[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.12.00 Oliy ta’limdan keyingi ta’lim (aspirantura, ad’yunktura, doktorantura, tadqiqotchilik)]
[
TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
NAVOIY DAVLAT KONChILIK INSTITUTI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI HAMDA KON-METALLURGIYA SANOATI KORXONALARINI YuQORI MALAKALI MUTAXASSISLAR BILAN TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kon-metallurgiya sanoati uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil qilishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 12-apreldagi PF-2829-son Farmoniga muvofiq hamda Navoiy davlat konchilik institutining yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash yuzasidan samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish korxonalarini hamda respublika kon-metallurgiya ishlab chiqarishlarini mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(kirish qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-maydagi 237-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2004-y., 20-son, 236-modda)
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2001-yil 1-iyulgacha belgilangan tartibda Navoiy davlat konchilik institutini texnika kolleji, biznes-maktab va litsey-internat bilan birgalikda “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni tarkibiga bepul o‘tkazsin.
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi vazifalarini ro‘yobga chiqarish yuzasidan Navoiy davlat konchilik institutining o‘quv-metodika ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga yuklansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oliy o‘quv yurtlarini moliyalashtirishning tasdiqlangan normativlari bo‘yicha har yili Navoiy davlat konchilik institutining budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanishini saqlab qolsin.
4. Navoiy davlat konchilik instituti, “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda:
2000-2001 o‘quv yili tugagandan so‘ng institut, uning fakultetlari va kafedralari tuzilmasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritsinlar, institut ustavini tasdiqlasinlar;
ikki oy muddatda, “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni korxonalari hamda respublika kon-metallurgiya tarmog‘ining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlari bo‘yicha soha mutaxassisliklari ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqsinlar, o‘quv rejalari va dasturlarini qayta tasdiqlasinlar, ilg‘or pedagogika texnologiyalarini, shu jumladan o‘qitishning dual tizimini joriy etishni hisobga olgan holda o‘quv jarayonining tashkil etilishiga o‘zgartirishlar kiritsinlar;
yangi o‘quv yili boshlangunga qadar institut kafedralari va fakultetlarini yuqori malakali pedagog kadrlar bilan, shu jumladan “Qizilqumnodirmetalloltin” konsernining kon ishlari va metallurgiya bo‘yicha tajribali ishlab chiqarish mutaxassislarini, shuningdek xorijiy davlatlarning yetakchi o‘quv va ishlab chiqarish markazlaridan mutaxassislar taklif etish hisobiga butlash chora-tadbirlarini ko‘rsinlar;
Navoiy davlat konchilik instituti, kon-metallurgiya yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Xorijiy mamlakatlarning kon-metallurgiya yo‘nalishidagi yetakchi oliy o‘quv yurtlari, ilmiy va ishlab chiqarish markazlari bilan hamkorlik qilish, talabalar, o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar ayirboshlashni rivojlantirish dasturini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar.
5. “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni raisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda attestatsiya komissiyasi tashkil etsin hamda 2001-yil 1-sentabrgacha Navoiy davlat konchilik institutining professor-o‘qituvchilar tarkibini attestatsiyadan o‘tkazsin.
6. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni va respublika kon-metallurgiya tarmog‘ining buyurtmanomalarini hisobga olgan holda 2001-2002 o‘quv yilida Navoiy davlat konchilik institutiga talabalar qabul qilish rejasi yuzasidan belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Navoiy kon-metallurgiya kombinati:
(7-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-maydagi 237-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2004-y., 20-son, 236-modda)
Navoiy davlat konchilik institutini kombinat mablag‘lari hisobiga zamonaviy o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, o‘qitishning texnik vositalari va kompyuter texnikasi, yangi darsliklar va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash to‘g‘risidagi;
2001-yilda va keyingi yillarda kombinat mablag‘lari hisobiga Navoiy davlat konchilik institutini joriy va mukammal tuzatish, institut o‘quv korpuslari hamda yotoqxonalarini rekonstruksiya qilish va jihozlash, shuningdek taklif etilgan o‘qituvchi-professorlar tarkibiga uy-joy berish to‘g‘risidagi;
Navoiy davlat konchilik instituti professor-o‘qituvchilari va xodimlariga Navoiy kon-metallurgiya kombinati xodimlarini moddiy rag‘batlantirish haqidagi amaldagi qoidani joriy etish, ushbu maqsadlar uchun kombinat ixtiyorida qoladigan foydadan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Navoiy davlat konchilik institutining 2 ming talabaga mo‘ljallangan o‘quv-laboratoriya korpusi va Navoiy shahrida 400 o‘rinli yotoqxona qurilishi va jihozlanishishi 2002-yildan boshlab Respublika investitsiya dasturlariga kiritishni nazarda tutsinlar, ushbu obyektlar qurilishi 2004-yil 1-avgustgacha tugallanadi va foydalanishga topshiriladi.
(8-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyuldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati ko‘rsatib o‘tilgan obyektlarning tegishli texnik qismi mavjud bo‘lgan tender hujjatlarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va ushbu obyektlar qurilishi bo‘yicha bajaruvchini aniqlash yuzasidan tender o‘tkazsin.
(8-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-maydagi 237-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2004-y., 20-son, 236-modda)
Navoiy viloyati hokimligi ushbu obyektlar qurilishi uchun belgilangan tartibda bir oy muddatda yer uchastkasi ajratsin.
9. “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi hamda Markaziy bank bilan birgalikda konsern yo‘llanmalari bo‘yicha chet mamlakatlar oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni xohlovchi shaxslarni tanlov bo‘yicha tanlash va ularni o‘qitish haqini to‘lash tartibini, shuningdek o‘qishni tugatgach ularning konsern korxonalariga ishga qaytib kelishini kafolatlovchi shartlarni ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Navoiy kon-metallurgiya kombinati yo‘llanmalari bo‘yicha o‘qigan va konsern korxonalarida ishlaydigan mutaxassislarga chet mamlakatlarda berilgan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomlarni Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qaroriga 2-ilovaning 7-bandiga muvofiq tan olish va nostrifikatsiyalashni belgilangan tartibda amalga oshirsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-maydagi 237-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2004-y., 20-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
12. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Navoiy, Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlari hokimliklari oliy o‘quv yurtlarini tugatganlarga, MDH mamlakatlaridan taklif etilgan yuqori malakali mutaxassislarga va ularning oila a’zolariga ularning Navoiy kon-metallurgiya kombinatida ishlash davri uchun respublikada bo‘lishiga ruxsatnomalarni va ularni ro‘yxatdan o‘tkazishni ko‘pi bilan uch oy muddatda rasmiylashtirsinlar.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-maydagi 237-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2004-y., 20-son, 236-modda)
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari H.S. Karomatov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 13-aprel,
173-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 4-son, 42-modda; 2004-y., 20-son, 236-modda)