Кириш рввиПУ


Tor qamrovchi kombaynlar bilan ko’mir qazishning afzalliklari



Download 26,58 Mb.
bet56/170
Sana08.01.2022
Hajmi26,58 Mb.
#332571
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   170
Bog'liq
11Konchilik mashinalarining elektr ta'minoti va avtomatlashtirish

Tor qamrovchi kombaynlar bilan ko’mir qazishning afzalliklari

va ularning texnik tavsiflari

Tor qamrovchi kombayn zamonaviy qazib olish uskunalari kompleksining asosiy qazuvchi mashinasi bo’lib, mexanizatsiyalashgan suriluvchi hamda yakka mustaxkamlagichlar bilan birgalikda ishlatiladi.

Kombayn lavaning ish suratini, mexnat unumdorligini va qazish uchastkasining barcha texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlarini belgilaydi, shuning uchun unga yuqori talablar qo’yiladi. Kombayn sodda va ishonchli konstruktsiyali bo’lishi va quyidagilarni ta’minlashi kerak: yuqori unumdorlik va samaradorlik, qazish ishlari intensivligi; butun qatlam qalinligi bo’yicha barcha qattiqlikdagi va yopishqoqlikdagi ko’mirni qazib olish va yuklash, bunda ko’mirni maydalanishi va chang ko’tarilishi minimal darajada bo’lishi, eng kam energiya sarfi; massivdan nishasiz o’zi uchun burg’ulab ish zaboyini yaratish; o’zgaruvchan haraktlanish tezligini avtomatik boshqarish, yuklamalardan ishonchli himoyalanish; qo’llanish ko’lamining kengligi. Undan tashqari kombayn sanitar-gigienik qoidalarni i komfort ish sharoitlarini ta’minlashi zarur.

Tor qamrovchi kombaynlarni ratsional qo’llash ko’lami:

- 0,55 - 0,8 m qalinlikdagi qatlamlarda – vertikal aylanish o’qli burg’ilovchi va barabanli ishchi organli kombaynlar;

- 0,8 - 1,2 m qalinlikdagi qatlamlarda – gorizontal aylanish o’qli barabanli ishchi organlardan tashqari barcha kombaynlar;

- antratsit qatlamlari, energetik ko’mir, qaerdaki ko’proq iqtisodiy samara beruvchi yirik o’lchamli qirindi chiqishi kerak bo’lsa – burg’ilovchi ishchi organli kombaynlar;

- yon qoplama tog’ jinslari bilan aniq chegaraga ega bo’lgan qatlamlarda ko’mirni intensiv ajratib olishda, barqaror krovlyada – vertikal aylanish o’qli barabanli ishchi organli kombaynlar;

- krovlyasi barqaror bo’lmagan, qatlam qalinligi o’zgaruvchan qatlamlarda va qaerdaki kombaynni boshqarish qiyinlashgan va kuzatish imkoniyati kamaygan zaboylarda – boshqaruv pulьti ko’chiriladigan tipdagi kombaynlar qo’llaniladi. Bunday PU va KU tipdagi kombaynlar kabel yoki radio orqali masofadan boshqariladi..

Xulosa qilish mumkinki, tor qamrash bilan ko’mir qazib olish qazish ishlarini kompleks mexanizatsiyalashtirishni rivojlantirishning asosiy texnik yo’nalishidir. U ko’mir qazib olish texnologiyasiga sifatli o’zgartirish kiritadi, lavadagi yuklamani ko’paytiradi va mexnat unumdorligini oshiradi, mexnat sharoitlarini yaxshilaydi, kon ishlari intensivligini oshiradi va shaxta ishining texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlarini ko’taradi.

Tayyorlovchi ishlarni o’tkazish uchun kovlab boradigan komplekslar o’z tarkibiga kovlab boradigan kombaynlarni va tabiiy ravishda kVt; o’rnatilgan katta quvvatli elektr uzatmalar KN5N – 145, KRT – 417, «Soyuz-19» – 910 oladi.

« Soyuz-19» kovlab boradigan kompleksi professor M. M. Protodьyakonov f = 6 – 10 shkali bo’yicha qattiqlik koeffitsienti jinslar bo’yicha magistral mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarishlarni o’tkazish uchun mo’ljallangan. Ana shu kompleksning kombayn ijro organlari uzatmasi 160 kVt quvvati bo’yicha to’rtta yuritgichdan tarkib topgan har bir kuchlanish boshqaruv apparaturasiga muvofiq 1140 V s bo’lib va ta’minlash manbasi va himoyalash; 660V kuchlanishda –qolgan elektr jihozlar kompleksidan iborat.

“Soyuz-19” kompleksi boshi berk ishlab chiqarishda ishlaydi, shu sababli ham changni yo’qotishni ta’minlash bo’yicha PB talablariga rioya qilinadi, ishlab chiqarishda havoni yangilashni nazorat qilish, gaz himoyasi, elektr ta’minotini maxsus sxemasi. CHangni yo’qotish tizimini normal faoliyatidagi yo’l qo’yilgan kamchilik amaliyotda to’xtatiladi, shunday qilib tegishli himoyalash va yo’l qo’yib bo’lmaydigan kombayn ishchi organlari elektr uzatmalarini uzib qo’yishni blokirovka amalga oshiradi.

2 rasm. «Soyuz-19» yuritgichi bilan kovlab boradigan komplekslar sxemasi:

M1-M4 — ijro organi; M5chig’ir; M6, M7 gidrotizim; M8, M9 —changso’rgich;

M10sug’orish nasosi; M11, M12 — konveyer va yuk tushirgich-yuk ortgich ; M13, M14boldirg’a organlari; M15 nasos qoplami; M16turtgich; M17 — ko’targich mustahkamlagichi. Bosimning pasayishi va sug’orish tizimida su v hajmi, chang yutgichni yoki sug’orish nasosini o’chirish.

Havo miqdorini nazorat qilish AKV apparaturasi orqali amalga oshiriladi, metanning miqdori – gazdan avtomatik himoyalash.

«Soyuz-19» komleksining elektr ta’minoti o’ziga xos xususiyati (2 rasm) shundan iboratki, sxema ajratish quvvatning o’ziga xosligi. Sxema ikkita TSSHV-630-6/6 ajratuvchi transformatorlardan foydalanishni ko’zda tutadi, parallel ravishda statsionar tarzda kamera o’rnatilgan, havoni toza jilg’alari bilan yangilash . Transformatorlarning birini ikkilamchi cho’lg’amining nolinchi nuqtasidan umumtarmoqli himoya apparati tarmoqqa tok sizib chiqishidan himoyalash uchun ulangan, o’z navbatida boshi berk ishlab chiqarishda joylashgan barcha elektr jihozlarini avtomatik tarzda o’chishini, 6 kV alohida tarmoqda izolyatsiyada qarshilikni kamayishini amalga oshiradi.

Ajratgichli transformatorlardan shtrekning alohida kamerasiga o’rnatilgan 1,2, 3 pasaytiruvchi transformator nimstantsiyalari quvvatlanadi.

Mahalliy ishlab chiqarishni shamollatish ventilyatori kovlab kiradigan komplekslarga bog’liq bo’lmagan boshqa taqsimlovchi punktdan quvvatlanadi(sxemada ko’rsatilmagan)

660 V li magnitli ishga tushirgichning avtomatik uzgichlari energopoezdga ulangan, u boshi berk ishlab chiqarishga bevosita joylashtirilgan va ular bir vaqtning o’zida kompleks bilan qayta joylashtiriladi.

Kompleksning elektr qabul qilgichlarni birlashtirish nominal kuchlanishidan qat’iy nazar 1140 V kuchlanishli moslashuvchan GRSHE kabeli orqali amalga oshiriladi.

(2 rasmga qarang) Sxemasi soddashlashtirilgan bo’lishi mumkin: 1, 2 i 3 transformator nimstantsiyalari energopoezdga joylashtirilgan, ya’ni chuqur kiritgich sxemasi ham bo’lishi mumkin (4); avtomatik uzgich va ishga tushirgichlar magnit stantsiya bilan almashtirilgan.



Download 26,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish