Kirish Pedagogik jarayon va uning tuzilishi


Yagona pedagogik jarayonning etaplari



Download 37,29 Kb.
bet3/5
Sana22.04.2022
Hajmi37,29 Kb.
#574480
1   2   3   4   5
Bog'liq
Pedagogika jarayon tamoyillari

3. Yagona pedagogik jarayonning etaplari. Yagona pedagogik jarayon tayyorgarlik, asosiy, xulosa kabi etaplardan tuzilgan.
Pedagogik jarayonning tayyorgarlik etapida jarayonning amalga oshi-rilishi uchun shart-sharoit yaratiladi. Bu etapta qo’yidagi masalalar hal eti-ladi: maqsadni belgilash, sharoitni diagnostikalash, natijalarni prog-nozlash, jarayonning rivojlanishini loyihalash va rejalashtirish.
Pedagogik jarayonni amalga oshirishning asosiy etapini alohida-alo-hida tizim sifatida qarash mumkin. U bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan qo’yidagi elementlardan iborat: bo’lajak faoliyatning maqsadi va vazifa-larini qo’yish va ochib berish; pedagogik jarayonning beliglangan metodlari, vositalari va shakllaridan foydalanish; optimal sharoitni yaratish; o’quv-chilar faoliyatini rag’batlantirishning xar xil turlarini amalga oshiri; pedagogik jarayonni boshqa jarayonlar bilan bog’liqligini ta’minlash.
Pedgogik jarayonni amalga oshirish etapida tezkor boshqarish qarorla-rini qabul qilishga asos bo’ladigan teskari aloqa katta ahamiyatga ega. Teskari aloqa – jarayonni sifatli boshqarishning asosi.
Pedagogik jarayonning tsikli qo’lga kiritgan natijalarni tahlil qi-lish bilan yakunlanadi. U kelajakda xatolarni takrorlamaslik uchun kerak.
Tarbiya nazariyasi –pedagogikaning bir qismi bo’lib, tarbiya jarayonining mazmuni, mohiyati, qoidalari, usuli va tashkil etilishi masalalarini o’rganadi. Tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya ta‘lim berish bilan mustahkam aloqada bo’lgani holda o’ziga xos qonuniyatlarga ega. Ta‘lim-tarbiya yaxlit pedagogik jarayondir. Lekin ular bir-biriga aynan o’xshash emas. Bir butun pedagogik jarayonda ta‘lim doimo tarbiyaviy vazifalarni, tarbiya esa hayotni bilish, unga tayyorlanishdek mas‘uliyatli vazifani bajaradi. Ta‘limning asosiy vazifasi o’quvchilarni bilimlar bilan qurollantirish bo’lsa, tarbiyada o’quvchining jamiyatimizda qabul qilingan axloq-odob qoidalariga mos keladigan e‘tiqodini, axloqiy malaka va ko’nikmalarini tarkib toptirish muhimdir.

Tarbiya jarayonining mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo’lgan va muayyan qonuniyatlarda namoyon bo’ladigan ichki aloqa va munosabatlarni aks ettiradi. Tarbiya jarayoni murakkab jarayon bo’lib, u uzoq davom etadi hamda uning natijasini ko’rish qiyinroq kechadi. Bolalarni tarbiyalash ular tug’ilgan vaqtidan boshlanadi va muntazam ravishda ta‘lim berish bilan birga olib boriladi. Bolaning o’sishi va tarbiyasi uning faoliyati jarayonida amalga oshiriladi. Tarbiya tarbiyalanuvchining ruhiyatiga tarbiyachiga ma‘qul bo’lgan sifatlarni singdirish uchun, maqsadga muvofiq tarzda va muntazam ravishda ta‘sir etishdir. Shuning uchun tarbiya avvalo tarbiyalanuvchi shaxsining tarkib topish jarayoniga rahbarlik qilishni taqozo etadi. Tarbiya davomida tarbiyalanuvchining qarashlari, hayotiy nuqtai nazari asta-sekin tarkib topib boradi.

Hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy ta‘sir ko’rsatishi emas, balki tarbiyachilar tarbiyalanuvchilarning aniq bir maqsadga qaratilgan, bir-biri bilan hamkorlikdagi munosabtlari va o’zaro ta‘sir ko’rsatishi ekanligi alohida ta‘kidlanadi. Bugungi kunda shunchaki bilim egasi bo’lgan insonni emas, balki ijodkor, o’z iste‘dodi bilan ajralib turuvchi, ishbilarmon, har tomonlama rivojlangan komil insonni tarbiyalash zamon taqozosidir.

Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi. Bola kattalarning tajribalarini sust holda emas, balki faol ravishda o’zlashtiradi: bu o’zlashtirishda uning ongli harakati, tirishqoqligi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Tarbiyalanuvchilar muayyan darajada aktiv faoliyat ko’rsatmasalar tajriba va bilimni o’zlashtira olmaydilar. Bolalaning yoshi ulg’aygan sari bu faollik tobora ko’proq mustaqil xususiyatlarga ega bo’lib boradi; tarbiyalanuvchilar o’zlarida dunyoqarashni tarkib toptirishga, o’z-o’zini takomillashtirish, tabiat, jamiyat va turmushda uchraydigan hodisalarni tushunishga ko’nika boradilar.

Tarbiyaga barcha davrlarning ilg’or kishilari yuqori baho berganlar. Xalq donishmandlari va mutafakkirlaridan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zavqiy, Furqat, Avaz O’tar, Hamza, Abdulla Avloniy kabilar inson kamolotini ilm-fan va tarbiyada deb bilganlar.


Download 37,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish