"Mikrokredit bаnk” аksiyadоrlik-tijоrаt bаnkining
2019 yil 1 iyun holatiga asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlari
№
|
Ko'rsatkich nomi
|
01.01.2019
|
01.06.2018
|
01.06.2019
|
1
|
Jami kapital
|
282647
|
269582
|
302963
|
2
|
Ustav kapitali
|
250166
|
250166
|
270566
|
3
|
Bank aktivlari
|
1427770
|
1257958
|
1531634
|
4
|
Kassadagi naqd pullar
|
96768
|
78550
|
44159
|
5
|
Majburiy zaxira fondidagi mablag`lar
|
78267
|
72263
|
79159
|
6
|
Kredit portfeli
|
1055062
|
867593
|
1181175
|
7
|
Iqtisodiyotning real sektoriga o`z mablag`I va jalb qilingan mablag`lar hisobidan ajratilgan kreditlar
|
845706
|
867593
|
1181175
|
8
|
Chet el valyutasida ajratilgan kreditlar
|
6160
|
4710
|
6178
|
9
|
Ipoteka kreditlari
|
23122
|
19647
|
32072
|
10
|
Iste'mol kreditlar
|
106380
|
43454
|
125529
|
11
|
Ko'rsatilgan mikromoliyaviy hizmatlar
|
437640
|
172014
|
219313
|
12
|
Revolver kreditlar
|
618
|
574
|
621
|
13
|
Qimmatli qog`ozlar portfeli va investitsiyalar
|
11316
|
12049
|
11336
|
14
|
Depozitlar
|
1002006
|
819466
|
1000257
|
15
|
Aholi omonatlari
|
287367
|
225365
|
239032
|
16
|
Muddatli
|
33175
|
48104
|
59376
|
17
|
jamg`arma
|
223150
|
142973
|
135034
|
18
|
talab qilib olinguncha
|
31042
|
34289
|
44622
|
19
|
Bank qimmatli qog'ozlari
|
64022
|
61212
|
69632
|
20
|
Bank foydasi
|
533
|
-12112
|
-6784
|
21
|
Mijozlar soni
|
403752
|
358595
|
423583
|
22
|
Jismoniy shaxslar
|
223901
|
181889
|
242303
|
23
|
Xusuiy tadbirkorlar
|
81557
|
80824
|
83085
|
24
|
Dehqon va fermer ho'jaliklari
|
40981
|
46459
|
39807
|
25
|
Qo`shma korxonalar
|
49
|
47
|
50
|
26
|
Boshqa mijozlar
|
57264
|
49376
|
58338
|
27
|
Bank kapitali yetarliligi koeffitsenti
|
19,4
|
21,6
|
16,5
|
28
|
Likvidlik koeffitsenti
|
75,8
|
88,9
|
43,0
|
29
|
Filiallar
|
85
|
85
|
85
|
30
|
Minibanklar
|
113
|
112
|
77
|
“Mikrokredit bank” ATB Jizzax viloyat G`allaorol filialining
O`zaro aloqalari yanada kengaymoqda.
O'zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida”gi qonun talablarini bajarish yuzasidan o'zaro manfaatli xizmat ko'rsatish, zamon talabiga mos yo'nalishlar va mutaxassislar bo'yicha mutaxassislarni maqsadli tayyorlash va o'qitishni takomillashtirish sohalarida o'z munosabatlarini mustahkamlash bo'yicha Termiz davlat universiteti va “Mikrokredit bank” o'rtasida 2008-yildan 2020-yilga qadar uzoq muddatli hamkorlik shartnomasi tuzilgan.
“Mikrokredit bank” viloyat tizimiga shu shartnoma imzolangandan buyon shu kunga qadar 34 ta fakul`tetning bitiruvchilari bank tizimiga ishga qabul qilindi. Shuningdek, aksariyat ishlayotgan bank mutaxassislarining, ya'ni 70%i Termiz davlat universiteti iqtisodiyot, moliya ta'lim yunalishi bitiruvchilaridir.
Joriy yilda universitetning “Iqtisodiyot”, “Moliya” ta'lim yo'nalishlari bo'yicha ta'lim olayotgan talabalardan 50 nafari ushbu bankda shartnomaga muvofik amaliyotni o'tadi, ularga bankdan rahbarlar tayinlanib, amaliyot rejasi bo'yicha amaliyotini muvaffiqiyatli o'tashga amaliy yordam berildi.
Shuningdek, «Mikrokredit bank» o’zining talabalar, pfessor-ukituvchilar va yosh tadbirkorlar uchun imtiyozli ravishda 2 yil muddatga kreditlar tanlovini e'lon qilishi bugungi kunda kanchadan-kancha yangi ish o’rinlarini yaratilishi, tayyor maxsulotlar ishlab chiqarish, axolining iqtisodiy imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun sharitlar yaratilmoqda.
Jumladan fakultetda taxsil olayotga bir qancha talabalar ushbu bank ta'sis qilgan ko’rik tanlov, ya'ni Kamolot YOI xarakati, Millybank «Yosh tadbirkor-yurtimizga madadkor» ko’rik tanlovida ishtirok etib xam imtiyozli kredit olishga xamda talabaning kontrakt pulini to’lab berishdek imkoniyatlarga erishmoqda.
“Barkamol avlod” yilida biz ushbu ta'lim yo’nalish talabalarining bilim olishi, amaliyotni o'tashi, uchrashuvlar o'tkazish uchun ko'proq imkoniyatlar yaratishga yanada amaliy yordam berishimiz lozim.
“Kredit va lizing” bo'limi bo'yicha
Respublikamiz iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash, bozor munosabatlarini shakllantirishda bank xizmati alohida o'rin olmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi PF-3750-sonli ““Mikrokredit bank” aktsiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to'g'risida”gi farmoni va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-maydagi 78-sonli “Mikrokredit bank” ochiq aktsiyadorlik tijorat banki faoliyatini tashkil etish va uning moddiy texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori respublikamizdagi barcha viloyatlar qatori Jizzax viloyatida kichik biznes, xususiy tadbirkorlik xamda fermerlikni rivojlantirish, yakka tartibdagi mexnat faoliyatini, oilaviy biznes va kasanachilikni rivojlantirish yo'li bilan yangi ish o'rinlarini yaratish, ayniqsa qishloq joylarda aholi keng tabaqalarining mikromoliyaviy xizmatlarda baxramat bo'lishini ta'minlash uchun moliyaviy mablag`'lar berishini yanada kengaytirish bo'yicha Jizzax viloyat “Mikrokredit bank” ochiq aktsiyadorlik tijorat banki jamoasi oldiga yangidan – yangi vazifalar qo'ydi va o'tgan davr davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Mikrokredit va mikrolizing xizmatlari bo'yicha.
Yuqoridagi farmon va qaror ijrosini ta'minlash bo'yicha Jizzax viloyat boshqarmasi va tuman filiallari tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Jizzax viloyat boshqarmasi va tuman filiallari tomonidan kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlariga 2014-yil davomida boshlang'ich sarmoyasini shakllantirish va aylanma mablag`'larini to'ldirish uchun 1452 ta mijozlarga 4649,5 mln so'm miqdorida mikrokreditlar ajratilgan, jumladan, boshlang'ich sarmoyani shakllantirish uchun 832 ta mijozga 683,0 mln so'm, aylanma mablag`'larni to'ldirish uchun 620 ta mijozga 3966,6 mln so'm mikrokreditlar va 158 ta mijozga 3498,2 mln so'mlik lizing xizmati ko'rsatilgan, jumladan, mikrolizing xizmati uchun 99 ta mijozga 2371,1 mln so'm moliyaviy lizing xizmati uchun 59 ta mijozga 1127,1 mln so'mlik mikrokredit va lizing xizmatlari ko'rsatilib evaziga 6652 ta yangi ishchi o'rinlari yaratildi.
O'zbekiston respublikasi Prezidentining “O'zbekiston xotin-qizlar qo'mitasi faoliyatini qo'llab –quvvatlash borasidagi qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida”gi 2004-yil 25-maydagi PF -3434 –sonli Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida 2009 yil davomida 1976 ta ayol tadbirkorlarga 1285,0 mln so'm kreditlar ajratilib 1527 ta ishchi o'rni yaratildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo'jaliklarida chorva mollarini ko'paytirishni rag'batlantirish chora tadbirlari to'g'risida” 2006-yil 23-martdagi PQ -308 –sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 357 ta kam ta'minlangan oilaga 531,0 mln so'm mikrokreditlar ajratildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 18-maydagi “Yosh oilalarni moddiy va ma'naviy qo'llab- quvvatlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risidagi ”gi PF-3878- sonli Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida 366 ta yosh oilaga 1257,0 mln so'm kreditlar ajratildi.
Shundan 128 ta mijozga 325,0 mln so'm iste'mol krediti va 238 ta mijozga 932,0 mln so'm mikrokreditlar ajratilib ajratilgan mikrokreditlar xisobiga 792 ta ish o'rni yaratildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 21-maydagi “2018-yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatish va servis sohalarini rivojlantirishni jadallashtirishga doir qo'shimcha chora – tadbirlar to'g'risida”gi PQ -640- sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 146 ta iadbirkorlik sub'ektiga 689,2 mln so'm kreditlar ajratildi va 778 ta yangi ish o'rinlari yaratildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 26-yanvardagi “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi tug'risida”gi PK-1046-sonli qaroriga asosan qishloq xududlarida tadbirkorlik yo'nalishlariga 2721,4 mln so'm kreditlar ajratilib ajratilgan kreditlar xisobiga 1885 ta yangi o'rinlari yaratildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PK 1047-sonli qaroriga asosan oziq –ovqat tovarlari ishlab chiqarishga 1725,9 mln so'm mikro-moliyaviy xizmatlar ko'rsatilib 1643 ta ish o'rni yaratildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 28-yanvardagi “Mamalakatimizda oziq-ovqat iste'mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishni rag'batlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PK 1050-sonli qaroriga asosan 1003,7 mln so'm mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatildi 1300 ta ish o'rni yaratildi.
Pul muomilasi bo'yicha
Pul muomilasi bo'yicha Prezident Qarorlari va Qonunlari,Vazirlar Maxkamasi Qarorlari ijrosi o'z vaqtida izchillik bilan ta'minlanib borilmoqda. Jumladan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 5 avgustdagi “Banklardagi depozit xisobvaraqlardan naqd pul to'lovlarini uzluksiz ta'minlash kafolatlari to'g'risida ”gi PK 147-sonli qarori va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 27 martdagi “Naqd pul mablag`'larini jalb qilish va unga bo'lgan ehtiyojni ta'minlash borasidagi qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida”gi PQ 822-sonli qarorlarining ijrosini ta'minlash maqsadida mijozlarning birinchi talabidayoq naqd pul bilan ta'minlash maqsadida naqd pul zaxiralarini yaratilib savdo tashkilotlariga naqd pulsiz xisob-kitob qilish uchun savdo terminallari bilan ta'minlanib kelinmoqda. Birinchi darajali ijtimoiy to'lov, ya'ni pensiya va byudjet to'lovlari to'lanmoqda. Axoli qo'lidagi bo'sh pul mablag`'lari omonatlarga qabul qilish maqsadida eng yuqori, ya'ni yillik 30 foizga omonatlar joriy etilganligi sababli, birgina 2014 yil dekabr oyining o'zida 4321,2 mln so'm omonat jalb qilingan. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga qo'yilgan oylik tushum rejalari to'liq bajarilmoqda. Bankdan aktsiya sotib olgan aktsiyadorlarning foyda sifatida oladigan divident pullari o'z vaqtida to'lab berilmoqda.
“Plastik kartochkalar bilan ishlash” bo'limi bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2014 yil 24 sentyabrdagi № 445 sonli “Plastik kartochkalar asosida xisob kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risidagi qarori ijrosi “Mikrokredit bank” tizimidaizchillik bilan olib borilmoqda.
Zamonaviy va qulay to'lov vositasi Plastik kartochkalar bilan xisob kitobni amalga oshirish bank tizimida “DUET” – (inglizcha) Direct Universal Electrnik Transections, ya'ni Avtomatlashtirilgan naqd pulsiz xisob kitob tizimi dasturi orqali amalga oshiriladi.
Siz va bizga xizmat qilayotgan kartochka – (MPK) Mikroprotsessorli plastik kartochka deb ataladi. Plastik kartochkalarni muomalaga chiqarishda bank Personalizator – ya'ni Shaxslashtiruvchi qurilmasi yordamida shaxsga tegishli ma'lumotlar MPK ga biriktirilib, shaxsiylashtiriladi.
Bank tizimida plastik kartochkalarning xozirda Shaxsiy, Koorporativ, Kredit, Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilishi lozim bo'lgan turlari mavjud.
Shaxsiy – O'z egasiga kartadagi pul mablag`'larini boshqarish imkoniyati beradi. Shaxsiy bank kartasi karta egasining ishonchnomasiga asosan boshqa shaxslar tomonidan foydalanishlari mumkin.
Koorporativ –Faqat naqd pulsiz xisob kitoblarni amalga oshirish uchun mo'ljallangan bo'lib, Yuridik shaxsning vakolatiga ega xodim karta xisob varag'idagi pul mablag`'ini boshqarish imkonini beradi.
Kredit – (overdraft kredit) Ish xaqi loyihasi doirasidagi tashkilotlarga Bank mijoz o'rtasida tuzilgan shartnoma shartlarga binoan tovar, ish, xizmat uchun xaq to'lash yoki naqd pul mablag`'lari olish uchun karta xisob varag'idagi pul mablag`'lari qoldig'idan ortiq operatsiyalarni amaoga oshirish imkonini beradi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar- Bank kartalaridan faqat uning bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish va ishlarni bajarish faoliyati bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar uchun to'lovni amalga oshirishlari mumkin.
Bugungi kunda “Mikrokredit bank”ning mijozlarga ko'rsatilayotgan bank xizmatlari turini kengaytirish va bankning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida so'm plastik kartochkalarga xizmat ko'rsatuvchi terminallar tarmog'ini kengaytirdi.
Siz plastik kartochkangizni naqd pul qo'yish, ish xaqi, unga tenglashtirilgan to'lovlar orqali to'ldirishingiz mumkin.
Bank Plastik kartochka xisob raqamingizdagi mablag`'ga yillik 14% miqdorida ustama to'laydi va xar oy yakunida kapitalizatsiya qilib boriladi.
Infokiosk (o'z o'ziga xizmat ko'rsatish uskunasi)dan modem uskunalari orqali bank xizmat ko'rsatayotgan mijozlarning katta xajmiga navbat kutib turmaysiz, xisob varag'ingizni ma'lumotni olish shaxsan bankga muroajat qilingan vaqtdagi xavsizlik darajasidan qolishmaydi.
Terminallar o'rnatilgan xar qanday savdo shaxobchasidan , siz ilgari imkoni bo'lmagan bank plastik kartochka xisob raqamingizda o'tkazilgan mablag`'ni endi plastik kartochkangizga yuklab olishingiz mumkin.
Mobil telefoni orqali “SMS-kartochka” xizmatidan foydalangan xolda kartochkangiz xisob raqamiga o'tayotgan mablag`'ni nazorat qilishingiz mumkin.
2014 yilning oktyabr oyidan boshlab modem uskunasi orqali kecha va kunduz xizmat turi joriy etildi. Bu sizga Bank tomonidan Plastik kartochkalar bilan uzluksiz ravishda xizmat ko'rsatish imkonini beradi.
Valyuta operatsiyalari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to'g'risida” gi qonuni 2013-yil 11-dekabrda qabul qilingan va u 23-moddadan iborat. Ushbu qonunning maqsadi O'zbekiston Respublikasi xududida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish soxasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Valyuta operatsiyalari deb quyidagilarga aytiladi:
- Valyuta boyliklariga bo'lgan mulk xuquqining va boshqa xuquqlarning o'zga shaxsga o'tishi xamda valyuta boyliklari to'lov vositasi sifatida ishlatish bilan bog'liq operatsiyalar:
- Valyuta boyliklarini O'zbekiston respublikasiga olib kirish va jo'natish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasidan olib chiqish va jo'natish:
- Xalqaro pul jo'natmalarini amalga oshirish:
- Rezidentlar va norezidentlar o'rtasida milliy valyutadagi operatsiyalar.
Valyuta operatsiyalari joriy xalqaro operatsiyalariga xamda kapital xarakati bilan bog'liq valyuta operatsiyalariga bo'linadi.
Joriy xalqaro operatsiyalari –tashqi savdo: boshqa joriy faoliyat olib borilishi, xususan xizmatlar ko'rsatilishi munosabati bilan, shuningdek odatdagi qisqa muddatli bank va kredit mexanizmlari ishlashi munosabati bilan to'lanishi zarur barcha to'lovlar: ko'chmas mulkni sotish va sotib olish: xorijiy davlatlardan mablag`'larni xisob varaqlar va omonatlarga jalb etish xamda xorijiy valyutadagi mablag`'larni, xisob varaqlarni va omonatlarni joylashtirish kiradi.
O'zbekiston Respublikasi xududida chet el valyutasidagi qimmatli qog'ozlar muomalasi, savdo bilan bog'liq bo'lmagan pul jo'natmalarining maqbul summalariga – ish xaqi, stipendiyalar, pensiyalar, alimentlar to'lash, ta'lim va davolanish uchun xaq to'lash , O'zbekiston Respublikasiga rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qog'ozlar sotib olinishi, shuningdek , rizedentlar chiqargan qimmatli qog'ozlarning norezidentlari tomonidan sotib olinishi tartibi qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish va muvofiqlashtirish bo'yicha vakolatli davlat organ tomonidan O'zbekiston Respublikasi markaziy banki bilan birgalikda belgilaydi.
Kapital xarakati bilan bog'liq valyuta operatsiyalariga – investitsiya faoliyatini amalga oshirish, ko'chmas mulkni sotib olish va sotish, xorijiy davlatlardan mablag`'larni xisob varaqlar va omonatlarga joylashtirish kiradi.
Xorijiy valyuta – xar bir mamlakatning pul belgisi o'sha mamlakatning milliy valyutasi xisoblanadi. Xozirgi kunda jaxon valyuta bozorida turli xorijiy valyutalarda amalga oshirilayotgan valyuta oldi-sotdi operatsiyalarining kunlik miqdori bir trillion AQSH dollarini tashkil qiladi. Shuning 40% faqat AQShning milliy valyutasi bo'lgan dollarda amalga oshiriladi.
Sotish va sotib olish kursini belgilashda xar bir bank sotish va sotib olish kursini mustaqil ravishda belgilash xuquqiga ega. Xorijiy valyutadagi talab va taklifga qarab ushbu kurslar o'zgarib turadi. Xalqaro bank amaliyotida valyutalarni sotib olish kursi “BID” deb ataladi, sotish kursi esa “OFFER” deyiladi. Valyuta ayirboshlash shaxobchalari tomonidan 4 xil xorijiy valyutada operatsiyalar amalga oshiriladi, ya`ni :
1. AQSH dollari
2. Angiliya funt sterlingi:
3. Yevro
4. Yaponiya iengi
Valyuta kursi- bir xorijiy davlat pul belgisini boshqa xorijiy davlat pul belgisi bilan taqqoslash , chet el valyutasi kursi deyiladi, valyuta ayirboshlash shaxobchalari 3 ta kursdan foydalanadi, bular:
- Markaziy bank kursi
- Spot kursi
- Talab va taklifdan kelib chiqqan kurs Spot kursi- bir davlat valyutasining boshqa davlat valyutasiga ifodalangan qiymati.
Kross kurs – bir valyutaning ikkinchi valyutaga nisbatan kursi ularning uchinchi valyutaga nisbati orqali aniqlanadi.
Svop kursi-bir valbtaning boshqa valbtaga sotilishi.
Kurs talab va taklifdan kelib chiqib belgilanadi.
Forvard- kelajakda xorijiy valyutani qat`iy belgilangan kurs bo'yicha sotish va sotib olish.
Fyuchers bitimi- xorijiy valyutani kelajakda yetkazib berish sharti bilan sotish yoki sotib olish
Overdrat- chek orqali olish kerak bo'lgan xamda xisob varaqdagi mablag`'dan oshgan mablag`'.
Import- tovar impori qilinganda, import shartnomalar bojxona qo'mitasiga xisobga quyish “TIAA”tomonidan Vazirlar maxkamasining farmoyishiga asosan litsenziya beriladi.Tashqi savdo sharnomani xisobga quyuvchi idoralar tomonidan summa to'lanib, tovar olib kelinmasa javobgar bo'lmaydi. Mazkur xolatda import qiluvchi xorijiy xamkordan xarajatni to'liq qoplashni talab qilishga xaqli.
Import shartnomalarni bankga ro'yxatga qo'yish uchun importyor quyidagi xujjatlarni taqdim qiladi – import shartnoma va yuridik xujjatning nusxasi, vakolatli bank raxbari nomiga ariza, import kelishuvining pasporti, vakolatli bank 2 ish kuniga ro'yxatga olishi kerak.
2014-yil davomida bankimiz tizimida bir nechta import operatsiyalari amalga oshirish orqali axoliga qulayliklar yaratish uchun maxsulotga bo'lgan talab va uni tanlash imkoniyatini oshirish maqsadida chet el qayta ishlash xamda ishlab chiqarish texnalogiyalarini olib kirildi. 2015-yilda Xalqaro pul o'tkazmalarining (MIGOM,ZOLOTAYA KORONA, BISTRAYA POCHTA, VESTERN YUNION, KONTAKT ) pul o’tkazmalari turlari kengaytirilib yanada jadallashtirilish nazarda tutilgan. mijozimiz bo'ling.
Xulosa va takliflar
Keyingi yillarda bank tizimida ipoteka va iste'mol kreditlari bo`yicha qaytarilmagan kreditlari bo`yicha qaytarilmagan kreditlar hajmining o'sishi oqibatida bankrotlikning yangi to'lqini xavfi vujudga kelishi mumkin.
Ushbu sharoitda vaziyatdan chiqishning maqsadga muvofiq yo'li bo'lib aholini kreditlashda tijorat banklarini rag'batlantirish mexanizmini ishlab chiqish hisoblanadi. Bunday mexanizm o'z ichiga quyidagilarni olishi mumkin:
1) iste`mol kreditlaridan olingan daromadlarni foydadan olinadigan soliq bazasidan chiqarib tashlash yoki mazkur daromadlar bo'yicha soliqqa tortish stavkasini kreditlashning boshqa aktivlariga qo'yilmalardan olinayotgan yoki umuman soliqqa tortilmayotgan daromadlar bilan taqqoslash orqali aniqlangan real daromadliligi nuqtai-nazaridan iste`mol kreditlariga mablag'larni qo'yish bank uchun samarali bo'lgan darajada belgilanishi kerak;
2) sudalar bo'yicha extimolli yo'qotishlar zaxirasiga ajratma me`yorlarining xisob kitobi-funktsiyasi bankning xududiy filiallariga berish;
3) iste`mol kreditlari bo'yicha zaxiralarining barcha summalarini foyda solig'i bo'yicha soliqqa tortiladigan bazadan chiqarib tashlash;
4) O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tarafidan tijorat banklariga xususiy sektorni kreditlashga reinvestitsiya qilish maqsadida maqsadli kreditlarning taqdim etilishi. Bunda maqsadli kreditlarning qiymati xozirgi kunda mavjud bo'lgan banklar resurs bazasi qiymatidan past bo'lishi lozim.
Tijorat banklarining iste`molni kreditlash xavf-xatarlarini boshqarish borasida aniqlangan barcha muammolarni xisobga olgan xolda kredit byurolari boshqa zaruriy ma`lumotlar bilan birgalikda qarz oluvchini kreditlash dalillari va natijalari haqidagi mamlakatning har qanday bankiga tegishli axborotlarni,qarz oluvchi ishlayotgan tashkilotning moliyaviy axvoli xaqidagi ma`lumotlarni xamda istiqboldagi faoliyatining prognozlashtirishni to'plashlari va taqdim etishlari lozim. Kredit byurolari axborotlari tizimiga qarz oluvchiga taqdim etilgan mablag'lar qaytimi tavakkalchiligini ish beruvchi moliyaviy holatining barqarorligi va kredit nuqtai nazaridan baholaydigan ayrim koeffitsientlarni kiritish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |