O'zstandar" agentligi O'zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish bo'yicha milliy organi bo'lib, amaldagi qonunchilikka binoan quyidagi faoliyatlarni bajaradi:
sertifikatlashtirish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi, sertifikatlashtirish o’tkazish yuzasidan umumiy qoidalarni belgilaydi, ular to’g’risida rasmiy axborotlar e’lon qilib boradi;
sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish dasturlarining loyihalarini ishlab chiqadi hamda ularni Hukumat muhokamasiga taqdim etadi;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlariga qo’shilish to’g’risida qarorlar qabul qiladi, shuningdek sertifikatlashtirish natijalarini o’zaro e’tirof etish to’g’risida bitimlar tuzadi, sertifikatlashtirish masalalari bo’yicha boshqa davlatlar bilan o’zaro munosabatlarda va xalqaro tashkilotlarda O’zbekiston Respublikasi nomidan ish ko’radi;
majburiy ravishda sertifikatlanadigan mahsulotlarning ro’yxatini belgilaydi va uni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdig’iga kiritadi;
sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning, attestatsiyadan o’tkazilgan sifat bo’yicha ekspert-auditorlarning davlat reyestrlarini yuritadi;
majburiy sertifikatlashtirish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
sertifikatlashtirish to’g’risidagi qonun hujjatlari normalari buzilganligi uchun muvofiqlik sertifikatlarining va muvofiqlik belgilarining amal qilishini to’xtatib turadi hamda ularni bekor qiladi.
Bu tizimning asosiy qoidalari Oʻz DSt 50-98 da keltirilgan.
Sertifikatlashtirish deganda maxsulotlar, jarayonlar va xizmatlarning muayyan talablarga javob berishini tasdiqlash tushiniladi. Oʻzbekistonda sertifikatlashtirish natijasida maxsulotlar, jarayonlar va xizmatlarning quyidagi talablarga muvofiqligi taʼminlanadi.
a) davlatlararo standartlariga (MDX davlatlari);
b) maxsulotlarga talablar belgilovchi Oʻzbekiston standartlariga va boshqa meʼyoriyhujjatlariga;
v) Oʻzbekiston kushilgan sertifikatlashtirish tizimlari doirasidagi xalqaro va milliy chet el standartlariga.
Sertifikatlashtirish tizimini yaratishning maqsadi - muvofiqlikni sertifikatlashtirishni amalga oshirish uchun tadbirlar va boshqaruv qoidalarini ishlab chiqishdir.
Oʻzbekistonda sertifikatlashtish milliy tizimi (Uz SMT ) qoidalari asosida olib boriladi. Oʻzbekistonni sertifikatlashtirish boʻyicha milliy ifodasi Uzstandart boʻlib u sertifikatlashtirish boʻyicha ishlarni boshqarib keladi va xalqaro munosabatlarda respublikani sertifikatlashtirish masalalari boʻyicha vakili boʻladi.
Sertifikatlashtirish tizimining asosiy vazifalariga quyidagilar ki-radi:
1) sertifikatlashtirishda qoʻllaniladiganhujjatlarning yagona tizimini tashkil qilish;
2) yagona atama va taʼriflarni ishlab chiqish:
3) bir turdagi maxsulotlarni sertifikatlashtirining qoida va tar-tiblarini ishlab chiqish;
4) sertifikatlashtirish uchun oʻtkaziladigan sinovlarning qoidalarini ishlab chiqish.
5) setrifikatlashtirish katnashchilarining davlat boshqaruv idoralari bilan oʻzarohamkorlik tartiblarini aniqlash.
Oʻz SMT da faoliyatning quyidagi turlari nazarda tutilgan.
1) Maxsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish;
2) Sifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish;
3) Sinash laboratoriyalari (markazlari) ni akkreditlash;
4) Bir turdagi maxsulotlarni sertifikatlashtirish boʻyicha idoralarni akkreditlash;
5) Sifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish boʻyicha idoralarni akkreditlash;
6) Tekshirish idoralarini akkreditlash;
7) Sertifikatlashtirilgan maxsulot va tizimlar, akkreditlangan ido-
ralarni inspeksion tekshirish;
8) majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat;
9) Sinab oʻtilgan faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha ekspert-auditorlarni
tayyorlash va attestatlash.
Uz SMT sertifikatlashtirishni soʻrovchi boshqa davlatlar va tashkilotlar shaxslari uchun, ular tizim qoidalarini tan olish sharti bilan, ochik debhisoblanadi.
1.2 Sertifikatlashtirish idoralarini tashkillashtirish va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish qoidalari va tartibi.
Uz SMT boʻyicha maxsulotni sertifikatlashtirish 2 turga boʻlinadi: majburiy va ixtiyeriy.
Majburiy sertifikatlashtirishga Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan, olib kiriladigan va olib chiqiladigan UR Vazirlar Maxkamasi tasdiqlagan majburiy sertifikatlashtirilishi kerak boʻlgan maxsulotlar roʻyxatiga kiritilgan maxsulotlar kiritiladi. Roʻyxatga meʼyoriyhujjatlarida fukarolarni xayoti, sogʻligi va mulkini xavfsizligini, atrof muxitni muќofaza qilish, oʻzaroalmashuvchanlik va maslashuvchanlik boʻyicha talablari belgilangan, shuningdek fukoralarni xayotini va sogʻligini xavfsizligini taʼminlovchi vositalar kiradi.
Maxsulotni sifat tizimlarini va ishlab chiqarishlarni ixtiyeriy ser-tifikatlashtirish bajaruvchi, istyemolchi va yetkazib beruvchining tashabbusi bilan oʻtkaziladi.
Sertifikatlashtirishni tayyorlash, oʻtkazish va muvofiqlik sertifikat-larini berish tartibi Oʻz RN 51 - 062 da aniqlangan.
Oʻz DSt 51 - 95 tomonidan muvofiqlik milliy belgisi kiritilgan.
Maxsulotlarni, sifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish ishlarini akareditlangan muvofiq idoralar amalga oshiradi. Akkreditlangan idorani boʻlmagani takdirda uni sertifikatlashtirish boʻyicha milliy idora xal qiladi. Sertifikatlashtirish sinovlarini akkreditlangan sinash laboratoriyalari (markazlari) amalga oshiradi.
Sertifikatlashtirish, akkreditlash va tekshirishni oʻtkazish boʻyicha xarajatlarni surovchilar tulaydilar. Xak tulash Oʻz RN 51-032-94 da oʻrnatilgan tartib boʻyicha shartnoma orkali amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish, akkreditlash va tekshirish natijalari boʻyicha appelyatsiyalarni kurib chiqishni Oʻz RN - 026-94 ga muvofiq sertifikatlashtirish idorasi tomonidan tuzilgan komissiya amalga oshiradi.
Xalqaro savdodagi texnik tusiklarni bartaraf qilish mamlakatimiz maxsulotlarining rakobatbardoshligini oshirish, fukarolarning sogligi, xayoti va mol mulki va atrof muxit uchun xavfli boʻlgan maxsulotlarni respublikamizga import qilinishini oldini olish maqsadlarida Oʻzbekiston
Respublikasihamduslik davlatlari va boshqa xorijiy davlatlar bilan tu-zilgan kelishuvlar, shartnomalar asosida sinov va sertifikatlashtirish soќasida xalqarohamkorlikni amalga oshiradi. Mamlakatimizda mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash-tirish Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 28-dekabrdagi “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida” gi Qonuniga asosan amalga oshiriladi.
Unga binoan:
“Mahsulotni sertifikatlashtirish” (keyinchalik sertifi-katlashtirish) mahsulotga oʻrnatilgan talablarga mosligini tasdiqlovchi faoliyat;
“Muvofiqlik sertifikati” – mahsulotni oʻrnatilgan talablarga mosligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalari asosida berilgan hujjat;
“Muvofiqlik belgisi” ushbu mahsulot yoki xizmat standartga yoki boshqa meʼyoriy xujjat talablariga mosligini koʻrsatuvchi, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan, mahsulotni markalash yoki xizmat hujjatlarida qoʻllaniladigan belgi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
- inson sogʻligʻi va xayoti yuridik va jismoniy shaxslarni mol-mulkiga, atrof-muhitga xavfsizligini taʼminlash uchun mahsulotlarni nazoratini amalga oshirish uchun;
- xalqaro bozorlarda, mahsulotlarni raqobatbardoshligini taʼminlash uchun;
- mamlakatimiz va qoʻshma korxonalar, tadbirkorlarni xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdoda qatnashish uchun sharoit yaratish uchun;
- isteʼmolchilarni sifatsiz mahsulotdan himoya qilish (sotuvchi, bajaruvchi) uchun;
- ishlab chiqaruvchining arizasiga muvofiq mahsulotlarni sifat koʻrsatkichlarini tasdiqlash (sotuvchidan, bajaruvchidan) uchun.
Oʻzbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyul 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Qarori asosida ishlab chiqilgan, Adliya Vazirligida 2005-yil 18-martda 1458 sonli raqami bilan davlat roʻyxatidan oʻtgan “Mahsulotlarni sertifikatlash-tirish qoidasi” ga muvofiq amalga oshiriladi.
Mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasi sertifikatlash-tirish milliy tizimida (keyinchalik Oʻz SMT) mahsulotlarni, shu jumladan, import mahsulotlarni sertifikatlashtirishga tayyorlash va oʻtkazish tartibiga boʻlgan umumiy talablarni belgilaydi.
Oʻzbekiston sertifikatlashtirish milliy tizimi yurtimizda ishlab chiqarilgan va chet eldan keltirilgan mahsulotlarni sertifikatlashtirishni sertifikatlashtirish boʻyicha akkreditlangan idoralar, (keyinchalik - SI) ular yoʻq oʻlgan holda sertifikatlashtirish milliy idorasi (keyinchalik - SMI) oʻtkazadilar. Sertifikatlashtirish uchun sinovlar, berilgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish uchun qoʻllaniladigan MH larda koʻrsatilgan sinovlarni oʻtkazish huquqi Oʻz SMT da akkreditlangan sinov laboratoriyalarida (markazlarida) oʻtkaziladi.
Sertifikatlashtirish vaqtida akkreditlangan sinov laboratoriyalari (markazlari) boʻlmasa, SI yoki SMI haqiqiy natijalarni taʼminlovchi, sinovlarni oʻtkazish joyi, tartibi va sharoitlarini belgilaydi.
Sertifikatlashtirish uchun sinovlar, konstruksiyasi, tarkibi va ishlab chiqarish jarayoni, isteʼmolchiga (buyurtmachiga) taqdim etilayotgan mahsulotlarga aynan oʻxshash boʻlgan mahsulot toʻpidan (yoki seriyasidan) olingan namunalarida oʻtkaziladi. Namunalar soni ularni tanlab olish tartibi, aynan oʻxshatish va saqlash qoidalari sertifikatlashtirilayotgan mahsulotlarni MH lari va sinov uslublarida belgilanadi.
Soʻrovchi, zarur boʻlganda, tarkibi va mazmuni bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tarkibida belgilanadigan namuna (namunalar) ning texnik xujjatini taqdim etadi.
Namunalar (kichik namunalar) ni tanlab olish, belgi qoʻyish va tamgʻalashni, namunalarni sinash joyiga yetkazishni taʼminlaydigan soʻrovchi ishtirokida, SI yoki sinov laboratoriyasi amalga oshiradi.
Bunda namunalar (kichik namunalar) ni tanlab olish dalolatnomasi ikki nusxada tuziladi.
Bojxona taʼminotidagi import mahsulotlaridan namuna tanlab olish, bojxona idorasining ruxsati bilan uning inspektori va tovar egasi yoki uning ishonchli shaxsi ishtirokida sertifikatlashtirish idorasi xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda namuna (kichik namuna) lar tanlab olish dalolatnomalari uch nusxada tuzilib, ikkinchi nusxasi bojxona idorasiga topshiriladi.
Soʻrovchi, shuningdek, SI ga mahsulotni ishlab chiqarish va ishlab chiqarishni tashkil qilishda oʻtkazilgan sinov bayonnomalarini (ularni amal qilish muddatlarini hisobga olgan holda) yoki Oʻz SMT da akkreditlangan yoki tan olingan yurtimizning yoki chet el sinov laboratoriyalari tomonidan bajarilgan sinovlari toʻgʻrisidagi hujjatlarni taqdim etishi mumkin.
Buyurtmachi iltimosiga koʻra uning vakillariga sinovlarni tashkil qilinishi va sharoitlari bilan tanishib chiqish imkoniyati berilishi lozim.
Soʻrovchi oʻz mahsulotining sinovlarida qatnashish huquqiga ega. Bunda laboratoriyada sinovlarning maxfiyligini va normal sharoitlarni saqlanishini taʼminlash boʻyicha choralar qabul qilinishi lozim.
Namunalar sinovlarining sifati va ishonchliligi hamda ularni saqlash boʻyicha javobgarlik, texnikaviy layoqatligi va mustaqilligiga akkreditlangan sinov laboratoriyasiga yuklanadi. Sinov bayonnomalari vakolatli mutaxassislar tomonidan imzolanadi va laboratoriya rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Mustaqil laboratoriya boʻlmagan taqdirda sertifikatlashtirish maqsadlari uchun sinovlarni faqat texnikaviy layoqatligiga akkreditlangan sinov laboratoriyalarida SI vakilining nazorati ostida oʻtkazishga ruxsat etiladi.
Bunday sinovlarning xolisligi boʻyicha javobgarlik sinov laboratoriyasi bilan birga ularni oʻtkazishni topshirgan SI ga ham yuklanadi. Bu holda sinov bayonnomalari SI vakillari tomonidan ham imzolanadi.
Sinov bayonnomalari soʻrovchiga va SI ga taqdim etiladi. Sinov bayonnomalarining nusxalari sertifikatning amal qilish muddatidan kam boʻlmagan muddat davomida saqlanishi lozim. Bayonnoma nusxalarini saqlashning aniq muddatlari bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibida va sinov laboratoriyasi hujjatlarida belgilanadi.
Agarda mahsulotning alohida parametrlari boʻyicha sinovlari har xil akkreditlangan sinov laboratoriyalarda (markazlarda) oʻtkazilgan boʻlsa, unda mahsulotni belgilangan talablarga muvofiqligini ijobiy bahosi boʻlib zarur boʻlgan barcha ijobiy natijalari sinov bayonnomalarining mavjudligi hisoblanadi.
Sinov natijalari salbiy boʻlganida SI soʻrovchiga sertifikatni berishdan bosh tortish sabablarini koʻrsatilgan xulosani beradi. Chet el sertifikatlarini tan olish boʻyicha ishlariga haq toʻlash soʻrovchi tomonidan bajariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12-avgust 1994-yil 409-sonli “Majburiy sertifikatlash-tirish kerak boʻlgan tovarlar (mahsulotlarni) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning hududidan olib chiqib ketish toʻgʻrisida” gi qaroriga asosan “Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona qoʻmitasi bilan hamkorlikda yoʻriqnoma ishlab chiqilib, 26-fevral 2000-yil Adliya Vazirligida roʻyxatdan oʻtgan.
Ushbu yoʻriqnomaga asosan muvofiqlik sertifikat-lari bir nomdagi yoki bir xil mahsulot guruhlariga berilib, uning joriy qilinishi hamma mahsulot toʻpiga tadbiq etilib, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtgan muvofiqlik sertifikatida koʻrsatilgan haqiqiy miqdoriga beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kelingan mahsulotlarni sertifikatlashtirish bojxona nazorati ostida, qonun asosida amalga oshiriladi.
Tashqariga olib chiqib ketilayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalasi hal qilinguncha, ular joylarida, mahsulotni egalari ixtiyorida va transportda saqlanishi mumkin.
Mahsulotlarni sertifikatlashtirish “Uzstandart” agentligi oʻrnatgan muddatda amalga oshiriladi.
Oziq- ovqat va qishloq hoʻjalik mahsulotlari 1 kundan 5 kungacha
Yengil sanoat mahsulotlari 5-10 kungacha
Xom ashyo tarmoq mahsulotlari (yogʻochni qayta ishlashdan boshqa) 10 kungacha
Elektrotexnika va texnika mahsulotlari 5-15 kugacha
Mashinasozlik mahsulotlari 10 kungacha
Yogʻni qayta ishlash natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar 15 kungacha
Oʻlchash vositalari 5-30 kungacha
Mahsulot sifat va havfsizlik talablariga muvofiq boʻlmagan holda, sertifikatlashtirish idorasi nomuvofiq-ligi haqida rasmiy ravishda xulosa beradi.
Muvofiqlik sertifikatida koʻrsatilgan maʼlumot-larning haqqoniyligi toʻgʻrisida javobgarlik, muddatlarni oʻzaytirish va sertifikatlashtirish qoidalarini buzilishiga sertifikatlashtirish idorasi javobgardir.
Respublikaga olib kelinayotgan maxsulot bojxona nazorati ostida sertifikatlashtirish uchun bojxona idorasi, sertifikatlashtirish idorasi vakillari bilan mahsulot egasining yoki uning vakili ishtirokida namuna olinadi. Shunga asosan sertifikatlashtirish idorasining vakili tomonidan “Oʻztandart” agentliti tasdiqlagan shaklda namuna olinganligi haqida 3 nusxada dalolatnoma tuzadi, ikkinchi nusxasi bojxona idorasiga taqdim etiladi.
Mustaqil hamdustlik davlatlarining (keyinchalik MHD) oʻzaro kelishuviga muvofiq, MHD davlatlariga eksport qilinadigan mahsulotlarga beriladigan muvofiqlik sertifikati A4 formatda rus tilida toʻlgʻaziladi.
1.3 Sertifikatlashtirish idoralari vazifalari va faoliyati
Sertifikatlashtirish boʻyicha ISO tarkibidagi qoʻmita tomonidan tayyorlangan hujjatda uchinchi tomon tarafidan amalga oshiriladigan sertifikatlashtirishning sakkizta sxemasi berilgan boʻlib, respublikamizda ham aynan shu 8 ta sxema tadbiq etilgan:
Birinchi sxema. Bu sxema bilan faqat mahsulot namunalari turlarini standartlar talablariga muvofiqligini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan oʻtkaziladi. Bu xildagi sertifikatlashtirishda sinovga taqdim etilgan namunani belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlanadi, xalos. Bu yoʻl oʻzining soddaligi va unga koʻp xarajat talab qilmasligi tufayli milliy va halqaro savdo munosabatlarida muayyan darajada tarqalgan.
Ikkinchi sxema. Bu sxemada mahsulotning namuna turlarini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan oʻtkazilib, soʻngra uning sifatini savdo shahobchalaridan vaqti-vaqti bilan olinadigan namunalar asosida nazorat qilib boriladi. Bu usul taqdim etilgan namunalar sifatini baholash bilan koʻp seriyali chiqayotgan mahsulotning sifatini ham baholash imkonini beradi. Usulning afzalligi uning soddaligidadir. Uning kamchiligiga esa nazorat sinovlar natijasiga qarab, agar mahsulot standart talablariga nomuvofiqligi aniqlansa, baribir uni savdo shahobchalaridan chiqarib tashlash mumkin boʻlmaydi yoki uni chiqarib tashlash uchun birmuncha qiyinchiliklar tugʻiladi.
Uchinchi sxema. Mahsulot namunalarining turlarini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida oʻtkazish, soʻngra sotuvchi yoki isteʼmolchiga yubormasdan turib vaqti-vaqti bilan namunalarning tekshiruvini nazorat qilishga asoslanadi. Ikkinchi sxemadan farqlanuvchi tomoni shuki mahsulot savdo shahobchalariga tushmasdan turib, sinov nazorati oʻtkaziladi va standartga nomuvofiqligi aniqlansa, mahsulotning isteʼmolchiga joʻnatilishi toʻxtatiladi.
Toʻrtinchi sxema. Mahsulot namunalarining turlarini xuddi 1-3-sxemalardek sinovdan oʻtkazishga asoslangan boʻlib, soʻngra savdo shahobchasidagi hamda ishlab chiqarishdan olingan namunalarning tekshirish nazorati vaqti-vaqti bilan oʻtkazish orqali mahsulotning sifati hisobga olinadi. Bu holda mahsulot ishlab chiqarilgan boʻlib, uning chiqarilishiga maʼlum xarajatlar boʻlgandan keyin standart talablariga nomuvofiqligi aniqlanadi.
Beshinchi sxema. Bu sxema mahsulot namuna turlarini tasdiqlangan sinov tashkilotlarida oʻtkazishga va mahsulot ishlab chiqarishning sifatini baholashga asoslangan boʻlib, soʻngra savdo shahobchasida va ishlab chiqarishda namunalar sifatini vaqti-vaqti bilan tekshirilib nazorat qilib boriladi. Bu sertifikatlashtirish usuli faqat mahsulotning sifatini nazorat qilibgina qolmay, balki korxonada chiqaziladigan mahsulotning sifatini kerakli darajada boʻlishini ham nazorat qiladi. Tabiiyki, korxonadagi mahsulot sifatini taʼminlashda, tizimni baholanishida uning mezonini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ushbu usul sanoati rivojlangan mamlakatlarda hamda xalqaro sertifikatlashtirish tizimlarida eng koʻp tarqalgan sxemadir. Birinchi-toʻrtinchi sxemalarga qaraganda bu sxema eng murakkab va nisbatan qimmatroq turadigan sxema boʻlib, uning afzalligi iteʼmolchi mahsulot sifat darajasini yuqori ekanligiga ishonch hosil qiladi, bu esa asosiy mezon hisoblanadi.
Oltinchi sxema faqat korxonadagi mahsulotning sifatini taʼminlash bilan tizimni baholanishini oʻtkazishga moʻljallangan. Bu usul ayrim vaqtda korxona-tayyorlovchini attestatlash deb ham yuritiladi. Bu xil sertifikatlashtirishda faqat korxonaning belgilangan sifat darajasidagi mahsulotni chiqarish qobiliyati baholanadi.
Yettinchi sxema mahsulotning har bir tayyorlangan toʻdasidan sinovlarga tanlab olishga asoslangan. Tanlab olish sinovlarining natijalariga qarab toʻdani ortish uchun qaror qabul qilinishi aniqlanadi. Bu xildagi sertifikatlashtirish uchun tanlanmaning hajmi aniqlanishi lozim, bu esa tayyorlangan toʻdaning katta-kichikligiga maqbul boʻladigan sifat darajasiga bogʻlik. Qabul qilingan qoidaga asosan tanlanmani toʻplash vakolatlangan sinov tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Bu xil sertifikatlashtirish qoʻllanilishi statistik usulni qoʻllash bilan bogʻliqdir. Sakkizinchi sxema har bir tayyorlangan, ayrim buyumning standartlar talabiga muvofiqligi sinovlar oʻtkazib aniqlashga asoslangan. Bu sertifikatlashtirish usulida yuqoridagi sxemalarga qaraganda taʼminlovchining maʼsuliyati ancha yuqori. Tabiiyki muvaffaqiyatli sinovlardan oʻtgan buyumlargina sertifikat yoki muvofiqlik belgisini oladi. 8-sxema mahsulotga nisbatan yuqori va qatʼiyroq talablar qoʻyilganda ishlatilishga asoslangan yoki mahsulotning ishlatilishi natijasida standart talablarga mos kelmasligi isteʼmolchiga katta iqtisodiy zarar yetkazganida qoʻllaniladi. Bu xil sertifikatlashtirish qimmatbaho metallardan va qotishmalardan tayyorlanadigan buyumlarda koʻproq qoʻllaniladi. Bundan asosiy maqsad qimmatbaho metallarning belgilangan miqdorini, tarkibini va buyumning tozaligini tekshirishdir.
Buyuk Britaniya instituti tomonidan setrifikatlashirish-ing yangi xili yaratilib, bu usul bilan faqat ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarini tasdiqlanishi /attestatlanishi/ ga asoslangan.
Toʻqqizinchi sxema mahsulotlarni deklaratsiya muvofiqligi sertifikati boʻlib, mahsulot haqidagi deklaritsiya hujjatlari bilan birgalikda sertifikatlash tushuniladi.
Hozirgi zamon adabiyotida har bir sertifikatlashtirish sxemasining afzalligi va kamchiliklari tahlil etilgan. Bularning ichida eng mukammal va murakkabi beshinchi sxemadir. Bu sxema toʻlik boʻlganligi uchun uni asos qilib olib, hozirgi zamon xalqaro sertifikatlashtirish tizimini yaratilmoqda.
Sertifikatlashtirish tizimlarini boshqaruvchi idora muayyan turdagi mahsulot sifatining nazoratini tashkil etish, standartlarga rioya qilishni majburiy talab etishini, isteʼmolchi va savdo talablarini eʼtiborga olib, mamlakatdagi amalda boʻlgan qonunlar va meʼyoriy hujjatlar asosida oʻz ishini tashkil etadi.
Sertifikatlashtirish idorasi sinovlarni oʻtkazish, korxonadagi va savdo shahobchasidagi mahsulotning sifatini nazorat qilish hamda nazoratni tashkil qilish va shunga oʻxshashlarni bajarib uchinchi tomon vazifasini bajaradi.
II bob. Sinov labaratoriyalarini akkreditlashni protsedura xujjatlari
1. Sertifikatlashtirish tizimini yaratishning maksadi muvo-fiklikni sertifikatlashtirishni amalga oshirish uchun tadbirlar va boshkaruv koidalarini ishlab chikishdir.
2. Sertifikatlashtirish tizimining asosiy vazifalari kuyidagilar:
- sertifikatlashtirishda kullaniladigan xujjatlarning yagona tizimini tashkil kilish;
- yagona atama va taʼriflarni ishlab chikish;
- bir turdagi maxsulotlarni sertifikatlashtirishning koida va tartiblarini ishlab chikish;
- sertifikatl ashtirish uchun utkaziladigan sinovlarning koidalarini ishlab chikish (keyinchalik - sertifikatlashtirish sinovlari);
- sertifikatlashtirish katnashchilarining davlat boshkaruv idoralari bilan uzaro xamkorlik tartiblarini aniklash.
3. Uz SMT Uzbekiston Respublikasining konuniy va meʼyoriy xujjatlariga muvofik faoliyat kursatadi.
4. Uz SMT da faoliyatning kuyidagi turlari nazarda tutiladi:
- maxsulotlar va xizmatlarini sertifikatlashtirish;
- sifat tizimlari va ishl ab chikarishlarni sertifikatlash-tirish;
- sinash laboratoriyalari (markazlari)ni akkreditlash;
- bir turdagi maxsulotlarni sertifikatlashtirish buyicha idoralarini akkreditlash;
- sifat tizimlari va ishlab chikarishlarni sertifikatlashtirish buyicha idoralarini akkreditlash;
- tekshirish idoralarini akkeditlash;
- sertifikatlashtirilgan maxsulot, sertifikatlashtirilgan sifat tizimlari va ishlab chikarishlar, akkreditlangan idoralar va sinash laboratoriyalari (markazlari)ni inspeksion tekshirish;
- majburiy sertifikatlashtirish koidalariga rioya kilinishi ustidan nazorat;
- sanab utilgan faoliyat yunalishlari buyicha ekspert-auditorlarni tayyorlash va attestatlash.
5. Uz SMT sertifikatlashtirishni surovchi boshka davlatlar va tashkilotlar shaxslari uchun, ular tizim koidalarini tan olish sharti bilan ochik deb xisoblanadi.
6. Sertifikatlashtirish maxsulotlar, jarayonlar va xizmat-larning kuyidagi talablarga muvofikligini taʼminlaydi:
- davlatlararo standartlarga (MDX davlatlari);
- maxsulotlarga bulgan talablarni belgilovchi Uzbekiston Respublikasi standartlari va boshka rasmiy nashr kilingan meʼyoriy xujjatlarga (keyinchalik - MX);
- Uzbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish buyicha Milliy idora shaxsida kushilgan sertifikatlashtirish tizimlari doirasi-dagi xalkaro va milliy chel el standartlariga.
7. Uz SMT kuyidagi tizimlar bilan uzaro boglanishda buladi:
- Uzbekiston standartlashtirish davlat tizimi (Uz SDT);
- Uzbekiston Respublikasining ulchashlar birligini taʼmindash davlat tizimi (Uz UDT);
- Uzbekiston Respublikasining akkreditdash tizimi;
- MDX davlatlarining sertifikatlashtirish milliy tizimlari, shuningdek, bu ishni boshkarish uchun maxsus xukukga ega bulgan davlat boshkaruv idoralari boshchiligida faoliyat kursatayotgan muvofik-likni tekshiruvchi boshka tizimlar (Davtogkontexnazorati, Soglikni Saklash vazirligi, Davlat tabiatni muxofaza kilish kumitasi, Uzbekiston Respublikasining Davlatarxitektkurilishi kumitasi).
2.1 Sinov labaratoriyasini akkreditlashga tayyorlash
Standartizatsiyani bir yunalishi maxsulotni sifatini aniklash, nazorat usuli, normalarni ishlab chikarish.
MAXSULOTNI SIFATI - bu maxsulotni xossalarni yigindisi. Bu yigindi orkali maxsulotni yarokligi, uni ayrim talablarga javob berishini aniklash mumkin.
Maxsulot sifat kursatkichi - bu maxsulot xossalarini xarakterlaydi. Bu xarakteristika orkali ekspluatatsiya yoki ishlatish sharoitlarga yarokligi kuriladi. Sifat kursatkich nomenklaturasi uning ishlatish maksadga boglik. Sifat kursatkichini baxolashda uning nomlari va mikdori kiymatlarni kirish va saklash zarur.
Maxsulot sifat kursatkichi, maxsulot xossalarining fakat bittasiga taalukli bulsa - “yagona”, bir nechta xossalariga bulsa - “kompleks” buladi.
Maxsulotni sifatini tashkiliy sistemalarda birinchi rolni sifat nazorati uynaydi. Uning tashkiliy ishdan, texnik tomonidan taʼminlashdan, apparaturani sifatidan butun sistemani effektivligi boglik.
Sifatni nazorat kilish maksadi - maxsulotni sifatini tekshirish va uning kursatilgan standartlarda, texnik sharoitlarda, maxsulotni pasporti talablarga javob berishini.
Maxsulot yoki texnologik jarayon nazorat obyekti buladi.-
Nazorat - loyixalash boskichda, ish olib borish va ekspluatatsiya boskichlarida olib boriladi.
Nazoratning boshlangich, operativ , kabul kiluvchi turlari buladi.
Boshlangich nazorat kelgan maxsulotni nazorat kilish bilan boglik. Proyektlarning xujjatlari, yarim fabrikatlar, maxsulotlar boshlangich nazorat obyektlari bulishi mumkin.
Operatsion nazorat - maxsulotni, ayrim operatsiya bajarishda yoki bajarishdan keyin texnologik jarayonini nazoratidir.
Kabul kilish nazorati - tayyor bulgan maxsulotni kabul kilishga boglik. Uning natijasi maxsulotni kabul kilishga yoki obyektni ekspluatatsiyaga topshirish karoridir.
Xar bir obyekt nazorat kilinsa yaxlit, maxsulotning bir kismi tekshirilsa, ayrim nazoratdir.
Nazorat asosan ikki turli buladi:
a) buzmasdan;
b) buzib.
Buzish nazoratda kilishda maxsulot buzilib yaroksiz xolatga keltiriladi. Bu usul fakat tanlovchi nazorat bilan boglik.
Birinchi informatsiyani olishda nazorat vositalarini xar xil turlari kullanadi:
a) ulchov nazorat - ulchov vositalari bilan bajariladi;
b) registratsiya kiluvchi nazorat - maxsulot sifat belgilarini registratsiya kiladi;
v) organoleptik nazorati - maxsulotni sifat belgilari sezadigan organlar bilan kabul kilinadi va bu nazoratda informatsiyani kuprok olish uchun uskunalar xam ishlatish mumkin;
g) vizual nazorati - kurish organlar bilan bajariladi;
d) texnik kurish - nazorati - oddiy texnik uskunalar bilan bajariladi. Bu nazoratda loyixa va bajaruvchi xujjatlar bilan tanishiladi.
Muxsulotni sinash nazorati bir necha xil buladi:
a) oldindan sinash - maxsulot tajriba namunalarda sinaladi;
b) kabul kilish nazorati - maxsulotni tajriba namunalarni va sanoatdagi tayyorlangan maxsulotni sinovi. Bu sinovda maxsulotni sanoat yoki ekspluatatsiyaga topshirish mumkinldigi kuriladi;
v) kabul kilish va topshirish sinovi - tayyor maxsulot sinovi. Bunday sinov kabul kiladigan punktda utkaziladi va uni maxsulotni tayyorlagan korxona utkaziladi;
g) davriy sinovlar - texnikaviy xujjatlarda kursatilgan vaktda va xajmda utkaziladi;
d) tipovoy sinov - konstruksiya yoki texnologiyaga uzgartirish kiritilgan xolatda uning effektivligini aniklash maksadda utkaziladi;
ye) attestatsiya sinovi - maxsulotni attestatsiyada sifatini baxolash.
- Ijrogi daraja siga kura - davlat, idoralar ora, idoraviy sinov nazoratlari buladi.
Sinov usullari
Xisoblash natijalari bilan inshootning xakikiy ishlash xolati orasidagi farkning yana bitta sababi, kurilishda xar xil jinsli materiallarning (beton, gisht, armatura va x.k.) kullanishidadir. Xisoblash jarayonida bu materiallarning uzaro taʼsirini eʼtiborga olish mumkin emas. Shu sabablarga kura xisoblash va eksperimental natijalarda fark buladi.
Eksperimental izlanishlarni kuyidagi turlarga bulish mumkin:
1. Ishlab chikarishga sinash, yangi inshootni kurilish tugagandan keyin yoki taʼmirlangan inshootni mustaxkamlikka yoki ustivorlikka tekshirish lozim bulgan vaktda.
2. Modelllarda sinash, yaʼni inshootlarni modellashtirish va bu modellarda kuyilgan masalalar buyicha izlanish.
2.2 «Uztelecom» korxonasi sinov labaratoriyasini akkreditlash
Oʻzbekiston Respublikasining “Sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni (11-modda) tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning metrologik xizmatlari oʻlchash birliligini taʼminlash va metrologik nazoratni amalga oshirish boʻyicha ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan hollarda tashkil etilishi belgilab qoʻyilgan.
Hozirgi vaqtda aloqa va axborotlashtirish sohasidagi oʻlchashlar birliligini taʼminlash tizimida oʻlchash vositalarini qiѐslash, kalibrlash, taʼmirlash va metrologik shahodatlash huquqiga ega boʻlgan uchta akkreditlangan Sertifikatlashtirish xizmatlari mavjud: Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi UNICON.UZ markazi qoshidagi Asos Sertifikatlashtirish xizmati, Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi hamda “Oʻzbektelekom” AK “Shaharlararo aloqa korxonasi” filialidagi Sertifikatlashtirish xizmatlari.
UNICON.UZ markazi qoshidagi Asos Sertifikatlashtirish xizmatining qiѐslash va taʼmirlash laboratoriyasi sohaviy hisoblanadi va u sohadagi barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun taʼmirlash va qiѐslash ishlarini oʻtkazish huquqiga ega. Oxirgi ikkita xizmat akkreditlash sohasiga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ichki ehtiѐjlari uchun zarur boʻlgan oʻlchash vositalarini taʼmirlash va qiѐslash huquqiga egadirlar. Ushbu metrologik xizmatlari oʻz faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun namunaviy oʻlchash vositalari, ѐrdamchi uskunalar va normativ-texnik hujjatlar bilan taʼminlanganlar.
Hozirgi vaqtda, Sertifikatlashtirish xizmatlari yoʻq boʻlgan (oʻlchash vositalarining toʻplami kam boʻlganligi sababli), aloqa va axborotlashtirish sohasining xoʻjalik yurituvchi subyektlarida oʻlchash vositalari holati, tegishli hujjatlarda belgilangan vazifa va majburiyatlari uchun javobgarlar tayinlangan.
Barcha metrologik xizmatlarga va oʻlchash vositalari holati uchun javobgar shaxslarga asosiy talablar - bu oʻlchash vositalarini, qiѐslash va taʼmirlash ishlarini oʻz vaqtida oʻtkazish.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning metrologik xizmatlariga qiѐslash laboratoriyalari bilan bir qatorda davlat Sertifikatlashtirish nazorati va tekshiruviga tegishli boʻlgan sohadan tashqaridagi oʻlchov vositalari uchun kalibrlash laboratoriyalarini tuzish maqsadga muvofiqdir. Aloqa va axborotlashtirish sohasida oʻlchash vositalarini kalibrlashning tashkiliy va texnik asoslarini joriy qilish oʻlchash vositalari holatini nazorat qilishni osonlashtirishga imkon beradi.
“Oʻzbektelekom” AK, “Oʻzbekiston pochtasi” DAK, uyali aloqa kompaniyalari, Internetning yirik operator va provayderlarining qayta tashkil qilinishi sababli ularning tarkibiy boʻlinmalari va filiallarini metrologik taʼminlashda muammolar tugʻildi.
Tabiiyki, akkreditlashning qisqa sohasi bilan chegaralangan mavjud uchta metrologik xizmatlarning faoliyati yangi tuzilgan tarkiblar va boʻlinmalarni taʼmirlash va qiѐslash ishlari bilan toʻliq taʼminlay olmaydi.
Bu muammolarni hal qilish uchun va namunaviy oʻlchash vositalarini taʼmirlash va qiѐslash laboratoriyalarini yuqori texnologiya uskunalari bilan jihozlash yoʻli bilan mavjud Sertifikatlashtirish xizmatlarining akkreditlash sohasini izchillik bilan kengaytirish va mutaxassislarni yangi texnika hamda texnologiyalar bilan ishlashning zamonaviy uslublari va ishlash malakalarini oshirish uchun muntazam ravishda oʻqitish zarur.
UNICON.UZ markazi qoshidagi Asos Sertifikatlashtirish xizmati aloqa va axborotlashtirish sohasidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning metrologik xizmatlari ishlarini muvofiqlashtiradi.
Aloqa va axborotlashtirish sohasining xoʻjalik yurituvchi subyektlarning Sertifikatlashtirish xizmatlari oʻlchashlar birliligi va talab etilgan aniqligini (oʻlchashlarni bajarish uslublarini ishlab chiqish va attestatlash, normativ hujjatlar loyihalarining metrologik ekspertizasi, loyihalash, konstruktorlik va texnologik hujjatlashtirish hamda boshqa turdagi ishlar boʻyicha) taʼminlash sohasida muayyan faoliyatni amalga oshirishda texnik vakolatliligini tan olishga, ixtiѐriy ravishda akkreditatsiyadan oʻtishi mumkin.
Aloqa va axborotlashtirish sohasida metrologik taʼminot.
Metrologik taʼminotning tarkibiga Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, UNICON.UZ markazi qoshidagi Asos metrologiya xizmati, Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasidagi standartlashtirish boʻyicha Texnika qoʻmitasi, Davlat aloqa inspeksiyasi, metrologik xizmatlar va xoʻjalik yurituvchi subyektlari oʻlchash vositalarining holati uchun masʼul shaxslar kiradi.
Metrologik taʼminot tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻlchashlar birliligini taʼminlash tizimi bilan, Oʻzbekiston Respublikasi standartlashtirish Davlat tizimi, standartlashtirish va sertifikatlashtirish soha tizimlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi. Tizimning boshqa davlatlarning oʻlchashlar birliligini taʼminlash tizimlari va xalqaro organlar bilan oʻzaro hamkorligi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “Oʻzstandart” agentligining normativ hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
Davlat metrologik nazorati va tekshiruvi sohasida qoʻllanilaѐtgan oʻlchash vositalarining Davlat Reyestrini, metrologik taʼminot boʻyicha standartlar Davlat Reyestrini, akkreditlangan metrologik xizmatlar va metrologik laboratoriyalar Davlat Reyestrini yuritish, Tizim boʻyicha tashkiliy-uslubiy hujjatlarning kelishuvi, boshqa davlatlarning oʻlchashlar birliligini taʼminlash Davlat tizimlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish, shu jumladan, sinovlar natijalarini oʻzaro tan olish, tur tasdiqlanishining sertifikatlari va metrologik shahodatlash masalalari boʻyicha, shuningdek oʻlchash vositalarini qiѐslash uslublarini, oʻlchash vositalari ustidan davlat metrologik nazorati va tekshiruvini amalga oshirish vazifalari “Oʻzstandart” agentligi zimmasiga yuklatilgan.
Xulosa:
Sanoat korxonalarida ishlab chiqilayotgan turli xil mahsulotlar muayyan sifat ko'rsatkichlariga javob berishi kerak. Sifat ko'rsatkichlari esa ma'lum belgilangan talablarga muvofiq /mos/ kelishi lozim. Muvofiqlik o'z navbatida ma'lum standartga yoki boshqa me'yoriy hujjatlarga mos kelishini talab etadi. Muvofiqlikni setifikatlashtirish mumkin. Xo'sh, sertifikatlashtirish tushunchasi nima?
Hozirgi sharoitda tashqi mamlakatlar bilan savdoni, mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarni, fan va texnikani rivojlanishi uchun hamda chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini yaxshilash, ularning raqobatbardoshligini oshirish uchun muntazam ravishda sinovlardan o'tkazish ehtiyoji ortib bormoqda. Sinovlarni ko'pincha uchinchi tomon deb ataluvchi shaxs yoki tashkilot amalga oshiradi va ko'riladigan masalada qatnashayotgan tomonlar odatda ta'minlovchi /birinchi tomon/ va xaridor /ikkinchi tomon/ ning manfaatlarini himoya qilib, mutlaqo mustaqil ravishda ish ko'radilar.
Uchinchi tomon tarafidan qilinadigan sertifikatlash-tirish ishlab chiqaruvchilarning ishonchiga sazovor bo'lmoqda va shu sababli bunday yo'l keng qo'llanilib, salmoqli ravishda tarqalmoqda. Turli mamlakatlarda uchinchi tomon tarafidan bajarilayotgan sertifikatlash-tirish tizimini tashkil etish amalda shuni ko'rsatmoqdaki, uni turlicha tashkil qilish mumkin ekan: ishlab chiqaruvchi assosiyasiyalar, yirik iste'molchilar, standartlashtirish milliy tashkilotlari tomonidan, masalan, Fransiya va Angliyada 60-yillar boshida ite'molchilar tomonidan harbiy maqsadlar uchun elektronika mahsulotlarini sertifikatlash-tirish tizimi yaratildi.
Ayrim olingan mamlakat miqyosida yaratilgan milliy tizimlar majburiy bo'lgan standartlar doirasini qamrab oladi. Masalan, birinchilar qatorida milliy miqyosda qimmatbaho toshlarni sertifikatlashtirish tizimlari qo'llanilgan.
Sertifikatlashtirish tushunchasi keng ma'noda uchinchi tomon tarafidan o'tkaziladigan texnikaviy me'yorga, ish uslubiga, qoidalariga muvofiqligini qamrab olgan har qanday tekshiruvdir. SHuning uchun sertifikatlashtirishni tekshiruv deb hisoblab, bosim ostidagi idishlarni, portlash havfidan himoyalangan qurilmalarning, kemalarning, suzish vositalari-ning, tayyoralarning, aviasiya qurilmalarining, atom reaktorlarining va tog' texnikasining ishlatishdagi havfsizligini ta'minlash uchun texnikaviy nazorat o'rnatuvchi idoralar shartli tekshiruvni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |