to’rtinchi bosqichi
(1998-2002 yillar) ning
asosiy vazifalari sifatida davlat byudjetiga xususiylashtirishdan tushgan
mablag’larni yo’naltirish, xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investitsiyalarni
jalb etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilik yangi munosabatlarini
to’laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish tadbirlarini amalga oshirish
belgilandi.
O’zbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining
hozirgi -
beshinchi bosqichi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24
yanvardagi «O’zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini
tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni bilan bog’liq. Mazkur
Farmon yaqin istiqbolga yo’naltirilgan. Iqtisodiy nochor davlat korxonalarini
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashgirish jarayonini jadallashtirish,
shuningdek, mazkur korxonalarni modernizatsiyalash va barqaror rivojlantirish
uchun to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan
ob’ektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi. Xususan,
xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining boshlang’ich narxlarini sekin-
asta pasaytirib borishi, hamda davlat, iqtisodiy nochor korxonalarni va past likvidli
ob’ektlarni nol darajadagi xarid qiymati bo’yicha tanlov asosida investitsiya
majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlandi.
Respublikada xususiylashtirishning maqsadli yo’naltirilganligi uning navbatdagi
xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda aniqroq va
natijaliroq qatnashishi imkonini beradi. Xususiylashtirishning maqsadli
yo’naltirilganligi uy-joylarning o’z egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida,
aholining ko’proq muhtoj va zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlashning turli xil
dasturlari byudjet mablag’lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o’z yordamchi
xo’jaligi uchun chek yerlar olishi kabilarda ifodalanadi.
O’zbekistonda xususiylashtirishning to’lovliligi uning navbatdagi muhim
xususiyatidir. Pulni to’lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va ob’ektlarni
xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog’liq salbiy holatlar bartaraf
etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan
asosiysi avvalo, tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan
qo’llab-quvvatlashning Moliyaviy manbalari paydo bo’ladi, bozor
infrastrukturasini barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy
muhofazalash dasturini ro’yobga chiqarish uchun mablag’lar jamlanadi.
Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish yo’li orqali ularning mulkchilikning
boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan olinadigan
mablag’lar shu korxonaning o’zini qo’llab-quvvatlashga, yangi raqobatlashuvchi
korxonalar
barpo
etishga
ham
sarflanadi.
Navbatdagi muhim xususiyat — respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish
chog’ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta’minlandi. Ijtimoiy
kafolatlar bir butun imtiyozlar tizimi orqali yaratildi. Bular xususiylashtirilayotgan
korxona mehnat jamoasiga aktsiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi
mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infrastruktura ob’ektlarini bepul
topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog’lar va shu kabilarni
imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish, hamda soliq to’lashda ayrim imtiyozlar
berish
kabilardir.
Respublikada davlat mulkini xususiylashtirishning o’ziga xos boshqa jihatlari
Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan bayon qilingan iqtisodiy islohotlarni amalga
oshirishning asosiy qoidalaridan kelib chiqadi. Bular quyidagilar:
a) davlat mulkini xususiylashtirish respublikada amalga oshirilayotgan
islohotlarning ichki mantiqiga bo’ysindiriladi va ularning asosini tashkil qiladi;
b) mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi;
v) xususiylashtirishni huquqiy-me’yoriy jihatdan ta’minlashda qonunlarga rioya
etiladi.
Respublikamizda xususiylashtirish bo’yicha qo’yilgan vazifa, davlat sektori bozor
sharoitida ham sezilarli rol o’ynashini inkor qilmaydi. Chunki iqtisodiyotning
davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak bo’lgan sohalari ham mavjud. Bunday
korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon
beradigan xo’jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi.
Bozor munosabatlariga o’tishning asosiy sharti ko’p ukladli iqtisodiyotni va
raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan
iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Shu sababli
respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov mulkchilik masalasini hal qilishni
«...bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi
bo’lib xizmat qiladi» deb alohida ta’kidlab ko’rsatadi. Uzoq yillar mobaynida
respublikamiz iqtisodiyotida umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa
davlatlashtirilgan mulk to’liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda
umumxalq mulki, deb hisoblangan mulk sub’ekti sifatida davlatning chiqishi
jamiyat a’zolari o’rtasida bu mulkga «hech kimniki», «davlatniki», «birovning
mulki»
deb
qarashlarning
shakllanishiga
olib
keldi.
Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o’tish davrida mulkchilikda davlat
sektorining salmog’i ancha yuqori bo’lgan mamlakatlarda bu mulkning ma’lum
kismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. Shunga
ko’ra, O’zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida haralib, «Davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida»gi Qonunida (1991 yil 19
noyabr)
quyidagicha
ta’rif
beriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |