Кириш рввиПУ


Ochiq kon korxonalari mashina va mexanizmlarining



Download 26,58 Mb.
bet7/170
Sana08.01.2022
Hajmi26,58 Mb.
#332571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   170
Bog'liq
11Konchilik mashinalarining elektr ta'minoti va avtomatlashtirish

Ochiq kon korxonalari mashina va mexanizmlarining

elektr jihozlari va elektr ta’minoti,

bir kovshli ekskavatorlarni elektr ta’minoti va elektr uskunalari

Reja:

  1. Ochiq kon korxonalari mashina va mexanizmlarining elektr jihozlari va elektr ta’minoti

  2. EKG -5 A ekskavatorining elektr uskunalari.

  3. GD- SMU sistemasi bo’yicha EKG-5A ekskavatori uzatmasining harakat printsipi

Umumiy ma’lumotlar

Ekskavatorlar tsiklli ishlovchi qazib-yuklash mashinalari hisoblanib, jinslarni yoki tuproqni qazish va ularni transport mashinalariga yuklash ishlarini bajaradi.

Ekskavatorlar qo’llanishiga ko’ra konchilik va qurilishda ishlatiladigan turiga bo’linadi. Konchilik ekskavatorlari qurilish ekskavatorlari bilan taqqoslaganda o’zining katta vazni, gabariti, quvvati va yanada og’ir ish sharoitlarda ishlashi bilan tavsiflanadi. Modomiki, konchilik ekskavatorlari asosan karьerlarda ishlatilib, dizelli uzatmalar bu yerda cheklangan qo’llanish olgunlariga qadar bu mashinalarga gaz bilan ifloslanish bo’yicha maxsus talablar qo’yiladi va ko’pchilik karьerlardagi ekskavatorlar 6 kV kuchlanishli yoki (10-35 kV)dan ko’proq uch fazali o’zgaruvchan tokda ishlaydi.

Ba’zi karьerlarda dizelli ekskavatorlardan foydalanish elektr tarmog’ini tarmoqlanishi zaruratidan voz kechish imkonini berdi va elektr energiyani qismlarga bo’lib, uzilishi uskunalarni bekor turib qolishini kamaytirishiga olib keldi. Karer gusenitsali ekskavatorlari ko’p dvigatelli uzatmaga ega: mexanizm uzatmalari bosimi, ko’tarilishi, burilishi va yurishi va shuningdek yordamchiga esa: kompressor uzatmalari, nasoslar va ventilyatorlar, dvigatellarga ega.

Elektrsimda o’zgarmas va o’zgaruvchan tok bo’lishi mumkin ( kam quvvatli –o’zgaruvchan tok, o’rta va katta –o’zgarmas tok)






1-Rasm – Karьer ekskavatorining quvvatlanish chizmasi 1 Elektr uzatish havo yo’li 6-10 kV, 2 Zaryadsizlagich, 3 Tayanch, 4 Yuqori volьtli ulash punkti,



5 Yuqori volьtli egiluvchan kabelь, 6 Ekskavator, 7 Kiritiladigan korobkaning tayanch izolyatorlari,8 Yuqori volьtli aylanma tok qabul qilgich, 9 i 10 birinchi va ikkinchi yuqori volьtli kabelli tutashtirgich
O’zgaruvchan tokning elektrsimi o’zgartirgich qurilmaga ega bo’lib, u tarmoq dvigateli va o’zgarmas tokning generatorlar guruhi yoki o’zgarmas tokning tristorli o’zgartirgichidan iborat.

Yordamchi mexanizmlar uzatmasi uchun qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatellar qo’llaniladi.Ekskavatorga egiluvchan kabel EEK (ekranlashtirilgan egiluvchan kabel ) orqali 6 kV kuchlanish uzatiladi yoki tarqatish yoki ulash nuqtasidan 6kV kuchlanishli karьer tarmog’idagi havo liniyasidan yoki kabeldan quvvatlanayotgan SHEHK ( shlangli egiluvchan havo kabeli) orqali uzatiladi.

Zamonaviy karьer ekskavatorlarining asosiy ishchi mexanizmlari o’zgarmas tok dvigatelida uzatmaga ega bo’lib, u bir valda aylanayotgan yuqori volьtli dvigatelь bosh uzatmasi generatordagi o’zgarmas tok (asinxron yoki sinxron) yoki tristorli rostlash o’zgartirgichdan quvvatlanadi.

Ekskavator dvigatelining asosiy uzatmalarini boshqarish uchun quyidagi boshqarish sistemasi qo’llaniladi:



  • SMU-G-D yoki EMU-G-D elektr mashina yoki magnit kuchaytirgich kuchidan;

  • SMU-PMU-G(generator)-D(dvigatelь)magnit kuchaytirgichi bilan magnit kuchaytirgich oralig’i kuchi birikishidan;

  • oraliq magnit kuchaytirgichdan tristorli statik o’zgartirgich bilan birgalikda fazarostlagichni boshqarish cho’lg’amining chiqish joyidan ulanishidan;

Barcha ekskavatorlarning asosiy uzatmalari G-D tizimida ishlaydi shunday ataladigan ekskavatorlar tavsifi bo’yicha (6-rasmda)keltirilgan, tok yuklamasidan dvigatel tezligi bilan bog’liq bo’lgan, statik joiz statik chegara holatiga erishish elektrodvigatelni tezligini keskin pasaytirib berishni ta’minlovchi deyarli to’liq to’xtatishgacha olib keladigan (to’xtatadigan rejim).

Boshqarish tizimining asosiy vazifasi elektr uzatma tok diagrammasini shakllantirishni, tezlikni oshirib berishni ta’minlab beruvchi, belgilangan vaqtda elektrodvigatelni reversivlash va tormozlash vazifalarini o’z ichiga oladi.

O’tish jarayonlarini shakllantirish va zarur statistik xususiyatlar boshqaruv tizimi orqali amalga oshiriladi.

Generator kuchaytirgichi bo’yicha yoki magnit kuchaytirgichli elektrmashinalar asosiy zanjirdagi tok bo’yicha o’zaro moslashuvchan manfiy aloqasi barqarorlashtiruvchi deb aytiladi.

Moslanuvchan bog’lanish tezlikni qo’llab-quvvatlash uchun chiqish miqdorini o’zgarmasga o’zgartirishga ya’ni masalan o’tish jarayonlarida jadallashtirishni cheklash yoki tezlikni rostlash uchun xizmat qiladi.

Bundan tashqari, moslanuvchan bog’lanish qayta rostlash miqdorini cheklashda shuningdek tizimning barqaror ishlashiga erishish uchun ham xizmat qiladi.

Keyingi vaqtlarda generatorlarni qo’zg’otishni boshqarish uchun tristorli o’zgartirgichlardan keng foydalaniladi. Elektrmashina yoki magnitli kuchaytirgichlar yordamida G-D tizimi bo’yicha elektr uzatmalarni boshqarish juda ham murakkab. Tristor o’zgartirgichli generatorlarni qo’zg’otish chizmasi elektr uzatmani boshqarish tizimida inertsion elementlarni o’z ichiga olgan ketma-ketlik kam sonni tashkil qiladi, bu o’z navbatida tizimda kuchaytirish umumiy koeffitsientini oshishiga imkon beradi va shu bilan birga xatoni rostlashni kamaytiradi.

Magnit kuchaytirgichli va elektrmashinalar chizmalarda boshqarish bilan elektrouzatmaning tashqi xususiyatlarini to’ldirish statistik koeffitsienti odatda K = 0ga teng, 8^0,85 va tristorli qo’zg’otishni qo’llash bilangina K =0,9^0,92ga yetkazilishi mumkin. Tashqi xususiyatini to’ldirishda koeffitsientning keyinchalik oshib borishi cheklanadi, bir tomondan tok keskin uzilganda potentsiometr quvvati oshib borsa, ikkinchi tomondan esa tok bo’yicha yig’ish qurilmasi(mag­nitli yoki elektromashinali kuchaytirgich) teskari aloqasi tufayli cho’lg’amda o’zgarmas vaqtning oshib boradi.

Dvigatel uzatmasi soni. Bosh mexanizmlarning uzatmalari uchun ko’pincha bir mexanizmga bir yoki (ikki va undan ko’p) bir nechta dvigatellar qo’llaniladi. Ekskavator elektrodvigatel uzatmalarida yuklamaning bir tekisda taqsimlanishini ta’minlash uchun har bir dvigatelning o’z generatoridan quvvat olishini ko’zda tutadi, generator yakori zanjiri va dvigatelni chizma bo’yicha birlashtirish uchun qulay imkoniyat yaratadi, mexanizm va dvigatellarga dinamik yuklamani eng kam miqdorda(elektrharakatlanuvchi kuch) EHK bir tekisda taqsimlanishini ta’minlaydi.

Elektruzatmaning so’ndirish qobiliyati hisobidan dvigatelni induvidual quvvatlanishi o’tish jarayonlarida (haydash va tormozlash) tezlik va o’rnatilgan tezlikka yaqin oraliqlarni tanlashda eng kam dinamik yuklamani ta’minlaydi.

Bunday holatlarda oraliqni tanlashda yakorda moslshuvchan manfiy aloqa ta’siri va tok juda ham kam bo’ladi va generator bo’yicha to’liq namoyon bo’ladi.

Oraliq tanlangandan keyin tok oshadi, berkituvchi kuchlanish ham asta-sekin ortib boradi, e.d.s.bo’yicha esa moslashuvchan manfiy aloqa signali kuchsizlanib boradi.Tobora moslanuvchan aloqaning kamayishi yakor zanjirida tokning oshishini sekinlashtirishni ta’minlaydi, barcha o’tish jarayonlarida zarur ravonlikni to’liq ta’minlaydi. Biroq, yuklamani bir tekisda har bir dvigatelning o’z generatoridan induvidual quvvatlanish chizmasi ko’p dvigatelli uzatma tarmoqlarida yuklamani bir tekisda bo’lishini ta’minlash ularni bir guruhga birlashtiradi, ikki elektrodvigatel va ikki generatorni o’z ichiga oladi, shu bilan generator va dvigatelning langar zanjirini ketma-ket birlashtiradi. Generator va dvigatelning langar zanjiri ketma-ket ulanganida ham dvigatelь rivojlana borayotgan paytda ham tok bir xil bo’ladi. Dvigatel oqimidagi farq ehtimoli uncha ko’p bo’lmaydi va uncha ko’p bo’lmagan farqni chaqiradi. CHo’lg’am guruhlarda yuklamani imkoni bor tenglashtirish maqsadida generatorni qo’zg’atish uchun tokka ulanadi, bunda dvigatel mexanizmining har bir tarmog’ida yuklamani rostlash mumkin bo’ladi.

SHu bilan guruhlarga kiritish uchun dvigatel tanlashda, masalan burilish uzatmasi ko’p narsalarga: reduktor stakani mexanizm burilishi joylashuviga, mexanizmning mustahkamligiga, uzatish nisbatiga, boshqarish tizimiga, dvigatelь va generator qo’shimcha qutblari va induktivli –kompensatsion cho’lg’amga, bosh zanjirga tokning kamayishi va tezligini oshib borishini belgilashga va shunga o’xshash boshqalarga bog’liq bo’ladi. Tarmoqlarida yuklamani boshqarish uchun generatorning qo’zg’otish cho’lg’ami ketma-ket –parallel birlashtiriladi. Bir generatorli va ikki dvigatelli uzatmalar uchun generator va dvigatellar langar zanjirini ketma-ket birlashtirish chizmasi yanada keng tarqalgan. Generatorlar sonini kamayishi qayta o’zgartiruvchi agregatga mashinalarni yanada yengil konstruktiv joylashtirishni va burilish platformasida agregatlarning o’zini ham joylashishini ta’minlaydi.

Qo’zg’otish. Ekskavatorning asosiy uzatmalaridagi generatorni qo’zg’otishni boshqarish uchun, yurish va tyaga, bosim, burilish, ko’tarish elektrodvigatellarni statistik va dinamik xususiyatlarini shakllantirishda bir kaskadli tizim qo’llanilsa va katta tokli magnit kuchaytirgich uchun ikki kaskadli tizim qo’llaniladi. G-D tizimi bo’yicha elektrouzatmani katta tokli magnit kuchaytirgich har qanday amaliy ehtimol bo’lgan kuchayish koeffitsientlarida va hattoki stabillashtiruvchi aloqa yo’q bo’lgan taqdirda ham turg’un bo’ladi.

Katta tokli magnit kuchaytirgichlarda tokning juda tez oqib o’tishi hisobiga o’tish jarayonlarini boshqarishda va shu bilan birga dinamik xususiyatlaridagi samarasiz farqlanish ekskavatorning ish jihozlarida mexanik kuchlanish keskin pasayishiga olib keladi. SMU-G-D tizimida o’tish jarayonini tezlatish jadallashtirish va elektr mashinalar bosh zanjirida tok bo’yicha moslanuvchan teskari bog’lanishning naqdligi hisobiga erishiladi.

EKG-5A ekskavatori 6 kV kuchlanishli karьer elektr tarmog’idan quvvatlanadi. Quvvatlantiruvchi kuchlanish ekskavator ishlayotgan joydan uzoq bo’lmagan joyda o’rnatilgan KRUN-6, YaKNO- 6 yoki KRUPP ulash nuqtasi yacheykasidan kabel yoki havo liniyasi orqali uzatiladi.

Keyin ekskavatorning yuradigan telejkasida joylashgan egiluvchan kabelga kuchlanish kiritish qurilmasi orqali uzatiladi. Keyin ekskavator aylanma platformasida (XA1) joylashgan tok uzatgichga va keyin kabelga o’tadi, markaziy tsapfa orqali ajratgich(QS) burilish platformasida o’rnatilgan KRUE yoki KVE ekskavator yacheykasiga kelib tushadi.

QS ajratgichi ulanganda 6 kV kuchlanish TME kuch transformatoriga uzatiladi, yordamchi qabul qilgichlar quvvatlanishi uchun bu yerda kuchlanish 0.4 gacha pasayadi (asosiy uzatmalarni sovutish sistemasi asinxron dvigatellar ventilyatorlari uzatmasi, kompressorlar va nasoslarning pnevmatik va gidravlik tormoz tizimi va moylash tizimida, payvandlash transformatori,yordamchi chig’ir, isitish, yoritish, aloqa, shuningdek quvvat olish uchun uch fazali magnit kuchaytirgich PDD 1,5V).


Kuch (QF) uzgich KRUE yacheykasiga, uni ulashda esa – M- dvigatelь uzatmasiga 6 kV kuchlanish uzatiladi. Dvigatel uzatmasining bir valida o’zgarmas tokning uch generatori joylashgan: (G1) ko’tarish generatori, yurish-burilish(G2), bosim(G3) va qo’zg’atuvchi(G4). Genaratorni qo’zg’atish cho’lg’ami magnit kuchaytirgich tizmidan quvvat oladi va generator aylanganida o’zgarmas tok hosil qiladi.

Bosh mexanizmlar dvigateli o’zgarmas toki generatorlardan quvvat oladi: ko’tarilish(M1);burilish(M2.1, M2.2) va KM1 kontaktorlari kontakti orqali yurish(M3); bosim(M5); va R qarshilik orqali qo’zg’otuvchiga doimo ulangan cho’mich tubini ochuvchi uzatma(M5), shunday qilib, dvigatel valida sekin aylanayotgan holat vujudga keladi,bu holat unga uncha katta bo’lmagan cho’mich tubini ochish mexanizmi arqonida sirtiy taranglik bo’lishini ta’minlaydi. Zarur holatlarda R qarshilik tubini ochishda KM2 kontaktori kontakti bilan shuntlanadi va shunday qilib cho’mich tubini ochishda mexanizm ishlab ketishi uchun M5 dvigateli valida kuchlanish yetarli darajada bo’ladi.



Ekskavatorning ish tsikli elementlari: A – tog’ jinslariga cho’michni qo’llash, B- burilish yuklamasi, V –cho’michdan yukni tushirish , G- qazish joyiga burilish, D – cho’michni qazish joyi pastiga tushirish

2-Rasm – Ekskavator asosiy mexanizmining yuklanish diagrammasi.1:ts- tsikl vaqti ,Ko’tarish yuritmasi:


t1- kovlash davri, t2- yukli cho’michni ko’tarish va uni bir maromda ushlash davri, t3- yukni tushirish davri, t4- yukni tushirgandan keyin qazish joyiga burilish vaqtida bo’sh cho’michni bir maromda ushlab turish, t5- burilishda Yuritma yuksiz cho’michini tormozni qo’llash bilan tushirish t6- yukli cho’mich bilan burilish platformasini tezlatish va tormozlash t7- bu ham uzatma bosimi yuksiz cho’mich bilan, t8- kovlashdagi bosim, t9-B03BpaT yukli cho’mich dastasi bilan orqaga t10- yukni bo’shatib burilishda yuklangan cho’mich dastasining siljishi, t11- qazish joyidan dastani yuksiz cho’mich bilan tortib chiqarish.

Diagrammadan ko’rinib turibdiki, ekskavatorning asosiy uzatmalarini ish tartibi yuklamaning tez-tez o’zgarishi bilan tavsiflanadi. SHuning uchun ham ekskavator mexanizmlari uzatmalarida yetarli darajada mayin ishlaydigan va boshqariladigan xususiyatlarga ega bo’lishi kerak. Eng ko’p darajada bu talablarga o’zgarmas tok dvigateli javob beradi, shuning uchun ham ekskavatorning asosiy uzatmalari uchun aynan shu qo’llaniladi. Ekskavatorlarga o’zgarmas tokning DPiDPE, DPV markasidagi maxsus, ekskavator dvigatellari qo’llaniladi. Ekskavatorning asosiy mexanizmlari qo’yidagilar: cho’michni ko’tarish mexanizmi, bosimni uzatish mexanizmi, burilishi va yurish mexanizmlari hisoblanadi.

Yuqorida aytib o’tilganidek, karьerlardagi ekskavtorlar og’ir ish sharoitlarida ishlashi bilan xarakterlanadi. 2 rasmda MiR = f(t) asosiy uzatmalar ishi xususiyatlari taqdim etilgan.

Yuritmalarni boshqarish va rostlash. Ekskavatorning asosiy mexanizmlari asosiy uzatmasini rostlash zarurligi haqida aytib o’tilgan edi. Ana shu maqsadda turli markadagi ekskavatorlarga turli tizimdagi uzatmalar qo’llaniladi.

EKG-8I tipli ekskavatorlarga GD - EMK sistemasi(elektromashina kuchaytirgichli generator- dvigatelь), EKG-5A ekskavatorlariga GD- SMU (xuddi shunday, ammo katta tokli magnit kuchaytirgichli) sistemasi qo’llaniladi, ularning ikkala sistemasini ham ishlash printsipi bir-biriga o’xshashdir. Bugungi kunda uzatmalarni regulirovka qiluvchi tiristorli o’zgartirgichlardan foydalangan holda tizim ishlab chiqilib, sinab qo’rilmoqda, biroq texnologik sabablarga ko’ra bu tizim hali keng qo’llanilayotgani yo’q. EKG-5 ekskavatorlarining yuritma dvigateli – asinxron yuqori volьtli AE, katta quvvatli va EKG-8I markali ekskavatorlarda- SDE sinxron bo’ladi.

Murmansk viloyatidagi konlarda asosan EKG- 5A, EKG-8I, EKG-10, EKG-12,5 markasidagi (EKG – gusenitsali karьer ekskavatori) ekskavatorlardan foydalaniladi va to’g’ri va qayta parrak qurilmali gidravlik ekskavatorlardan foydalanish boshlangan.Elektrli o’rniga dizelli uzatmani qo’llash samaradorligi va maqsadga muvofiqligi masalasi yechilmoqda.EKG markali ekskavatorlarning turli sig’imdagi cho’michi 5dan 25 m3gacha bo’ladi. CHo’mich hajmi ekskavator tipi belgisida ko’rsatilgan.

4-rasmda EKG-5A ekskavatorining elektr ta’minoti chizmasi ko’rsatilgan. U o’zining uzatma dvigateli tipi, kuch transformatori quvvati va dvigatelning ko’tarilish va burilish soni bilan ajralib turadi. Kiritish qurilmasiga ekskavator yuritish aravachasida joylashgan KSHVG yoki KGE-6 markadagi moslashuvchan kabel orqali 6 kV kuchlanish uzatiladi, burilishi platformasida turgan tok o’tkazuvchi xalqadan(XA-1) va keyin ekskavator 6 kV yacheykasi markaziy tsapfasi orqali kabelь bo’yicha uzatiladi.


4 –rasm. EKG-5A ekskavatorining elektr ta’minoti chizmasi va umumiy ko’rinishi.

KRUE yoki KVE yacheykasi (QS) ajratgichdan iborat bo’lib, saqlagichlar (predoxranitelь) FU va kuchli tok kabeli QF1. QS ajratgichdan keyin kuchlanish o’z ehiyoji uchun ya’ni PDD 1,5V uch fazali magnit kuchaytirgich kuch transformatorini TME 40/6/0,4kV quvvatlantirish uchun, asosiy uzatmalarni sovutish tizimi yordamchi asinxron dvigateli uchun, nasos ( gidravlik va pnevmatik tormoz tizimida bosimni hosil qilish uchun) va kompressorlarni quvvatlantiradi. Parallel ravishda kuchlanish KRUE yacheykasidagi (QF1) kuch transformatoriga uzatiladi, u ulanganidan keyin esa M dvigatelь uzatmasi (asinxron- EKG-5 ga)ga uzatiladi. Dvigatelь uzatmasi bilan bir valda o’zgarmas tokning to’rtta generatori aylanadi: (G1) ko’tarish generatori, burish-borish(G2), bosim (G3) va(GE). qo’zg’atuvchi. Genaratorni qo’zg’atish chulg’ami magnit qo’zg’otgichlar tizimidan quvvat oladi va aylanish paytida generatorlar o’zgarmas tok hosil qiladi. Kabellar bo’yicha generatordan tegishli mexanizmlar quvvatlanadi: ko’tarish(M1); burish(M2.1,M2.2) va KM1 kontaktor kontaktlari orqali borish(M3); bosim(M4); va R qarshilik orqali doimiy qo’zg’otgichga ulangan (M5) cho’mich tubini ochish uzatmasi, natijada M5 dvigatelь valida uncha ko’p bo’lmagan aylantiruvchi moment hosil bo’ladi, bu o’z navbatida u uchun cho’mich tubini ochish mexanizmi arqonning zaif joyini tanlash imkoniyatini yaratadi. Zarur hollarda R qarshilik tubni ochish uchun KM2 kontaktor kontakti bilan shuntlanadi va M5 dvigatel validagi kuch tubni ochishda mexanizmni yeyilib ketishi uchun yetarli bo’ladi.

SHuni alohida qayd qilish joizki, EKG- 5A markali ekskavatorlarda dvigatelь bosimi bevosita o’qda joylashadi. EKG- 8I ekskavatorlarida dvigatelь bosimi buriladigan platformada joylashgan bo’ladi.Dvigatelь yo’li yuradigan aravachada joylashgan bo’lib va u XA2 tok o’tkazgich orqali quvvat oladi.


Download 26,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish