Kirish Pillachilik



Download 258,14 Kb.
bet1/6
Sana10.06.2022
Hajmi258,14 Kb.
#650175
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu O’zbekistonda pillachilikni rivojlantirish masalalari


MUNDARIJA :
Kirish

  1. Pillachilik tarmog’i

  2. Mamlakatimizda pillachilik sohasi faoliyati.

  3. O’zbekistonda pillachilikni rivoji.Radiant silk MCHJ misolida

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Pillachilik — ipak qurti boqish, pilla yetishtirish majmui; qishloq xoʻjaligining ipakchilik sanoati uchun xom ashyo yetkazib beradigan asosiy tarmoqlaridan biri.
Pillachilik tarmoq sifatida Pillaning ozuqa manbai boʻlgan tutzorlar barpo qilish; tutning yangi navlarini yaratish; ipak qurtining zotlari va durapillalarni yaratish; naslchilik ishlari, ipak qurti boqib, uning tuxumini yetishtirish; ipakchilik sanoati uchun tirik pilla tayyorlash; pillani quritib, quruq pilla standarti talablariga moye keltirib korxonalarga topshirish; pillani dastlabki qayta ishlash va boshqalarni o'z ichiga qamrab oladi.
Oʻzbekistonda tut ipak qurti urugʻini tayyorlash, qurtini boqish, pillani dastlabki ishlash (dimlash va quritish), yangi qurt zotlari va duragaylarini yaratishni va tutchilikni oʻz ichiga olgan mukammal majmua yaratilgan. Tut ipak qurti respublikaning barcha viloyatlarida yetishtiriladi. Respublika xududida tut ipak qurti juda qadimdan boqiladi. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, ipak qurti boqish milodiy 4-asrda Xitoydan Oʻrta Osiyoga tarqalgan. 1913-yilda Oʻzbekistonda 4 ming tonnaga yaqin pilla yetishtirilgan boʻlsa, uning 90% Fargʻona vodiysiga toʻgʻri kelgan. 1922-yilda Toshkentda "Turkipak" aksiyadorlik jamiyatining tashkil etilishi pillachilikni rivojlantirishda muhim bosqich boʻldi. 1927-yil Toshkent ipakchilik styasi negizida Oʻrta Osiyo ipakchilik i.t. instituti (1991-yildan Oʻzbekiston ipakchilik instituti) tashkil etildi. 1930-yillarda tut koʻchati yetishtirishga aloxida eʼtibor berila boshlandi.
1940—90-yillarda Pillachilikda yuqori oʻsish surʼatlariga erishildi, pilla yetishtirish deyarli 3 baravarga koʻpaydi. 1991-yilda respublikada 33,8 ming tonna pilla tayyorlandi. 1993-yildan pilla yetishtirish davlat buyurtmasidan chiqarilib, uni harid qilish erkin kelishilgan narxlar asosida olib boriladi. Respublikada Pillachilik tarmogʻida 13 hududiy (viloyat) "Pilla" aksiyadorlik birlashmasi, 122 tuman "Pilla" aksiyadorlik jamiyatlari, tut urugʻi, niholi, koʻchatlari yetishtirishga ixtisoslashgan 10 shirkat xoʻjaligi, 3 ta naslli urugʻchilik zavodi (Andijon, Samarqand, Fargʻona), 13 pillachilik - tuxumchilik zavodi (Andijon, Asaka, Buxoro, Shahrisabz, Navoiy, Namangan, Samarqand, Toshkent, Kattaqoʻrgʻon, Fargʻona, Qoʻqon, Urganch, Xoʻjaobod), 8 pillakashlik korxonalari (Toshkent "Tola", "Margʻilon ipagi", Fargʻona "Buyuk ipak yoʻli", Samarqand "Hujum", "Buxoro ipagi", "Namangan ipagi", "Bulokboshi ipagi", "Xorazm ipagi") aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat koʻrsatadi. 2002-yilda Respublika Pillachilikda 21500 tonna tirik pilla, 8290,2 tonna quruq pilla tayyorlandi, 1003,2 tonna xom ipak, 130 tonna yigirilgan ipak ipi ishlab chiqarildi, 415 ming quti ipak qurti tuxumi tayyorlandi, 1,5 million dona tut koʻchati yetishtirildi. Tarmoqda 19 mingga yaqin xodimlar band.
Tutchilik, zotli tuxumchilik muammolari va Pillachilik sohasi uchun kadrlar tayyorlash bilan Toshkent agrar universiteti ipakchilik kafedrasi va Oʻzbekiston ipakchilik instituti shugʻullanadi.
Jahonda pilla yetishtirish va xom ipak ishlab chiqarish boʻyicha Oʻzbekiston Xitoy, Yaponiya va Hindistondan keyin 4-oʻrinni egallaydi. Hozirgi kunda yetishtirilayotgan pilla respublikaning hamma pillakashlik korxonalarini toʻliq taʼminlash bilan birga uni chet elga sotish imkonini ham beradi.
Pillachilik Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Koreya, Braziliya, Tayvan, Pokiston, Suriya, Turkiya, Ispaniya, Misr va boshqa mamlakatlarda rivojlangan. Tabiiy ipak jahonda ishlab chiqariladigan toʻqimachilik tolalarining faqatgina 0,5% ni tashkil etadi, lekin ipak va ipak gazlamalarning texnika va maishiy turmushda keng qoʻllanilishi tufayli jahon bozorida tabiiy ipakka boʻlgan talab juda yuqori (yana qarang Ipakchilik sanoati).

Download 258,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish