O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
“KONCHILIK KORXONALARINI ELEKTRLASHTIRISH VA ELEKTR TEXNOLOGIYALAR”
o‘quv fanidan
talabalar bilimini reyting tizimi asosida
BAHOLASH MEZONLARI
NAVOIY – 2017
Tuzuvchi: O.U. Zoxidov ‑ “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va
elektr texnologiyalari” kafedrasi katta o’qituvchisi
“Konchilik mashinalarining elektr ta’minoti va avtomatlashtirish” fanidan
talabalar bilimini reyting tizimi asosida
BAHOLASH MEZONLARI
Ushbu baholash mezonlari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2013 yil 13 dekabrdagi 470-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013 yil 13 dekabrdagi 1981-2-son bilan davlat ro’yxatidan qayta o’tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risidagi Nizom”talablariga muvofiq ishlab chiqilgan.
«Konchilik mashinalarining elektr ta’minoti va avtomatlashtirish» fanidan tayyorlangan ushbu baholash mezoni 5310700-“EEE” bakalavriat ta’lim yo’nalishlarining to’rtinchi bosqich talabalari uchun mo’ljallangan.
KIRISH
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishning yangi sifat bosqichida oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilishning reyting tizimini joriy etishdan maqsad mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish orqali raqobatbardosh yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir. Oliy o’quv yurtlarida talabalarning bilim darajasi asosan reyting tizimi bo’yicha baholanadi. Talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash – talabaning butun o’qish jarayoni davomida o’z bilimini oshirishi uchun muntazam ishlashi hamda o’z ijodiy faoliyatini takomillashtirishini rag’batlantirishga qaratilgan.
Ushbu baholash mezonlari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2013 yil 13 dekabrdagi 470-sonli buyrug’i bilan tasdiklangan va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013 yil 13 dekabrdagi 1981-2-son bilan davlat ro’yxatidan qayta o’tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risidagi Nizom” talablariga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 14 avgustdagi “Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish” to’g’risidagi 286-sonli buyrug’i ilovasidagi yo’riqnoma hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 15 avgustdagi 332/1-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Konchilik mashinalarining elektr ta’minoti va avtomatlashtirish” fanining o’quv dasturi va ushbu fanning ishchi o’quv dasturi asosida ishlab chiqilgan.
Ushbu baholash mezoni NDKI “Kon mashinalari elektr jixozlari va elektr ta’minoti” fanidan talabalar bilimini baholashda keng foydalanishga tavsiya etilib, ayni paytda talabalar uchun ham mazkur fanni o’zlashtirish jarayonida qanday ballar to’plash mumkinligi haqida tasavvurga ega bo’lish imkonini beradi.
Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |