Amaliy mashg’ulot-20
Bir cho’michli ekskavatorlarni avtomatlashtirish apparatlari bilan tanishish.
Bir cho’michli ekskavatorning ish jarayoni - ish sikli va xarakatlanishidan iboratdir. Ekskavator ish tsikli ketma-ket bajariladigan quyidagi jarayonlardan tashkil to’gandir:
kon jinsini qazish va cho’michni to’ldirish (qamrash);
cho’michni zaboydan ko’tarish;
cho’michni yuk to’kish joyiga burish;
cho’michdagi yukni trans’ort vositasiga yoki ag’darmaga bo’shatish;
zaboyga burilish;
navbatdagi qazish jarayonini boshlash uchun cho’michni joyiga tushirish.
Bir cho’michli ekskavatorlar ishga belgilanishi bo’yicha quyidagi guruhlarga bo’linadi: qurilishga mo’ljallangan universal, kar’er ishlariga mo’ljallangan, ochish ishlariga mo’ljallangan, draglayn (qadamlovchi) lar.
Do'stlaringiz bilan baham: |