rivojlanishi



Download 1,45 Mb.
bet33/35
Sana03.01.2022
Hajmi1,45 Mb.
#315791
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
O`zbek kompozitorlari ijodida musiqali drama

O‘zbek musiqali-drama teatrlarining tashkil topilishi va ularning rivojlanishi
O‘zbek musiqali drama teatrlarining tashkil topilishida yuqorida nomlari keltirilgan musiqa guruhlari, konsert ansambllari, drama to‘garaklarining hissalari katta va anna shular musiqali drama teatrlarining asosiy tashkilotchilari hisoblanadilar. O‘zbek musiqali drama teatrlarining tashkil topilishida Farg‘onada tashkil etilgan yoshlar drama to‘garagi alohida e’tiborga loyiqdir. To‘garakning chiqishlari o‘sha davr talabiga ko‘ra tuzilardi. Masalan; tomoshabinlarni diqqatini o‘ziga jalb etish uchun namoyishlardan oldin konsert nomerlari qo‘yilardi. Konsertdan keyin kichik musiqiy lavhalar qo‘yilardi. Bular «Biz ishchimiz», «Hoy ishchilar», «Kapital» va boshqalar. Barcha chiqishlarning so‘zlari va kuylari Hamza tomonidan ijod qilingan. Namoyishlarda o‘zbek klassik qo‘shiqlari, xalq kuylari, hazil qo‘shiqlari ijro etilib shu bilan birga qatnashchilarning mahoratlari ham oshardi.

Kuy va she’rlarning mazmunida ommani savodli bo‘lishga chaqirish, ozod mehnatni, do‘stlikni targ‘ibot etish va musiqali dramalar yordamida ozod xalqni ma’rifatga da’vat etish muammolari turar edi.

Turkistonning barcha viloyatlarida 20-30 yillar davomida: Andijonda, Buxoroda, Xorazmda, Qo‘qonda havaskorlik musiqali teatrlar guruhlari tashkil etila boshladikim keyinchalik bu guruhlar professional teatr guruhlariga aylandilar. Bu jamoalar dramatik asarlar bilan bir qatorda musiqali-spektakllarni ham sahnalashtirar edilar. «Arshin mol-alan», «Layli va Majnun», «Er va Xotin», «U bo‘lmasi, bu bo‘lsin» nomli asarlar shular jumlasiga kirib bu spektakllarga asosan Uzeir Hojibekov musiqalar bastalagan. Bu spektakllar ham o‘zbekcha va ham ozorbayjon tillarida ijro etilgan.

30 yillar davomida G‘ulom Zafariyning pesalari juda katta olqishlarga sazovor bo‘ladi. «Erk farzandlari», «Binafsha», «Bahor» nomli pesalar shular jumlasiga kiradi. Bu spektakllarda ko‘p kuy va qo‘shiqlar bo‘lganligi sababli bu spektakllarni kichik operalar ham derdilar. G‘ulom Zafariyning ko‘zga ko‘ringan asarlaridan biri bu «Halima» pesasi edi. Bu asarda muallif sof muhabbat, boylik va qashshoqlik, zo‘rlik va xastalik muammolarini ko‘targan va bu mavzular davr talabiga javob beraolardi. Bu asarlar teatrlar sahnalarida ko‘p yillar qo‘yilib tomoshabinlarning olqishiga sazovar bo‘lgan.

Asar mazmunida kambag‘al oilada tug‘ilgan 18 yoshli Halima ismli qizni ota-onasi majburiy holatda yoshi katta boy kishiga berganliklari, Halimani sevikli yori Ne’matni o‘ldirilganliklari va bu xo‘rlikka chidaolmasdan Halima o‘zini-o‘zi nobud qilgani to‘g‘risida fikr yoritilgan. «Halima» musiqali drama spektaklidagi musiqalar xalq og‘zaki ijodiyotidan tanlab olingan bo‘lib asar mazmunini aks ettiraoladigan kuy va qo‘shiqlardan iboratdir. Unda «Toshkent Iroqi», «Ko‘cha bog‘i», «Bayot III», xalq marosim qo‘shiqlaridan «Yor-yor», «Muborak», «Omonyor», «Bahor bo‘ldi» nomli xalq asarlari kiritilgan. Bu musiqalarni Mula To‘ychi Toshmuhammedov, Shorahim Shoumarov, Shohyunus Shohyusupovlar tanlaganlar.

Halima obrazini talqin etishda chiroyli va jarangli ovozga ega bo‘lgan xonandalar Duriya Xonum, Maqsuma Qoriyeva, Salomatxon Najmiddinova, Tursunoy Saidazimova, Nazira Inog‘omova va keyingi yillarda Halima Nosirovalar ishtirok etganlar. «Xalima» musiqali-dramasi uzoq yillar davomida respublikamizning sahnalarida ijro etildi va musiqali drama janrini rivojiga salmoqli hissa qo‘shib keldi.

Keyingi yillarda sahnalashtirilgan asarlar qatoriga Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» musiqali dramasida xalq cholg‘u asboblari ansambli bu spektaklga jo‘r bo‘lib asar katta olqishlarga sazovor bo‘ldi.

«Farhod va Shirin» dostoni Sharq mamlakatlarining juda ko‘p tillarda ezoz etilgan, lekin barcha xalqlar ijrosidagi asarning yagona mazmuni bu chin muhabbat va undagi sadoqat asosiy maqsad bo‘lib qolgan. Bu spektakl musiqalarini xalq musiqa merosimizdan Shorahim Shoumarov bilan Yunus Rajabiy tanlaganlar va unda-“Bayot II”, “Bayot III» E «Bayot V», «Ushshoq», «Guliyor IV», «Suvora», «Chorgoh II», «Chorgoh IV», «Mug‘ulcha» va boshqa xalq kuy va qo‘shiqlari ishlatilgan. Bu musiqali-drama respublikamizning barcha viloyatlari teatrlarida sahna yuzini ko‘rdi.

«Layli va Majnun» musiqali-dramasining tarixi boshqacharoq bo‘lib bu asarni Turkistonda birinchi marotaba 1915 yilda ozorbayjon san’at guruhi olib kelib tomoshabinlar diqqatiga havola etganlar. «Layli va Majnun» musiqali-dramasi» 30-nchi yillarda kelib o‘zbek musiqali-dramasiga aylandi.

Muhiddin Qori Yoqubov boshchiligidagi o‘zbek Davlat etnografik musiqa guruhi konsert dasturlari bilan bir qatorda musiqali spektakllarni ham sahnalashtirib kelganlar va bu xayrli ishda: Tamaraxanum, Gavhar Petrosyan, Begimxon va Nurxon Yo‘ldoshxo‘jayevalar, Zuhur Qobulov, Boborahim Mirzoyev va bir qancha ko‘zga ko‘ringan sozanda, xonandalar o‘z hissalarini qo‘shganlar. Bu guruh ijrosida «Halima», «Farhod va Shirin» va Komil Yashinning «O‘rtoqlar» musiqali asarlari o‘rin oladi. «O‘rtoqlar» musiqali dramasi kolxozlar tashkil etish davrlarini aks ettiradigan asarlar jumlasiga kirib undagi musiqalarni To‘xtasin Jalilov bastalagan.

Respublikamizning barcha viloyatlari teatrlarida musiqali-drama asarlarini sahnalashtirishda ko‘zga tashlanadigan kamchiliklaridan asosiylari bu mahalliy mutaxassislarning yetishmagani, spektakl jarayonida cholg‘uchilar va xonandalarning oralaridagi ajralishlar, asosiy tonliklardan chiqib ketishlar, bandlar sonlarini adashtirilganlari ko‘zga tashlanardi. Shu bilan bir qatorda ansambl cholg‘uchilari orasida asta-sekin Yevropa musiqasi asboblari ham kiritila boshlandi (fortepiano, truba, skripka, kontrabas). 1930 yilda Moskvada teatr san’atining olimpiadasi bo‘lib o‘tadi va bu olimpiadada o‘zbek teatrlari ham ishtirok etib-»O‘rtoqlar», «Halima», «Lolaxon», «Erk bolalari» asarlari tomoshabinlar diqqatiga havola etiladi. Yutuqlar bilan bir qatorda kamchiliklar ham hakamlar tomonidan ko‘rsatiladi. Ayniqsa madaniy ijro etishlar, milliy sahna bezaklari, xalq kuy va qo‘shiqlarini qayta ishlash kabi nuqsonlar takidlanadi.

Kelgusida o‘zbek musiqali teatr jamoalari anna shu kamchiliklarni bartaraf etish, sozandalar, raqs ijrochilari, milliy kompozitorlikni rivojlantirish borasidagi ishlarni kuchaytirib yuborishsa o‘zbek milliy musiqali teatrlarini yuksalishga o‘z barkamol hissalarini qo‘shgan bo‘lgan bo‘lardilar.

40-yillar davomia bu janrda bir qancha e’tibor kuchayib milliy dramaturglar va kompozitorlar yetishib chiqib ularning asarlari asosida zamonaviy mavzu alohida o‘rinni egalladi. 50-60 yillarning oxirida musiqali drama asarlarining soni 40-tadan oshib boradi. Bu spektakllarda ko‘proq xor jamoasi uchun asarlar, vokal ansambllari, musiqiy sahnalar, xalq kuy va qo‘shiqlarini orkestrlar uchun mostlash ishlari alohida e’tiborga loyiq bo‘ldi.

Keyingi yillar davomida musiqali drama asarlari orasida Komil Yashin va To‘xtasin Jalilovlarning «Nurxon», S.Abdullo va T.Jalilovlarning «Muqimiy», «Ravshan va Zulxumor», M.Uyg‘un va M.Leviyevlarning «Oltin ko‘l», Z.Fatxullin va S. Boboyevlarning «Vatan ishqi», Ch.Aytmatov va Ikr.Akbarovlarning «Mo-mo yer» ijod qilinib tomoshabinlar diqqatiga havola etildi.

Yuqorida nomlangan spektakllardan «Nurxon» asari ko‘p tomoshabinlarni olqishiga sazovor bo‘ldi. Bu asar o‘zining sermazmunligi, oddiyligi va ohangdorligi biln ajralib turar edi. Asarda tarixiy voqealar o‘z aksini topgan. Dramaturg K.Yashenni qisqa ammo sermazmun hayot kechirgan aktirisa Nurxon Yo‘ldoshxo‘jayevaning faoliyati qiziqtiradi. K.Yashenni o‘sha yillarda yosh qizning eski qoldiqlarga qarshi chiqib teatr sahnasiga obrazlar yaratgani, Nurxonning akasini ruhoniylar tomonidan g‘azablantirib o‘z singlisini pichoq bilan o‘ldirganligi dramaturgni hayratlantiradi. K.Yashin «Gulsara» asarida boshlagan mavzu xotin-qizlarni ozodlikka intilishlari, huquq tengligi uchun kurashganlari, tinch mehnatni e’zozlaganliklari borasidagi fikrlarini «Nurxon» asarida ham davom ettiradi. Agar «Gulsara» musiqali dramada Gulsara faranji tashlash, erkinlikga intilish maqsadi uchun kurashgan bo‘lsa, Nurxon teng huquqlik, erkin kasb tanlash, jamoa ishlariga Xotin-qizlarning o‘rni kabi muammolarni o‘rtaga tashlagan va uning uchun kurashgan Xotin-qizlardan biri bo‘lgan.

«Nurxon» musiqali dramada bir qancha yoqimli va chiroyli musiqalar borki, bu kuylar To‘xtasin Jalilov tomonidan katta mahorat bilan ijod qilinib asar mazmunini yana ham boyitgan. Masalan «Assalom», «Ey sabo», «Qora sochim», «Baxtu iqbol», bir necha duyetlar, ansambllar xor asarlari shular jumlasiga kiradi.

Musiqali drama janrida mustaqil ijod qiladigan kompozitorlar ham respublikamizda voyaga yetdi. Ana shulardan biri kompozitor Manas Leviyev bo‘lib M.Uyg‘ur bilan hamkorlikda «Oltin ko‘l» musiqali dramasini yaratdilar. Bu musiqali drama qishloq aholisining turmush sharoitlariga bag‘ishlangan bo‘lib, halol mehnat, tinch yashash, oq oltin hosilini yig‘ib olish kabi maqsadlar o‘rtaga tashlangan. Biroq qishloq sharoitida ham dangasa, yalqov, ishbuzarmandlar borligi va ularning xulq-atvori halol kolxozchilarga ta’sir etganlari ham bu asarda ko‘rsatib berilgan.

To‘rt pardali bu musiqali dramada kompozitor Manas Leviyev milliy o‘zbek musiqalarini tinglovchilarga yoqimli, kuychan, jozibador ravishda qayta ishlab o‘z mohir kompozitorlik qobiliyatini ko‘rsatib bergan.

«Oltin ko‘l» musiqali dramada sho‘x va o‘ynoqi 2-3 ovozli xor asarlari, ansambllar, duyetlar, laparlar vositalari bilan mustaqil o‘zbek diyorining go‘zal manzaralarni, ozod kolxozchilar mehnatini, obu-havosini, yil fasllarining o‘zgartirishlarini yoritib bergan. Bu asarlar b’zan mungli va yoqimli, ba’zan sho‘x va o‘ynoqi jilolar bilan tinglovchilarga asar mazmunini yoritib beradi. Bular «O‘rgilay», «Qoshingni qarosiga», «Bizning kolxoz qizlari» va boshqa musiqiy asarlar o‘zbek musiqa madaniyatining oltin fondidan joy olgan.

Hozirgi davrda musiqali drama janri eng hayotiy va talabga javob beradigan musiqiy merosdirkim, rivojlanib borayotgan mustaqil respublikamiz taraqqiyotini, xalqlarimizning turmush sharoitlarini va tinch hayotini e’zozlaydigan asarlar bilan yana boyimoqda. Ko‘zga ko‘ringan kompozitor M.M.Burxonov aytganicha-»Opera janri bilan bir qatorda musiqali drama asarlari xalqimiz orasida eng kerakli va muhim janrlar qatoriga kiradi. Oxirgi yillar davomida kompozitorlarimiz bu janr yo‘nalishida ancha ijod qildilar. Bu janrda hayotimizdagi hilma-hil voqealar, turmush o‘zgarishlari va ayniqsa zamonaviy mavzulardagi asarlar ijod qilinmoqda».




Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish