Kirish. O‘zbek taetri va o‘zbek milliy teatri tarixi



Download 1,88 Mb.
bet1/3
Sana16.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#376298
  1   2   3
Bog'liq
Nabi Rahimov ijodiy chizgilari


Nabi Raximov Ijodiga chizgilar

Reja:

  1. Kirish.

--O‘zbek taetri va o‘zbek milliy teatri tarixi.

2. Asosiy qism.

--O‘zbekiston xalq artisti Nabi Raximovning san’atga kirib kelishi va ijodiy yo‘li.

--O‘zbekiston xalq artisti Nabi Raximov yaratgan obrazlar va o‘z uslubi

--O‘zbekiston xalq artisti Nabi Raximovning kinoda yaratgan yorqin qaxramonlari.

3. Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar



Kirish

O'zbekiston xududida birinchi boʻlib prafesiyonal teatr jamoasi 1913- yilning oʻrtalarida Toshkent shahrida shakllanib, 1914- yilning boshlarida ilk milliy piessa tamoshani saxnaga qoʻygan va shu tariqa rasman faoliyat boshlagan va dastlab ,,Truppa" deb atalgan ,, Truppa" asli teatr va sirk yoʻnalishidagi ijodiy jamoa manosini anglatadigan soʻz boʻlib, Turkistonda 20-asir boshlarida Rassiyaning mustamlakasi boʻlgani uchun teatr soxasida ham imperiyaning xukumron aqidalariga boʻysunishga toʻgʻri keladi, ayniqsa teatrdek yirik madaniyat muosasasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish, uning faoliyati uchun ruxsat olishda shunday yoʻl tutish talab qilinar edi. Mazkur truppa 1923- yilning iyun-iyul oylarida norasmiy ravishda spektakillar koʻrsatilishni boshladi. Truppaning ilk spektakili 1913-yili 8-avgust Shayx Xavand Toxur bogʻida

,,Tamosha kechasi" sifatida oʻtkazildi. Qayd etish kerakki, oʻsha paytda Turkiston oʻlkasining boshqa bironta shaxrida milliy jamoasi yoʻq edi. 1915-1916- yillarda Abdulla Qodiriyning ,, Baxtsiz kiyov" Xoji Munning ,,Mayluma xotun " piessalari truppa repertuaridan joy oldi va truppa ilk qadamlaridan boshlab yangilikka , xamkorlikka intilib professional jamoa sifatida shakilanishga, ijodiy oʻsishga, xalqning madaniy- maʼrifiy davrasini koʻtarish yoʻlida oʻta qiyin bir sharoitda dadil tashabbuslar koʻrsatishga harakat qiladi. Keyinchalik shu tariqa oʻzbek sanʼati an'anaviy xalq tamoshalari , qiziqchi, masqaraboz, qissaxon va qoʻgʻirchoqbozlar san'atlari shakillanib keldi.

Бугун Ватанимиз, юртимиз XXI асрга қадам қўйиб, ўзининг буюк келажаги сари интилаётган, бу йўлдаги барча ҳаракатларимиз иймон эътиқод тушунчаси билан йўғрилиб, кўчайиб бораётган бир пайтда, ўз тариҳий илдизларимизни, шу жумладан, санъатимиз, миллий театримизтариҳини чуқур англаш, ундан сабоқ олиш ҳақида гапиришимиз ҳар жиҳатдан, ўринли бўлади, деб уйлайман.

И. КАРИМОВ, Ўзбекистон Республикаси биринчи Президенти

Shavkat Mirziyoyev madaniyat va sanʼat sohasi rahbarlari bilan majlis oʻtkazdi.

Xabarda aytilishicha, majlisda Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya va ijodiy tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi. Ularning faoliyatiga tanqidiy baho berilib, bu boradagi ishlarni faollashtirish va yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha aniq topshiriq va koʻrsatmalar berildi.

Majlisda madaniyat va sanʼat sohalarida sidqidildan xizmat qilayotgan ijodiy va texnik xodimlarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, jumladan, ularning uy-joy, ijtimoiy va tibbiy sharoitlarini yaxshilash, gonorarlar miqdorini oshirish, yosh isteʼdod egalarining salohiyatini yuzaga chiqarish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni izchil davom ettirish gʻoyat muhim vazifalardan biri ekani alohida qayd etildi.

"Bir haqiqatni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz kerak: mamlakatimizda madaniyat va sanʼat taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi. Xalqimizning rivojlanish darajasi avvalo milliy madaniyatimizga qarab baholanadi. Shu maʼnoda, madaniyat — bu xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasidir. Biz Oʻzbekistonning yangi qiyofasini yaratishga kirishgan ekanmiz, buni avvalo milliy madaniyatimizni rivojlantirishimizdan boshlashimiz lozim", — deb taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev.

1. Oʻzbekiston xalq artisti Nabi Rahimovning san'atga kirib kelishi va ijodiy yoʻli.

Nabi Rahimov 1911 yil 7 noyabrda Qo'qon shahrida tug'ilgan. O'zbekiston xalq artisti (1950). O'zbek davlat drama teatri qoshidagi drama studiyasida o'qigan (1929). 14 yoshidan Qo'qon teatri spektakllarida qatnashgan. 1929-94 yillar Hamza teatrida ishlagan. Nabi Rahimov xarakterli va hajviy rollarni alohida muvaffaqiyat bilan o'ynagan, lekin aktyor repertuarida dramatik fojiaviy obrazlardan tortib, lirik qahramonlargacha bor. Uning sahna obrazlarida milliy xalq teatri an'analari zamonaviy professional san'at tajribasi bilan uyg'unlashib ketgan. U yaratgan obrazlarda hozirjavoblik, o'tkirso'zlik, hazil va badihaga chapdastlik asosiy omil bo'lib, yorqin milliy kalorit, yengil yumori, tashqi ko'rinishining aniq ifodasi, mukammal ijrosi bilan ahamiyatlidir. Nabi Rahimov garchi o'z faoliyatini komik va xarakterli aktyor sifatida boshlagan bo'lsada, keyinchalik mavjud yo'nalishlarning barchasidan eng yaxshi xususiyatlarni o'zlashtirish va o'z uslubiga singdirish yo'lidan bordi. Ammo teatrga bo‘lgan katta kuch uni o‘ziga chorlagan. 15 yoshli Nabi Rahimov puflama orkestrda klarnet chalishni o‘rganadi, badiiy havaskorlar to‘garagida shug‘ullanadi.

Nabi Rahimovni teatrga Mirshohid Miroqilov (xalq ortisti, hajviyachi) olib kelgan. Agar artistdan “Sen uchun eng qiyin

bo‘lgan ish nima?”, deb so‘rasangiz, “Tomolabinni yig‘latish qiyin, ammo kuldirish osonroq”, deya javob bersa kerak. Nabi Rahimov bu ikki ishni ham mohirona uddasidan chiqqan aktyor bo‘lgan. Nabi Rahimov qayerda bo‘lmasin, o‘zi bilan quvonch va kulgu olib kelgan.

Nabi Rahimovning professional sahnadagi ilk timsoli D. Furmanovning “Qo‘zg‘alon” sahna asaridiagi Yegor roli bo‘lgan. O‘zining birinchi rolidanoq, yosh iqtidor sohibi sifatida tanilgan. Keyinroq u Hamza nomidagi teatr spektakllarida faoliyat yuritadi: “Hamza” nomli sahna asarida Nodiriy roli, “Momaqaldiroq”da Tixon roli, “Tavakkalona hazil”da Mamadali roli, “Malikai Turandot”da Trufaldino, “Gamlet”da Laerta, “Sepsiz”da Karandish va boshqa ko‘plab rollarni o‘ynagan. 1942 yil Nabi Rahimov frontga ketadi, kichik tanaffuzlar orasida o‘zining hazil mutoyibalari bilan polkdoshlarining ruhini ko‘targan.

1943 yil uyiga qaytadi va shu zahotiyoq, “Otello”ning Yago roli ustida ish boshlaydi. Bu rolni ungacha ikki yil davomida Olim Xo‘jayev o‘ynagan. Nabi Rahimov bu rolni butunlay boshqa talqinda gavdalantirgan. Shekspirning spektaklida fojiaviy iqtidor sohibi Abror Hidoyatov faoliyat yurita boshladi Otello roli. Spektaklga Yago (Nabi Rahimov) rolining iste’dodli ijrosi ham shuhrat olib keldi.

Angliya Parlamenti vakillari teatrning tomoshalari kitobida quyidagi qaydni qoldirishgan: “Hamza teatrida sahnalashtirilgan “Otello” spektaklini eng yaxshi deb hisobladik. Spektaklga Nabi Rahimov va Abror Hidoyatovlar o‘zgacha shukuh bag‘ishladilar. Ularga o‘zimizning hurmat va tahsinini bildiramiz”. Nabi Rahimovning tajribasi - ham komediya, ham fojiaviy rollarni birdan a’lo darajada ijro etishidadir. Nabi Rahimov ijro etgan har bir ro'l go‘yoki, u uchun maxsus yozilganday, shu uchun ham aktyor rolga butunlay kirishib ketgan. Nabi Rahimovning Xlestakovi (“Revizor”) tomoshabinlar fikriga ko‘ra, eng yaxshi timsol hisoblanadi. “Meshchan” (Sh.Qayumov boshchiligida, A.O.Ginzburg tomonidan sahnalashtirilgan) rolida N.N. Rahimovning qahramoni, mashinist Nil, tomoshabinlar oldida yuksak insoniy qadrga ega, hayotda she’riy ma’nosini tushunadigan odam sifatida namoyon bo‘lgan.

Aktyor mahoratining eng oliy darajasi “Buyog‘i sukunat” spektaklida ota rolini gavdalantirgan. Bu ikki buyuk afsonaviy aktyorlar - Sora Eshonto‘rayeva va Nabi Rahimovlarning ta’sirli timsoli - 50 yil birga yashagan cholu-kampirlarni bir-biridan ayirishi haqidagi sahna asari. Bu ikki yulduzda hajviylik va fojia limmo-lim. Spektaklning so‘nggi sahnasida qariyalar yana vidolashish uchun bir bor uchrashadilar. Nabi Rahimov bu so‘nggi uchrashuvligini bilib, ushbu suratni to‘lib o‘ynaydi. U o‘z rafiqasining ustidan hazilona kuladi, ularning raqsi esa... Mana, vidolashuv vaqti ham keldi, u nimanidir qiziradi, gul had’ya qilmoqchi bo‘ladi, ammo unda yo‘qligini biz tushunamiz. Keyin cho‘ntagini changallaganicha, dastro‘mol axtaradi va uni gul shaklida taxlab, o‘z sevgilisiga taqdim etadi. Aktyorlarning ajoyib ijrosidan tomoshabinlar ularni uzoq vaqt qo‘yib yubormay, tikka olqishlashgan.

Uning rafiqasi bir umr uning yonida bo‘lgan. U hayotdan 1993 yil ko‘z yumgan. Nabi Rahimov bu judolikni og‘ir kechirgan. Xotining dafn marosimida u shunday degan: “Lyuba, yaqinda oldinga kelaman”. Oradan bir yil o‘tib, Nabi Rahimov ham vafot etgan.

2. Oʻzbekiston xalq artisti Nabi Rahimov yaratgan obrizlar va oʻz uslubi.

Nabi Raximov Hamza nomidagi o‘zbek davlat akademik drama teatrining ikkinchi bo‘g‘in aktyorlariga mansub. U o‘zining tabiiy qobiliyati, iqtidori va mehnati bilan teatrning birinchi bo‘g‘in san’atkorlari safiga singib ketdi va ular bilan birgalikdi yangi o‘zbek aktyorlik maktabini yuzaga kelishiga, rivojlanishiga katta xissa qo‘shdi. Bugungi kunda san’atkorning yorqin, serunim ijodi o‘zbek aktyorlik san’atining tabiati, bosib o‘tgan yo‘li va istiqbolini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yo‘l mashaqqatli, ziddiyatlarga boy, ayni paytda sermazmun va sharafli yo‘ldir.

Nabi Raximov mubolag‘asiz ko‘p qirrali , iste’dodli san’atkordir. Uning hisobida oltmish olti yil davomida sahnada , kino va televednieda ijro etilgan ikki yuzga yaqin rollari borki, ularning har biri bir olam. Aktyor yaratgan obrazlar silsilasini ko‘zdan kechirib, uning ijodi hech qanday ampula va yo‘nalishlar qolipiga sig‘masligiga iqror bo‘lamiz.Ushbu ijod prfessional drama teatri san’atida mavjud bo‘lgan barcha janr bo‘yoqlarni o‘zlashtirgan holda davrma-davr takomillashib, orginal ijro uslubini yaratdiki, uni o‘rganish hab bir yosh aktyor uchun iboat bo‘lishi mumkin.

Nabi raximovning ijodini teatr mutaxasislari belgilab qo‘ygan yo‘nalishlarning birortasiga ham uzil-kesil biriktirib bo‘lmaydi. Garchi Nabi Raximov o‘z faoliyatini komik va xarakterli aktyor sifatida boshlagan bo‘lsada keyinchalik mavjud yo‘nalishlarning barchasidan eng yaxshi xususiyatlarni o‘zlashtirish va o‘z uslubiga singdirish yo‘lidan boradi. Aktyorningyorqin psixologik uslubi uning ko‘p yillik tinimsiz mehnati, orttirgan tajribasi, an’anaga sodiqligi, qolaversa noyob iste’dodi tufayli bosqichma-bosqich hosil bo‘ldi, pishib etildi. Diplom ishida ushbu jarayon ikki katta davrga bo‘lib tasvirlanadi.

Birinchi davr (1929-60-yillar) aktyor ijodining boshlang‘ich davri bo‘lib uning havaskorlik sahnasidan profesional teatrga kirib kelishi va etuk ijodiy yo‘lga tushib olishi uchun tayyorgarlik bosqichini o‘taydi. Bu davrda aktyor turli- tuman mavzulardagi ko‘plab spektakllarda har xil rollar o‘ynaydi. Uning ijodida ko‘p janrlilik shakllanadi.

Ikkinchi davr (1960-90-yillar) kamolot davri bo‘lib, bu davrda san’atkor o‘zining eng sara psixologik obrazlarini yaratdi, uning ijodida serqirra, individual ijro uslubi mustahkam qaror topdi. Garchi, mavzu shartli ravshda ikki qismga ajratilgan bo‘lsa-da, asosiy maqsad Nabi Raximovning ibratomuz, maftunkor ijro uslubini o‘rganishga qaratilgan. Bu uslub eng avvolo teatrda, o‘zbek sahna sn’atining darg‘alari bo‘lmish ulkan san’atkorlar bilan elkama-elka ijod qilish jarayonida pishib etildi.






Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish